Referat Mavzu Oshqozon va O`n ikki barmoqli ichak yarasi — saba
Dori vositalarini qabul qilish. Birinchidan, kasallikning rivojlanishiga NYQP (aspirin, indometatsin, diklofenak, butadion, ketoprofen, ibuprofen) ta’sir ko’rsatadi. Bemorning yoshi 65 yoshdan oshganida, shuningdek, me’da-ichak yo’lidan qon ketish hollari aniqlangan bo’lsa, agar dorilarni katta dozalarda qabul qilish talab etilsa, agar davolash antikoagulyantlar yoki glyukokortikoidlarni qo’llash bilan birga olib borilsa kasallanish xavfi ortadi. Yaralar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan boshqa dorilar orasida sitostatiklar, kaliy preparatlari va antigipertenziv dorilar mavjud;