Referat Mavzu: Qon orqali yuqadigan infeksiyalar bezgak oits, gemorrogik istma



Yüklə 12,04 Kb.
səhifə1/2
tarix19.04.2023
ölçüsü12,04 Kb.
#100493
növüReferat
  1   2
Qon orqali yuqadigan infeksiyalar bezgak OITS, gemorrogik istma.


Yangiyo'l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikum

Referat
Mavzu: Qon orqali yuqadigan infeksiyalar bezgak OITS, gemorrogik istma.

Bajardi: _______________
Tekshirdi:_____________
Toshkent 2023

Reja


  1. Qon orqali yuqishi mumkin bo‘lgan kasalliklardan qanday himoyalanish.

  2. Bezgak OITS, gemorrogik istma,haqida malummot

Tez-tez o‘ziga qon va qon komponentlarini quyadigan odamlar aslida xavfli guruhga mansub bo‘lishadi. Kasalliklarning qon yoki qon komponentlari orqali yuqishi (gemokontakt) bugungi kunda uchrayotgan jiddiy holat hisoblanadi. OIV/OITS, gepatit B, gepatit C kasalliklari gemokontakt infeksiyalar sirasiga kiradi va xavflilik darajasi yuqoridir.
Faqat odamlarda uchraydigan yuqumli kasallik OIV virusi organizmda butun umr saqlanib qoladi va uning yashirin davri bir necha oydan 5-10 yilgacha cho‘ziladi. Virusni yuqtirib olgan shaxslar dastlab sog‘lom ko‘rinishadi, ularda uzoq paytgacha kasallikning hech qanday belgilari kuzatilmaydi. Aynan shu davr ancha xavfli hisoblanib, OIVni yuqtirib olgan shaxslar o‘zlari bilmagan holda boshqalarga yuqtirishi mumkin.
OIV infeksiyasida o‘z me’yorida ishlab turgan immun tizimi (kasalliklarga qarshi kurashish xususiyati) yillar davomida virusning tajovuzini bosib turadi. Virus organizmda tinimsiz ko‘payib, asta-sekin immun tizimini mutlaqo ishdan chiqaradi. Tegishli davo choralari ko‘rilmasa, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) rivojlanadi. Bu davrda organizm turli xil yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.
OIV infeksiyasi, gepatit B, gepatit C gemokontakt usulda (ya’ni teri va shilliq qavatlar butunligining buzilishi bilan kechadigan muolajalar paytida) yuqishi mumkin. Masalan:

  • OIV infeksiyasi bilan zararlanganda;

  • tekshirilmagan qon va qon mahsulotlari bemorlarga quyilganda;

  • a’zo va to‘qimalar ko‘chirib o‘tkazilganda;

  • nosteril tibbiy va notibbiy asboblardan foydalanilganda (qon qoldiqlari mavjud bo‘lgan ustara, manikyur, pedikyur, kosmetologik asbob-anjomlar, bir martalik shprislar qayta ishlatilganda) yuqish xavfi ko‘proq bo‘ladi.

Kishilarimiz davolash-profilaktika muassasalariga u yoki bu muolajani olish bo‘yicha murojaat qilishganda albatta bir martalik shpris, sistema, qo‘lqoplardan foydalanilishiga, shuningdek maishiy xizmat shoxobchalarida ishlatiladigan asbob-uskunalarning sifatliliga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Umuman, OIV infeksiyasi, gepatit B, gepatit C kabi kasalliklardan saqlanish uchun quyidagilarga amal qilinishi zarur:
Maishiy xizmat shaxobchalarida sochsoqol olish, manikyur, pedikyur, kosmetologik, tatuaj muolajalarini olish paytida ishlatilayotgan asbob-uskunalarni sterillanganligiga ishonch hosil qilish.
Uy sharoitida faqat shaxsiy ustara, tish cho‘tkalari va boshqa shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanish.
Tibbiy muolajalar olish zaruriyati tug‘ilganda faqatgina steril, bir marotaba ishlatiladigan asbob-anjomlardan foydalanish.

Yüklə 12,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin