2020-yilda oʻzbek tilining lugʻat boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lugʻatlar yaratish;
teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining oʻzbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish tizimini joriy etish va qamrovni 2030-yilgacha 100 foizga yetkazish;
v) davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga integratsiyalashuvini taʼminlash sohasida:
2025-yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqish, 2030-yilgacha esa ushbu koʻrsatkichni 25 taga yetkazish;
dasturiy mahsulotlarning oʻzbekcha ilovalari va elektron lugʻat dasturlarini yaratish;
g) davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish sohasida:
2030-yilga qadar xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tilini oʻrgatuvchi markazlar sonini amaldagi 17 tadan 60 tagacha koʻpaytirish;
2030-yilga qadar xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tilini oʻrgatuvchi markazlar sonini amaldagi 17 tadan 60 tagacha koʻpaytirish;
2025-yilga qadar “Oʻzbek tilining doʻstlari” klublari sonini 30 taga, 2030-yilgacha esa 40 taga yetkazish;
xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tili kurslarini zarur ilmiy, oʻquv-uslubiy, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash, oʻzbek tilini oʻrgatishga doir ilmiy tadqiqotlar miqdorini oshirish.
3. Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov) uch oy muddatda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtishni taʼminlash maqsadida ishchi guruhini tashkil qilsin va aniq chora-tadbirlar hamda ularni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
2021-yil 1-apreldan boshlab oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanadi hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish boʻyicha daraja sertifikatlari joriy etiladi;