Restoran BIZNESida REKLAMANING o'ziga xos Xususiyatlari
Umumiy ovqatlantirish korxonalari reklamalari qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu eng avvalo restoran, kafe, barlarning joylashgan joyi, ko‘rsatiladigan xizmat turlari, ularga bo‘lgan munosabatini aniqlash axborot berish bilan belgilanadi. Reklamaning maqsadi restoranga keluvchilarda korxona haqida ijobiy fikr uyg‘otishga erishishdir.
Restoran va uning ko‘rsatadigan xizmatlarini reklama qilish uchun turli usullar qo‘llaniladi: lavhalar, vitrina, plakatlar, transparantlar, panno, gazeta, radio, televideniye va b.
Doimiy mijozlarni ko‘paytirish uchun reklama xizmati muhim o‘ringa ega. Restoran uchun reklama tashkilotning vazifasi, ish uslubi, uning muhiti hisobga olinishi shart. Restoranning toifasi qancha yuqori bo‘lsa, reklama uchun shuncha ko‘p mablag‘ sarflanadi.
ENG KO'P TARQALgAN REKLAMA USULLARI
Ko‘cha reklamasining eng ko‘p tarqalgan usuli bu lavhalardir. Ular iste’molchilarga ovqatlantirish korxonalari turlari va xususiyatlari bilan tanishtiradi. Lavha - eng avvalo, restoranning tashrif kartochkasidir, tashqi reklamaning muhim qismi bo‘lib xizmat qilishi va ko‘cha bezagi bilan uizviy bog‘lanishi kerak.
ENG KO'P TARQALGAN REKLAMA USULLARI
Lavha restoranning yuzi bo‘lib, uzoqdan ko‘zga tashlanadigan chiroyli, yorqin, kechki paytlarda xilma-xil chiroqlar bilan kishini o‘ziga jalb qiladigan, restoran ko‘rinishini tanishtiradigan reklama vositalaridan biri. Lavha ikki tilda ya’ni davlat tilida va xorij tiida bo‘lsa maqsadga muvofiqdir. Chunkm mamlakat bo‘ylab sayohat qiladigan har qanday kishi restoran haqida birlamchi ma’lumotga ega bo‘ladi. Lavha original va unda esda qoluvchi nomlar bilan yozilgan bo‘lsa, uning reklamalik xususiyati yanada kuchli bo‘ladi.
Restoranning nomi ko‘pincha mamlakat, shahar, yurtning tarixiy muhim sana nomlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, «O‘zbekiston», «Samarqand», «Bahor» va b.