Referat mavzu: Soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga soliq


Dehqon xo’jaliklari va bozorlarga hamda konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibi



Yüklə 82,73 Kb.
səhifə3/7
tarix18.06.2023
ölçüsü82,73 Kb.
#132175
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Referat mavzu Soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga soliq

Dehqon xo’jaliklari va bozorlarga hamda konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibi

Dehqon xo’jaliklariga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari jismoniy shaxslar - soliq to’lovchilar uchun nazarda tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar to’laydi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda dehqon xo’jaliklari quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’laydi:
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i;

  1. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

  2. jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;

  3. bojxona to’lovlari;

  4. davlat boji;

  5. avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo’l jamg’armasiga yig’im.

Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaligi a’zolari soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lash bilan bir qatorda budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’laydi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaligi a’zolari qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtirish, o’zlari yetishtirgan mahsulotni qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan bog’liq bo’lmagan faoliyat bilan shug’ullangan taqdirda, ular yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro’yxatdan o’tishlari hamda Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashlari shart.
Bozorlarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari.
Bozorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi. Bozorlarning daromadlariga quyidagilar kiradi: patta to’lovi tushumlari; boshqa tushumlar.
Patta to’lovi. Patta to’lovini bozorlarda tovarlar, buyumlar va qishloq xo’jaligi mahsulotlari sotishni amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar to’laydi.
Patta to’lovi har bir sotish joyidan savdo qilingan har bir kun uchun yoki har bir tovar, buyum, chorva mol uchun undiriladigan qat’iy belgilangan to’lovdir
Jismoniy shaxs bilan tuzilgan ijara shartnomasiga binoan savdo joyi uchun ijara haqi to’lanadigan hollarda, patta to’lovi summasi ijara haqi tarkibiga kiritiladi. Patta to’lovi har bir to’lovchidan naqd pul olib, unga bir vaqtning o’zida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining chekini yoki kvitansiya berish orqali undiriladi. Patta to’lovi miqdorlari mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan belgilanadi.

Yüklə 82,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin