Adekvat – teng, ayniylik, to‘la muvofiqlik. Akademizm – ilmiy va ta’lim faoliyatidagi sof nazariy yo‘nalish. Aksioma – 1) biror nazariyaning shu nazariya boshqa qoidalarini isbotlash asosida yotuvchi ilk, boshlang‘ich qoida, buning miqyosida u (boshlang‘ich holat) isbotlarsiz qabul qilinadi; 2) isbotlash talab etilmaydigan sof haqiqat. Aktual – dolzarb, hozirgi vaqt uchun ahamiyatli. Algoritm – 1) qat’iy belgilangan qoida bo‘yicha tadbiq etiladigan operatsiyalar tizimi, u tadrijiy ravishda bajarilgandan so‘ng qo‘yilgan masalani yechimga olib keladi; 2) boshlang‘ich berilganlarni izlanayotgan natijaga keltiruvchi mohiyatni belgilovchi va operatsiyalar ketma-ketligining ifodasi. Alternativa – muqobillik; bir-birini inkor etuvchi ikki imkoniyatdan birini tanlash zarurati. Analiz – tahlil: 1) yaxlitni tarkibiy qismlarga fikran yoki fizik ajratishdan iborat ilmiy tadqiqot usuli; 2) bo‘laklarga ajratish, nimanidir ko‘rib chiqish. Analog – o‘xshash; boshqa narsa, hodisa yoki tushunchaga muvofiq biror narsa, hodisa yoki tushuncha. Analogik – o‘xshovchi; tenglik, muvofiqlik. Apriori – tajribaga bog‘liq bo‘lmagan, tajribagacha. Aprobatsiya – tekshirish,sinashga asoslangan qo‘llab-quvvatlash, tasdiqlash. Argument – 1) isbotlashning asosi bo‘lib xizmat qiluvchi mantiqiy dalil; 2) mustaqil o‘zgaruvchan qiymat, funksiya deb ataluvchi boshqa qiymatning o‘zgarishi uning o‘zgarishiga bog‘liq. Artefakt – 1) harakat belgilari bilan birgalikdagi sun’iy-moddiy mujassama (masalan, texnikaviy vosita); 2) tadqiqot sharoitlarining ta’siri ostida biologik obyektni tadqiq etishlik vaqtida yuzaga keladigan biologik hosil bo‘lish yoki jarayon.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: Henrikes Fierro, E., Zepeda Gonsales, M.I. (2003). Ilmiy-tadqiqot loyihasini ishlab chiqish. Scielo.conicyt.cl-dan olingan. Berri, R. (2004). Loyiha loyihasi: uni qanday dastur kerak Nyu-York: Routledge, 5-nashr. Books.google.com.ar saytidan olingan. Böker Zavaro, R. (2007). Ilmiy uni qanday tutish kerak. Gvadalaxara: Lotin Amerikasi sotsiologik assotsiatsiyasining XXVI kongressi. Cdsa.aacademica.org saytidan olingan. Tomas, G. (2017). Loyiha tadqiqotingizni qanday qilish kerak. Talabalar uchun qo'llanma. London: Sage Publications Ltd, 3-nashr. Books.google.com.ar saytidan olingan. Ilmiy kerak nima va qanday amalga oshirish? (2020). Técnicasdeinvestigacion.com saytidan olingan.