Referat mavzu: tadqiqot loyihasining mazmuni va ahamiyati bajardi: 70 22 guruh Maxsudov Firdavs reja: kirish


Fundamental va amaliy tadqiqotlar quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi



Yüklə 118,97 Kb.
səhifə4/10
tarix09.06.2023
ölçüsü118,97 Kb.
#127634
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maxsudov Firdavs

Fundamental va amaliy tadqiqotlar quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1-bosqich. Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash va ifoda etish: – bo‘lajak tadqiqotlarga taalluqli muammolar bilan mamlakat va xorijiy adabiy manbalar bo‘yicha tanishish, uning dolzarbligini asoslash; – muammolar bo‘yicha tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlarini belgilash va tasniflash; – mavzuni ifodalash va tadqiqot annotatsiyasini tuzish; – texnikaviy topshiriqni ishlab chiqish va ilmiy tadqiqot ishlari (ITI) umumiy kalendar rejasini tuzish; – kutilayotgan iqtisodiy yoki boshqa foydali samarani oldindan belgilash.
2-bosqich. Tadqiqotning maqsadi va vazifasini ifodalash: – mamlakat va xorijiy nashrlar bibliografik ro‘yxatini tanlash va tuzish (monografiya, darsliklar, maqolalar, patentlar, kashfiyotlar va b.), shuningdek, tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish; – mavzu bo‘yicha manbalar va referatlar annotatsiyasini tuzish; – mavzu bo‘yicha masalalarning ahvolini tahlil qilish; – tadqiqot maqsad va vazifalarining bayonini tuzish.
3-bosqich. Nazariy tadqiqotlar: – obyekt va tadqiqot predmetini tanlash, fizik mohiyatini o‘rganish va tadqiqot topshirig‘i asosida ishchi farazni shakllantirish; – ishchi farazga muvofiq modelni aniqlash va uni tadqiq etish; – tadqiq etilayotgan muammo nazariyasini ishlab chiqish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish. 4-bosqich. Eksperimental tadqiqotlar (tasdiqlash, to‘g‘rilash yoki nazariy tadqiqotlarni inkor etish uchun): – eksperimental tadqiqotlar maqsad va vazifalarini aniqlash; – eksperimentni rejalashtirish va uni o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish; – eksperimental qurilmalarni va eksperimentning boshqa vositalarini yaratish; – o‘lchov usullarini asoslash va tanlash; – eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqish.
5-bosqich. Ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish va rasmiylashtirish: – nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalarini taqqoslash, ularning farqlarini tahlil qilish; – tadqiqot obyekti nazariy modelini aniqlashtirish va xulosalar; – ishchi farazni nazariyaga yoki uning raddiga aylantirish; – ilmiy va ishlab chiqarish xulosalarini shakllantirish, tadqiqot natijalarini baholash; – ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish va uni retsenziya qildirish.
Bibliografik apparatning muhim o'rnatilmagan adabiyotlar ro'yxati tuziladi. Adabiyotlar ro‘yxatini bir nechta turi - mualliflar familiyalari yoki boblar, mavzular, nashrlar tartibi bo‘yicha, ish mazmuniga qarab; aralash tuzilmalar va boshqa ko‘rinishlarda mavjud .
Ro‘yxatda adabiyotlarni tartibga solish qoidasi: muallif familiyasi, ismi-sharifi, ishni nomi, shahar, nashriyot nashr etilgan yil, ishni hajmi, to‘plam bo‘iladi, bo‘lim hajmi keltiriladi.

Yüklə 118,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin