Referat mavzu: Tarmoqda uzatiluvchi axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni. Reja



Yüklə 44,83 Kb.
səhifə1/6
tarix20.11.2023
ölçüsü44,83 Kb.
#165707
növüReferat
  1   2   3   4   5   6
Referat mavzu Tarmoqda uzatiluvchi axborotni himoyalashda kript-fayllar.org


Referat mavzu: Tarmoqda uzatiluvchi axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni


REFERAT
Mavzu: Tarmoqda uzatiluvchi axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni.
REJA:
  1. Axborotni himoyalashning kriptografik usullari


  2. Zamonaviy kriptografiya bo’limlarni


  3. Kriptotizimlarga qo’yilgan talablar


  4. Axborotni simmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari


  5. Shifrlash standartlari. Kriptografik kalitlarni boshqarish. Xeshlash funktsiyasi


  6. Foydalanilga adabiyotlar va internet resurslari.


  7. Xulosa.


Axborotning himoyalashning aksariyat mexanizmlari asosini shifrlash tashkil etadi. Axborotni shifrlash deganda, ochiq axborotni (dastlabki matnni) shifrlangan axborotga o’zgartirish (shifrlash) va aksincha (rasshifrovka qilish) jarayoni tushuniladi.

Axborotni qayta akslantirish yordamida himoyalash muammosi inson ongini uzoq vaqtlardan buyon bezovta qilib kelgan. Kriptografiya tarixi – inson tili tarixi bilan tengdosh. Hatto dastlabki xat yozish ham o’z-o’zicha kriptografik tizim hisoblangan, chunki qadimgi jamiyatda faqat alohida shaxslargina xat yozishni bilganlar. Qadimgi Yegipet va Qadimgi Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo’la oladi.


Xat yozishning keng tarqalishi natijasida kriptografiya alohida fan sifatida vujudda keldi. Dastlabki kriptotizimlardan eramizning boshlaridayoq foydalanilgan. TSezar o’z xatlarida tizimli shifrlardan foydalangan.
Kriptografik tizimlar birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jadal rivojlandi. Urush yillaridan so’ng va hozirga qadar hisoblash vositalarining jadal rivojlanishi kriptografik usullar yaratishni tezlashtirdi va ularning mukammalligini oshirdi.
Bir tomondan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish kengaydi, jumladan, Internet global tarmog’i. Bu tarmoqda begona shaxslardan himoyalanishi zarur bo’lgan hukumat, harbiy, tijorat va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan axborotning katta hajmi harakatlanadi.
Boshqa tomondan, qudratli kompyuterlar, tarmoqli va neyronli hisoblash texnologiyalarining paydo bo’lishi ochish mumkin emas deb hisoblangan kriptografik tizimlarning obro’siga putur yetkazdi.
Kriptologiya – axborotni qayta akslantirib himoyalash muammosi bilan shug’ullanadi (kryptos – maxfiy, sirli, logos - fan). Kriptologiya ikki yo’nalishga bo’linadi – kriptografiya va kriptoanaliz. Bu ikki yo’nalishning maqsadlari qarama-qarshi.
Kriptografiya – axborotni qayta akslantirishning matematik usullarini izlaydi va tadqiq qiladi.
Kriptoanaliz – kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini o’rganadi.
Zamonaviy kriptografiya quyidagi to’rtta bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Simmetrik kriptotizimlar.
2. Ochiq kalitli kriptotizimlar.
3. Elektron imzo tizimlari.
4. Kalitlarni boshqarish.
Kriptografik usullardan foydalanishning asosiy yo’nalishi – maxfiy axborotning aloqa kanalidan uzatish (masalan, elektron pochta), uzatiladigan xabarning uzunligini o’rnatish, axborotni (hujjatlarni, ma’lumotlar bazasini) shifrlangan holda raqamli vositalarda saqlash.
SHunday qilib, kriptografiya axborotni shunday qayta ishlash imkonini beradiki, bunda uni qayta tiklash faqat kalitni bilgandagina mumkin.
Shifrlash va deshifrlashda qatnashadigan axborot sifatida biror alifbo asosida yozilgan matnlar qaraladi. Bu terminlar ostida quyidagilar tushuniladi.

Yüklə 44,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin