Referat mavzu: texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar bajardi: O`. Parmonov Tekshirdi: N. Umarjonova



Yüklə 13,13 Kb.
səhifə3/4
tarix21.10.2023
ölçüsü13,13 Kb.
#159165
növüReferat
1   2   3   4
Referat mavzu texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar-fayllar.org

Darsning borishi:
1-2-bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi.
3-bosqich.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar 2 guruhga bo’linishadi.
  1. Gurux- orasta qizlar 2 gurux-mohir qo’llar


Darsimiz ucun reja tuzib olganmiz:



1-shart uyga vazifa. Yangi libos modeli yaratish Dizaynerlik kasbi haqida savol-javob qilinadi.
2-shart o’tilgan mavzular bo’yicha savollar yozilgan tarqatmalar tarqatiladi
1-savol
Nima uchun gazlamani bichishdan oldin birlamchi ishlov beriladi?
2-savol
Gazlamalarga birlamchi ishlov berish qanday amalga oshiriladi?
4 -savol
Gazlamani bichishda nima uchun andazadan
fodalaniladi?
5-savol
Kiyim tikishda nima uchun birlamchi va ikkilamchi kiydirish amalga oshiriladi?
6-savol
Modellashtirish qanday amalga oshiriladi?
4-bosqich.
Yangi mavzu bayoni:
O’qituvchi: Har bir inson yaratuvchanlik ishqi bilan yashaydi. U ilm olish va hunar egallashga harakat qiladi. Chunki bilim va hunar uning daimiy yo’ldoshi va boyligidir. ” Hunarli kishi aslo xo’r bo’lmas, ” deydi xalqimiz.
O’zbek xalqi qadimdan qo’l xunarmandchiligi sirlarini egallab kelgan. Jumladan, o’zbek xotin-qizlari mohirlik bilan kashta, jiyak, do’ppi, so’zana kabilarni tikish bilan shug’urlanganlar.
Kiyim inson yaratgan ixtirolar ichida eng qadimiysidir. Shuningdek, har bir insonning ziynati bo’lgan liboslar, uning jamiyatdagi darajasini ham bildiradi. O’zining uzoq va boy o’tmishiga ega liboslar tarixi hech kimni befarq qoldirmasa kerak?. Dastlab liboslar tashqi muhitdan himoya vazifasini bajargan bo’lsa, keyinchalik asrlar osha zamon talabi va insoniyat ehtiyoji tufayli u o’z ko’rinishini o‘zgartirib borgan. Endilikda liboslar nafaqat himoya vazifasini, balki insonning odob-axloqini, millatini, estetik didini, moda va uslub borasidagi tanlovini hamda kiyinish madaniyatini ifodalaydi.
Ma’lumki, har bir davr libosi o‘sha zamon va har qaysi millat madaniyatining ko‘zgusidir. Zero, har bitta millat libosiga qarab turli davrlarda kishilarining kiyinish borasidagi odob me’yorlarini bilib olish mumkin. O’z navbatida biz liboslarni ikki guruhga ajratamiz: milliy va zamonaviy. Milliy liboslar har bir millatning o’z qiyofasini aks ettiradi. Shuboisdan har bir millatning o’z libosi va o’zgacha ko’rki bor. Ajdodlar tomonidan yaratilib, asrlar davomida sayqallanib kelingan liboslar milliy meros namunasidir. Zamonaviy liboslar esa davrlar silsilasida kashf etilgan yangiliklar sirasiga kiradi. Bugungi kunda zamonaviy liboslar xususida so’z ketganda bevosita “moda” tushunchasi va moda olami yaqqol ko’zga tashlanadi

Yüklə 13,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin