Referat mavzu: Xalqaro tribunallar Tayyorladi


Xalqaro Jinoyat Sudi Statusi: Nyurnberg Tribunali



Yüklə 32,55 Kb.
səhifə2/2
tarix30.12.2021
ölçüsü32,55 Kb.
#49347
növüReferat
1   2
XGH 1mavzu

2.Xalqaro Jinoyat Sudi Statusi:
Nyurnberg Tribunali:
Xalqaro Harbiy Tribunal Nyurnbergda 1945 yilning avgustida natsistlar Gnrmaniyasi ustidan g’alaba qozongan 4 asosiy buyuk davlatlar-AQSH, Frantsiya, Buyuk Britaniya va SSSRlar tomonidan tashkil qilingan. 1945 yilning yozidayoq London Konferentsiyasida asosiy harbiy jinoyatchilar ustidan bo’ladigan sud haqida bitim va Xalqaro Harbiy Tribunal Ustavi ishlab chiqish rejalashtirilgan edi. Bitimning 1 moddasiga ko’ra(4 davlat) Tribunal harbiy jinoyatchilarni ham individual tartibda, ham ular aloqador bo’lgan, ular a’zo sanalgan har hil gruppalar, tashkilotlar ustidan Sud-tergov ishlarini olib borish uchun tashkil qilindi.
Xalqaro harbiy Tribunalning tashkil qilinishining maqsadi antigitler koalitsiyasining uch asosiy davlatlari deklaratsiyasidayoq o’z ichiga olgandi.
1943 yil oktyabrida nashr qilingan Ustav va protsedura qoidalari juda qisqa vaqtda ishlab chiqilgan edi, aniqrog’i bunga olti oy ketgan xolos. Bu davrda asosiy ayibdorlik dalillari to’planib, tizimlashtirib bo’limgandi va 4 buyuk itte’foqchi davlatlarning irodasini ifodalovchi apparat faoliyati ayibdorlik xulosasini ham tuzib bo’lgan edi.
Asosiy natsist harbiy jinoyatchilari ustidan bo’lib o’tkan Sud jarayonlari 20.02.1945 yildan boshlab 01.10.1946 yilgacha davom etdi. Javobgarlikka natsistlar Germaniyasining asosiy harbiy va davlat boshliqlari tortilgan edi, ulardan G.Gering, V.Keytel’, E.Kaltenbrunner, A.Yodl, A.Shpeer, Ya.Shaxt, G.Krupp; 12 kishi o’lim jazosiga mahkum qilindi, 7 kishi esa uzoq vaqt yoki butun umr qamoq jazosi bilan jazolandilar. Jinoiy deb e’tirof deb etilganlar: Miliiy-sotsialistik partiyaning rahbariy tarkibi va SS qo’riqchi otryadi, havfsizlik xizmati, yashirin davlat politsiyasi (GESTAPO). Nyurnbergdagi jarayonlada tarixda birinchi martda agressiya insoniyatga qarshi eng og’ir jinoyat deb e’tirof etildi. Aytib o’tilganidek, Tribunalning yuridik statusi SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya va Frantsiya hukumatlari o’rtasidagi kelishuvga va Xalqaro Harbiy Tribunal Ustaviga asosan aniqlab berilgan edi. To’rttala g’olib-davlatlrning har biri ikkitadan sud’yalariga ega bo’lib, ularning biri Xalqaro tribunalning doimiy a’zolari, ikkinchisi uning o’rinbosari edi. Lekin bu bo’linish hech qanday hayotiy ahamiyatga ega emasdi. Mana masalan, hukmni barchalari qabul qilgan: Sud a’zolari ham, ularning o’rinbosarlari ham. Sud jarayonida bu va boshqalar ham muhim muammolarni muhokama qilishda tenglik asosida qatnashganlar. Sud Raisi etib Buyuk Britaniya Oliy Sudi a’zosi lord Jeffri Lourens saylandi. Germaniya Nazorat Kengashi o’ziga xos apellyatsiya instantsiyasi rolini bajardi, bu kengash tribunal tomonidan hukm qilinganlarning avf qilish to’g’risidagi iltimoslarini ko’rib chiqqanlar, lekin baribir rad qilganlar.
Ayblovchi taraflar ham g’olib – davlatlarining vakillari edi, ya’ni ayb faqatgina yagona prokuror tomonidan qo’yilmagan, masalan, Yugoslaviya va Ruandadagi voqealar kabi.
Tribunal ustavi va sud muhokamalari bu jarayondagi ramka sifatida Uzoq Sharqdagi xalqaro harbiy tribunallari faoliyatini tashkil qilganlar uchun asos bo’ldi.
Fuqarolik sudlari va harbiy tribunallarning ko’pgina tergov ishlari va amaliyotiga asosan xalqaro huquqning umumiy normalari munosabatlarining muhim pretsedentlarini o’rnatib berdi. Bu pretsedentlar davlat tarafi va individual javobgarlik munosabatlarida kuch ishlatish qoidalarini ham tartibga solardi. Ustav jinoyat turlarini aniq ko’rsatib berdi va tribunalga shaxslarni, aybdor va uning ishini sud qilish, hukm chiqarish huquqlarini topshirdi.
Hukm chiqarishgacha tribunalning vakolatlari quyidagilarda mujassamlashgandi:
Tribunalning javobgarlar bilan bo’lgan munosabatlaridagi qarori asoslanishi shart bo’lib, u qat’iy va shikoyatga o’rin yo’q;
Tribunal aybdorni jazolashda o’lim jazosi yoki har qanday jazoni belgilashga haqli, bu qarorini sud adolatli deb hisoblashi lozim;
Tribunal tomonidan kiritiladigan qo’shimcha jazo sifatida oxirida aybdorning mol – mulkini Germaniya Nazorat Kengashi foydasiga konfiskatsiya qilish kiritiladi;
Aybdorga o’qilgan hukmni undan og’ir bo’lgan jazoga almashtirishga yo’l qo’yilmaydi.
Ayblov xulosasi asosi bo’lib umumiy reja yoki fitna kontseptsiyasi olingan, bu kontseptsiya sud qilinuvchi tomonidan tinchlikka, insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatlarni o’zida ifodalagan. Himoyachilar orasida Germaniyaning ko’zga ko’ringan advokatlari bor edi. Sudlanuvchilarning hech qaysisi o’zini aybdor deb tan olmadi. Ayblov isbot – dalillari hajmi juda katta edi. Harbiy tribunal sud jarayonida 403 ta ochiq sud majlislari o’tkazildi, ayblovchilar 2630 ta, himoyachilar 2700 ta hujjatlarni ko’rsatdilar, 195 ta guvoh tinglandi va 300000 yozma ko’rsatmalar o’rganib chiqildi. Ayblovlar nemis hujjatlariga asoslangandilar. Ayblanuvchilar va ularning advokatlari Tribunal Ustavining yuridik asoslanmaganligini isbotlashga urindilar, tribunal tashkilotchilari – davlatlariga qarshi ayblarni taqdim qildilar. Asosiy aybdorlarning xulosaviy nutqi umumiy tamoyilga turib olishdi. 1946 yil sentyabrining oxirlarida va oktyabr boshlarida tribunal hukmini e’lon qildilar. Unda Xalqaro Huquqning tamoyillari analiz qilib berilgandi, bundan tashqari tarflarning dalillari ham analiz qilinib, 12 yildan oshiq yashagan jinoiy rejimning chizma ko’rinishi ham ko’rsatib berildi. Tiriklayin osishga hukm qilinganlar: G.Gering, I.Ribbentrop, V.Keytel, E.Kalьtenbrunner, A.Rozenberg, G.Frank, V.Frik, Yu.Shtreyxer, F.Zaukel, A.Iodl, A.Zeyss-Inkvarta va M.Borman; R.Gess, V.Funk va E.Rederlar esa butun umr qamoq jazosi bilan; V.Shirax va A.Shpeerlar 20 yilga, K.Neyrat 15 yilga, 10 yilga qamoq jazosiga tortildilar. G.Friche, F.Papen i G.Shaxtlar oqlandilar.
Tribunal SS, SD, gestapo, milliy – sotsialistik partiyaning rahbariy tarkibini jinoiy tashkilotlar deb e’lon qildi, lekin SA, nemis harakati, genshtab va vermaxtning oliy qo’mondonligini jinoiy deb e’lon qilmadilar. Tribunal a’zosi, SSSR vakili A.Rudenko 3 sudlanuvchilarning oqlanishiga qarshi “alohidagi fikrini” bayon qildi, R.Gessni o’lim jazosiga maxkum qilinishini talab qilib chiqdi. O’limga hukm qilinganlarning avf to’g’risidagi rasmiy iltimoslari Germaniya Nazorat Kengashi tomonidan rad qilinganidan so’ng 1946 yilning 16 oktyabrida osish hukmi ijro etildi (G.Gering o’z joniga qasd qildi).
1 marotaba ushbu jarayonda urushni rejalashtirish, tayyorlash, boshlashga javobgar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildilar. 1 marotaba rioya qilingan narsa bu davlat rahbarlarining holati, muassasa yoki armiya, shu kabi hukumatning farmoyishi yoki jinoiy buyrug’i jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Avvalroq, Nyurenburg jarayonlari o’tkazilmasdan oldinroq Halqaro Huquqda shunday holat mavjud edi: Halqaro Huquq qanchalik suveren davlatlar bilan bog’liq bo’lsa, ular qanchalik huquqning asosiy sub’ektlari sanalgan bo’lsa, muayyan shaxslarning javobgarligi Halqaro Huquqda ko’rib chiqilmagan. Bundan tashqari, qaerdaki individning u yoki boshqa xatti – harakati uchun javobgarligi haqidagi masalasi turganda, oxir – oqibat butun davlat faoliyati darajasida ko’rib chiqilardi va davlat suvereniteti doktrinasiga muvofiq muayyan shaxs aybdorligi Halqaro Huquq tomonidan javobgarlik olmas edi. Halqaro Huquqda chet ellik aybdor shaxslarni sud qilish buning davlat suvereniteti tamoyiliga zid deb hisoblanar edi. Biroq, Tribunal Ustavida bu holatning hammasiga o’zgartirishlar kiritilishi shart deyildi. Tribunal (Nyurenburg va Tokio Tribunallari ham) faoliyati natijalaridan biri shu bo’ldiki, shu paytda Halqaro Huquq xususiy shaxslarga qanday javobgarlik yuklasa, davlatga ham shu kabi javobgarlik yuklangan. Ustavda sudlanuvchi xatti – harakati tomonidan buyruq berilgan bo’lsa ham yoki oliy mansabli shaxslar tomonidan berilgan bo’lsa ham javobgarlikdan ozod qilinmasligi, lekin sud tomonidan yumshatuvchi holat deb hisobga olinishi ham iaxsus ko’rib chiqildi.
Nyurnberg jarayoni butun Halqaro Huquqning rivojlanish yo’liga ulkan ta’sir ko’rsatdi. Aynan Nyurnbergda tinchlikka qarshi jinoyat jazoga tortililuvchi qilmishligi tan olindi. O’sha davrdan boshlab Tribunal Ustavining 6-moddasida o’z ortidan jazoga tortuvchi harakatlar umumiy Halqaro Huquqning normalariga aylandi. Halqaro Huquq Tribunal Ustaviga muvofiq, jinoiy javobgarlikka tortiluvchi xalqaro jinoyatlarga quyidagilar kiritilgan:
Tinchlikka qarshi jinoyat: tajavuzkor yoki xalqaro shartnomalarni buzadigan urushlarni rejalashtirish, tayyorlash, boshlash yoki kiritish;
Harbiy jinoyatlar: bosib olingan hudud fuqarolarini o’ldirish, qiynoqqa solish, qullikka yoki boshqa maqsadlar uchun olib ketish; yaradorlar, kasallar, harbiy asirlar, garovga olinganlarni o’ldirish yoki qiynoqqa solish, shaharlar va qurilishlarni bema’ni vayron qilish, umumiy yoki shaxsiy mol – mulklarni o’g’irlab ketish yoki yo’q qilish va boshqalar.
Insoniyatga qarshi jinoyatlar: urushgacha va urush davrida o’ldirish, ommaviy qirg’in, asoratga solish, surgun qilish va boshqa qabih jinoyatlar (mahalliy aholi bilan sodir bo’lgan munosabatlar) yoki siyosiy, irqiy, diniy vajlar bilan jinoyat sodir etish maqsadidagi ta’qiblar yoki har qanday jamiyatlarga bog’liq bo’lgan va tribunal yurisdiktsiyasiga tegishli va u davlatning ichki huquqi bilan bog’liq jinoyatlar bo’ladimi, ular qaerda sodir bo’lgan yoki bo’lmaganligidan qat’iy nazar sodir etilgan jinoyatlar. Sud tomonidan tuzilgan Bitimga darhol 19 ta davlat qo’shildi, BMT Bosh Assambleyasining 1946 yil 11 dekabrdagi, Tribunal Ustavi va sud qarorlarini ichiga olgan rezolyutsiyasi harbiy xolatlar qatori tamoyillar sifatida bir ovozdan qabul qilindi. Keyinroq, aynan Bosh Assambleya e’tirof etgan insoniyatga qarshi jinoyatlar asosida genotsid, agressiya kabi xatti – harakatlarni ma’n qiluvchi konventsiyalar qabul qilindi.
Ba’zi bir ekspertlar vakolatli Xavfsizlik Kengashi Tribunalini tashkil etish to’g’risidagi shartnoma bir guruh davlatlar tomonidan imzolanishini taklif qilgandi.Lekin bunday holatda Tribunalning yurisdiktsiyasi ko’p davlatlar tomonidan tan olinmas edi

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. “ Xalqaro Gumanitar Huquq “ qo‘llanma

Yüklə 32,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin