Referat Mavzu: Yengil atletika va uning turlari



Yüklə 25,72 Kb.
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü25,72 Kb.
#38264
növüReferat
1   2
Musajonova Kamolat MT Yengil atletika

Erkaklar

AyolLar

Catta yoshdagi o’smirlar

Kichik yoshdagi o’smirlar.

O’g’il bolalar

Qiz bolalar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Yurish

Yugu

rish

Sportcha

yurish

Tekis

Yugu

rish

Stadion yo’lkasidan

yurish

Yo’lda shosseda shahar ko’chasida so'qmoq yo’lda va hakoza. Qisqa masofaga Yugurish.

3 km 5 km 10 km 20 km 50 km

1 soat mobaynida

20 km 30 km 50 km 30 metr 60 metr


























O’rtacha

masofalarga

Yugurish

O’zoq masofalarga Yugurish

O’ta uzoq

masofalarga

Yugurish

Vaqtboy Yugurish

Ochiq joyda

Yugurish

Tabiiy

sharoitda

Yugurish

To’siqlar

osha

Yugurish

Estafetali

Yugurish

Katta yo’lda

Yugurish

Yugurish yo’lkasida govlar osha

Yugurish

Uzoq masofaga to’siqlar osha

Yugurish

qisqa masofalarga Yugurish

O’rta masofalarga Yugurish

Aralash

masofalarga

Yugurish

100 metr 200 metr 400 metr 500 metr 800 metr 1000 metr 1500 metr 2000 metr

3000 metr 500 metr 10000 metr 20000 metr 25000 metr 30000 metr 23000 metr 1 soat

mobaynida

300 m 500 m

  1. km

  2. km

  3. km 5 km 8 km 14 km

30 km gacha marofon YUgo’rish 80 metr 100 metr 110 metr 200 metr 300 metr 400 metr

1500 metr 3000 metr

4x50 metr 4x100 metr 4x200 metr 4x400 metr 5x500 metr 3x800 metr 4x800 metr 5x1000 m 10x1000m



Balandlikka

Uloqtiris

h

Ko’pko’

rash

Yugurib

kelib

sakrash

vertikal

to’siqOsh

a

gorizantal

to’siq

Osha

sakrash

turgan

joyda

sakrash

Bosh

ortidan

boshlab

uloqtirish

aylanib

uloqtirish

irkitish

Uzunlikka 3 hatlab sakrash

Granata

Nayza

Disk bosqon Yadro

Uch ko’rash

Turt ko’rash

Beshko’rash

4x1500 m

400x300

x200x100 m

shahar

bo’ylab

istalgan

masofalarga

istalgan

variantda 4 xil

usulda langar

cho’p bilan

3 xil usulda

500 gramm 700 gramm 600 gramm 800 gramm 2 kg 1,5 k 7 kg 257gr 6 kg 5 kg 4kg 3 kg 100m Yadro 4kg

Balandlikka o’zunlikka Yadro 5 kg 100 metr 100 m

o’zunlikka disk nayza 80 m g/o

balandlikka 100 m Yadro o’zunlik tup 150 gr

balandlik kross 300m 60m 100m

o’zunlikka granata 500gr balandlikka kross 500 m 100m

o’zunlikkka Yadro 5 kg balandlik kross 800m



Olti ko’rash

Sakkiz ko’rash

O”n ko’rash

balandlik nayza 200m disk 1500m 80mg/o Yadro balandlik o’zunlik

200 m

3/2kunda 100m Yadro o’zunlikka 110g/olangar cho’p 2 kunda 100m o’zunlik disk balandlik 100mg/o langar cho’p nayza 800 m 2kunda 100m o’zunlik disk balandlik 400 m 100m g/o langar

cho’p nayza 1500 m

2kunda


Yengil atletika mashqlarining umumiy harakteristikasi.

Yurish-insonning joydan-joyga ko’chishidaga oddiy usul bo’lib, turli yoshdagi kishilar uchun ajoyib jismoniy mashq hisoblanadi. Uzoq va bir tekis yurganda azoyi badandagi qariyib barcha muskullar ishlaydi, organizmdagi yo’rak- qon tomir, nafas olish va boshqa sistemalar faoliyati kuchayadi. Natijada moda almashinuvi ortadi. Jismoniy mashq sifatida odatdagi yurishning avvalo sog’lomlashtirish ahamiyati bor. Odamni ilk bolalik davridan yurishga o’rgatadilar. Lekin bu bilan kifoyalanib bo’lmaydi. Hamma odamlar to’g’ri chiroyli va tejamli yura bilishlari zarur. Oddiy yurishdan tashqari yurishning boshqacha xillari ham bo’ladi: poxodo yurish, safda yourish va sportcha yurish. Musobaqalarda yurishning texnik jixatdan eng qiyin, lekin eng foydali sportcha yurish qo’llaniladi. Uning tezligi oddiy yurishga nisbatan ikki marta ortiq, ammo bunday Yuqori tezlikka erishish uchun sportcha yurish texnikasi asoslarini o’rganib olishning

o’zigina kifoya qilmay balki oddiy yurishga Qaraganda anchagina intensiv ish bajarish talab qilinadi, ya’ni energiya sarflash ortadi. Yurish musobaqalari odatda stadion yo’lkalarida soat strelkasi harakatiga teskari yo’nalishda va oddiy yo’llarda shosseda, shahar ko’chalarida, so’qmoqlarda va hakoza, 30 kmdan 50 km masofagacha o’tkaziladi.

Yugurish musobaqasida qatnashuvchilar hamda belgilangan yo’rish texnikasini xususiyatlariga rioya qilishlari kerak. Bularning eng asosiysi bir lahza bo’lsa ham ikalla oyoq bir vaqtda yerdan o’zilib qolishga yo’l qo’ymaslikdan iborat. Oyoqlardan birortasi yerga tegmay turgan fursat sodir bo’lgudek bo’lsa sportchi yo’rishdan Yugurishga o’tgan hisoblanadi. Bu qoidani bo’zgan sportchini maxsus hakamlar musobaqadan chetlatadilar.

Yugurish joydan-joyga kuchishning tabiiy usullaridir. Bu jismoniy mashqning ko’prok tarqalgan turi bo’lib, juda ko’p sport turlari futbol, basketbol, tennis va boshqalar tarkibiga kiradi. Yugurishning juda ko’p turlari yengil atletika har xil turlarining organik qismi hisoblanadi.

Yugurish bo’tun organizmning ish qobiliyatiga qo’yilgan talab yugurgandagiga nisbatan anchagina katta bo’ladi. CHunki yugurganda azoyi badandagi muskul guruhlarning deyarli hammasi ishga tushadi, yo’rak - qon, tomir nafas olish va boshqa sistemalar faoliyati kuchayadi. Modda almashinuvi ancha oshadi. Shug’ullanuvchilarning imkoniyatlariga qarab, masofa uzunligini va Yugurish tezligini o’zgartirish bilan ish miqdorini har xil qilish odamning chidamliligini tezkorligi va boshqa fazilatlari rivojlanishiga ta’sir etish mumkin. Yugurish bilan shug’ullanish jarayonida kishi irodasi mustahkamlanadi, o’z kuchini taqsimlay olish to to siqlardan o’ta bilish, ochiq joyda moljal ola bilish qobiliyati paydo bo’ladi.

Yugurish har tamonlama jismoniy rivojlanishning asosiy vositalardan biridir. Barcha mutaxasisliklagi yengil atletikachilarning ham boshqa sport turlari bilan shug’ullanuvchilarning ham trenirovkalarida Yugo’rishga ko’p e’tibor berilishi, shunindek, faol dam olish sog’lomlashtirish va ish qobiliyatini saqlash vositasi sifatida Yugo’rishning ulushi katta ekani ana shundan dalolat beradi.

Yugurish yengil atletikaning hamma turlari ichida eng hammabop jismoniy mashqdir. Yengil atletika musobaqalarida yugurish va estafetaning turli xillari yetakchi o’rin to’tadi, ularga tomashabinlar ham juda qiziqadilar. SHuning uchun yugurish musobaqalari eng yaxshi tashkilot vositalaridan biri hisoblanadi.

Yengil atletikada yugurishning tekis yugurish, to’siqlar o’sha yugurish, estafetada yugurish va tabiiy sharoitlar yugurish xillari bo’ladi.

Tekis yugurish ma’lum masofaga yoki vaqtboy tarzda Yugurish yo’lkasida soat strelkasi harakatiga teskari yo'nalishda o’tqaziladi. 400 metrga va undan qisqa masofaga yugurishda har bir Yuguruvchi uchun alohida yo’lka ajratiladi. Qolgan masofaga Yugurish umumiy yo’lkada o’tkaziladi. Belgilangan masofani o’tish uchun sarflangan vaqt sekundomer bilan o’lchanadi. 1 soatlik va 2 soatlik Yugurishda vaqt chegaralangan bo’lib natijada shu vaqt ichida bosib o’tilgan masofa tarzida metr hisobida aniqlanadi.

To’siqlar o’sha Yugurishning 2 ta xili bor. G’ovlar osha yugurish bunday yugurish natijasida bir-biridan bir xil o’zoqlikda masofadagi muayyan joylarga qo’yilgan bir tipda to’siqlardan oshib 60 dan 400 metrgacha masofaga yuguriladi. Har qaysi sportchida alohida-alohida yo’lkadan yuguradi. 2000-3000 metrga to’siqlar Osha Yugurish-bunda yugurish yo’lkasida u yer bu yerga mustaxkam o’rnatilagan to’siqlar Osha stadion sektorlaridan birida kavlangan chuqurga to’ldirilgan suvdan kechib yuguriladi.

Estafetali yugurish komanda-kamonda bo’lib yuguriladi. Komandaga yuguruvchilar qancha bo’lsa masofa ham shuncha etaplarga bo’lingan bo’ladi. Estafetali yugurishdan maqsad -estafeta tayoqchasini bir-biriga o’zatib uni imkon qadar tez startdan marragacha yetkazib borishdir. Etaplar oralig’i bir xil qisqa va o’rtacha masofada yoki har xil aralash masofada bo’lishi mumkin. Estafetali yugurish ko’prok stadion yo’laklarida ba’zan esa shahar ko’chalarida aylanma va yulduzsimon estafetalar o’tkaziladi.

Tabiiy sharoitda yugurish. Bunda past-baland ochiq joylarda kross yugurilsa 15 km va undan uzoq masofalarga esa yo’llarda shosseda so’qmoq yo’llarda yuguriladi. Yengil atletikadagi eng uzoq ya’ni marafoncha masofa 42 km 195 sm ga teng. Aholi yashaydigan joylar oralig’ida bosib o’tiladi.

Sakrash-to’siqlardan o’tishning tabiiy usuli bo’lib, qisqa vaqt ichida asab muskul kuchiga maksimal zo’r berish bilan harakterlidir. Yengil atletik sakrash mashg’’ulotlarida sportchilarning o’z tanalarini idora qila bilish, kuchlarini ishlata bilish qobiliyatlari takomillashadi, kuch, tezlik, chaqqonlik, mardlik osha boradi. Sakrash oyoq tana muskullarini kuchaytirish va sakrovchanlikni hosil qilish uchun eng yaxshi mashqlardan biri bo’lib, faqat yengil atletikachilargina emas, balki boshqa sport turlarining vakillariga ham, ayniqsa, basketbolchilarga, voleybolchilarga va futbolchilarga zarurdir. Yengil atletika sakrash 2 turga bo’linadi.

  1. Imkon boricha balandroq sakrash maqsadida vertikal to’siqlardan o’tish balandlikka sakrash va langar cho’p bilan sakrash.

  2. Imkon boricha uzoqqa sakrash maqsadida gorizantal to’siqlardan o’tish uzunlikka sakrash va uch hatlab sakrash. Sakrashda erishilgan natijalar metr va santimetr bilan o’lchanadi. Sakrash turgan joyda tez yugurib kelib ijro etiladi. Uch xatlab sakrash va langarcho’p bilan sakrash musobaqalari ayollar uchun o’tkazilmaydi. Bularni bajarish vaqtida hosil bo’ladigan qattiq zarbalar ayollar ichki organlari holatini buzib qo’yishi mumkin.

Uloqtirish maxsus snaryadlarni uzoqlikka irg’itish va uloqtirish mashqlaridir. Bularning natijalari metr va santimetr bilan aniqlanadi. Uloqtirish asab muskul kuchlanishi qisqa vaqt maksimal bo’lishi bilan harakterlidir. Bunda qo’l yelka kamari va tana muskullariga emas, balki oyoq muskullari ham faol qatnashadi. Yengil atletika snaryadlarini uzoqqa uloqtirish uchun kuch, tezlik, chaqqonlik yuqori darajada rivoj topgan bo’lish va o’z kuchini yig’a bilmoq zarur. Uloqtrish bilan shug’ullanish bu muxim fazilatlarni taraqqiy etibgina qolmay butun tana muskullarining garmoni rivojlanishiga ham yordam beradi.

Yengil atletika uloqtirishlar ijro usuliga qarab uch turga bo’linadi.

  1. Bosh ortidan boshlab uloqtirish nayza va granata.

  2. Aylanib uloqtirish disk va bosqon. Irg’itish Yadro.

Uloqtirish usullarining farqi snaryadlarning shakli va og’irligiga bog’liqdir. Yengil ushlash unday bo’lgan snaryadlarni to'g’ridan yugurib kelib bosh ortidan boshlab uzoqqa uloqtirish mumkin. Og’irroq snaryadlarni aylanib uloqtirish. Maxsus tutqichi bo’lmagan og’ir snaryad Yadroni esa irg’itish uchun.

Ko’pkurash. Yugurish, sakrash va uloqtirishning har xil turlarini o’z ichiga oladi. Ko’pkurash tarkibidagi turlar miqdoriga qarab nomlanadi. Uch ko’rash, turt kurash, besh kurash, olti kurash, sakkiz kurash, o’n kurash. Ko’pkurashning asosiy turlari erkaklar uchun - o’n kurash va ayollar uchun besh kurash va o’spirinlar uchun olti kurash va sakkiz kurash. Musobaqani yengillashtirish uchun yengil atletikani bunday og’ir turlaridan musobaqalar ikki kunda o’tkaziladi. Ko’pkurash shug’ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo’yadi. Ular texnik jihatdan yuqori maxoratli bo’lishlaridan tashqari , sprentrlardan tezroq, uloqtiruvchilardek kuchli, sakrovchilardek sakrovchan va chaqqon, govosharlardek dadil, o’rtacha masofalarga Yuguruvchilardek chidamli bo’lish kerak. Ko’pkurash pragrammasini To’la bajarish esa mumkin a’lo jarayonli bo’lishi, Yuqori darajada rivojlangan irodali fazilatlarni talab qiladi. Ko’pkurash bilan shug’ullanish sportchilar organizmiga har tomonlama ta’sir ko’rsatish bilan yengil atletikani aloxida turidan maxsus mashg’’ulot qilish uchun ham yaxshi zamin yaratib beradi. Ko’pkurash natijasi sportchining ko’pkurash tarkibidagi har bir turda ko’rsatgan natijasi uchun olgan ochkolar yigindisi bilan belginadi. Buning uchun ochkolar jadvalidan foydalaniladi.

Yengil atletika bilan millionlab dunyoda kishilar shugullanadilar. Yengil atletika mashg’ulotlari kuchlilikni, tezkorlikni, chidamlilikni va boshqa juda ko’p harakat malakalarni oshiradi, irodaviy fazilatlarni tarbiyalaydi. SHuningdek ularning sog’lomlashtirish ahamiyati qata bo’lib, jismoniy kamolatga erishiga yordam beradi.

Yengil atletika mashqlarining xilma-xiligi va yurganda, Yugurganda va sakraganda, uloqtirganda kuch kelishini o’zgartirish mumkinligini har xil jins va yoshdagi kishilar bilan yengil atletika mashg’ulotlari o’tkazaverish imkonini beradi. Bu mashqlarning ko’pchiligi ijro texnikasi jixatidan qiyin emas, o’rgatish uchun esa oson va ularni oddiy maydonchalar yoki ochiq joylarda bajaraversa bo’ladi.

Yengil atletika mashqlarning shug'ullanuvchilarga ijobiy ta’sir qilish ularning keng tarqalgan bo’lishiga sabab bo’ladi. Maktab bolalarining va ayollarning jismoniy tarbiyasi pragrammasida ham har xil sport turlaridagi mashg’’ulot rejalarida ham keksalarning jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida ham yengil atletika mashqlariga kyeng o’rin berilgan. Jismoniy tarbiya kollektivlarida kongilli sport jamiyatlarida, oliy va o’rta o’quv yurtlarida va boshqa tashkilotlarda yengil atletika mashg’ulotlari etakchi o’rinda turadi.

Yengil atletikadagi tayyorgarlik darajasini baxolash bu sport turi bilan shugullanishini ragbatlantirish va musobaqalarni tashkil etish uchun razryadlarga bo’lish qabul qilingan. Yengil atletika sporti ommaviy rivoj topayotgan va undagi natijalar mutasil o'sib borayotgan sababli razryad normalari vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi.

Kadimgi yengil atletikaning rivojlanish tarixi

Yengil atletika mashqlarining kelib chikishi tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Odamlar yugurish, sakrash va uloqtirishni, tabiiy zarur xarakat sifatida kadim zamonlardan beri mexnatda va kundalik xayotda qo'llab kelganlari ma’lum. Ammo ularning jismoniy tarbiya vositasi sifatida va sportning bir turi sifatida rasm bolganiga qadar kop yillar o'tdi. Ibtidoiy jamoa tuzimi davrida yengil atletika mashiklari odamlarning mexnat faoliyati bilan chambarchas bog'lik edi. Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga ota boshlashiga yaqin jismoniy tarbiyada ma’lum darajada mustaqil bolla boshladi.

Yugurish, sakrash va uloqtirish qadimiy Gretsiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori, ular quldorlarning xarbiy-jismoniy tayyorgarligida katta o'rin egalladi va kabilalar xamda umumgrek diniy bayramlarining muxim qismini tashkil etadigan bo'ldi. Bunday tantanalarning eng axamiyatlisi Olimpiya oyinlari xisoblanadi.

Feodal jamiyatida, ayniqsa ilk o'rta asrlar davrida jismoniy mashqlar xalq ommasiga rasm bo'lgan edi. Rivoyatlar qissalar va boshqa madaniyat yodgorliklari o'yin kulgularida o'ziga xos jismoniy mashqlar ko'p bo'lganidan dalolat beradi. Ko'p manbalarda xalk turmushida tez yugurish, Yugurib kelib uzunlikka sakrash va tosh uloqtirishdan iborat uchkurash mavjud bo'lgani ko'rsatiladi.

SHavkatsiz ekspluatatsiya, bo sh vaqt va keraklicha moddiy sharoit bo'lmaganligi xalq jismoniy mashqlarining taraqqiyot darajasiga ta’sir ko'rsatadi. SHu sababdan feodalizim davrida xama vaqt xalq jismoniy mashqlari an’anaviy o'yin kulgilar xarakterida bulib, faqat bayram kunlarida o'tkazilar edi.

SHaxar axolisi va feodallarning xarbiy jismoniy tayyorgarligida esa yuugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari kata o'rin tutar edi.

Burjua jamiyatida, yugurish sakrash va uloqtirish dastlab jismoniy tarbiya gimnastika sistemasiga kiritilar, kundalik xayotda qo'llanar edi. Lekin bu yengil atletika sport tashkil topishiga muxim ta’sir ko'rsata olmadi, chunki gimnastika sistemasida bu mashqlarning axamiyati asosiy bo'lmay, ikkinchi darajali edi. Xalkning bu mashqlar bilan shug'ullanishi esa, mexnatkash omma imkoniyati chegaralanganligi uchun yengil atletika taraqqiyotiga To'la ta’sir ko'rsata olmadi.

Yugurish. sakrash va uloqtirish mustaqil jismoniy mashq sifatida va yengil atletika sportning muxm elementlari sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil topa boshladi.bunga yoshlarning keng qatlamlari o'rtasida bunday mashqlarga qiziqish o'sganligi burjuaziya xam o'z xukumronligini kuchaytirish vositasi sifatida jismoniy tarbiya ko'proq qiziqa boshlagani sabab bo'ldi

Burjuaziya kapitalistika korxonalari uchun jismoniy baquvvat ishchilarga va bosqinchilik armiyasi uchun saldatlarga muxtoj edi. Bunga eski gimnastika sistemalari allaqachonlar Tola yordam berolmay qolgan edi. Burjuaziya ananaviy xalq o'yin kulgilaridan olingan atletik mashqlarga e’tibor Bera boshladi. Bular orasida takomillashish jarayonida sportcha yugurish sakrash va uloqtirish tusini olib yengil atletika sporti tarkibiga kiradigan yugurish, sakrash va uloqtish mashqlari xam bor edi.

Yengil atletika sportining ayrim turlari (Yugurish, nayza otish, sakrash, to’siqlar osha Yugurish va xz) o’zoq vaqtlardan buyon Movaraunnahr o’lkasida istiqomat qiluvchilarning shug’ulanib kelgan mashg’ulotlari, xususan, Sarmish (soyidagi ) tog’larida eramizdan bir necha asr oldin qoldirilgan rasmlarda yuguruvchi, sakrovchi va nayza uloqtiruvchilarni tasviri qoldirilgan.

Buyuk mutafakir olim Abu Ali Ibn Sino bemorlarni davolashda gimnastika, suzish, kurash bilan tez yurish, Yugurish,sakrash nayza otish, tosh ko’tarish mashqlaridan unumli foydalanilgan.

Johangir sarkarda bobokalonimiz Amir Temo’r esa o’z lashkarlarini jismonan baquvvat, epchil va chidamli qilib tarbiyalashda yengil atletika,past-balandi joylarida yurish (kross), nayza otish, tosh irg’itish to’siqlardan sakrab yugirish mashqlaridan muntazam ravishda foydalangan.

Chor Rossiyasi Turkiston o’lkasining bosib olgandan so’ng,shu o’lkaga boskinchilik qilib kelgan yoki so’rgun qilinganlarning bolalari va Peterbo’rk,Har’kov,Maskovadan ta’tilga chiqib, ota-onalarini ko’rgani kelgan talabalar Toshkent va Skoblev (Farg’ona)da Yugurish, sakrash, to’p otish bo’yicha havaskorlar to’garaklarini ochishadi.

O’zbekistonda yengil atletikani rivojlanish tarihi.

1916 yilda Farg’ona (Skoblev) shahriga yurish bo’yicha Rossiyada mashur bo’lgan Lev Barxash keladi,u yengil atletika ishqibozlari to’garaklarini tuzib,ular bilan birgalikda Marg’ilon soy (Mustaqilik ko’chasi) qirg’og’ida velosiped sporti bo’yicha mashqlar va poyga o’tkaziladigan o’yingohlarni qayta ko’rib yugirish uchun moslashtitish, 280 metirlik yugurish yo’lagi ko’radi va hatto,sakrash uchun kundoklar o’rnatadi.

U paytlarda sharlarda yengil atletika to’garaklarida,asosan,katta yoshdagi,juda oz odamlar qatnashganlar. U ham bo’lsa,sport ishqibozlari jamiyatlari,xususan sport klublari va skavo’tlari tashkilotlari a’zolari bo’lgan.

Oktyabr inqilobidan so’ng jismoniy tarbiya va sportning ommoviy rivojlanisiga katta e’tibor beriladi.Turkiston Respublikasi Xalq ta’limi komissariati qoshida 1919 yilda sport kollegiyasi (komissiyasi) tuziladi. U umumiy Harbiy ta’lim bosh boshqarmasi tamonidan moydonlarda nomoyish etiluvchi sport chiqishlari hamda turli musabaqalarni tashkil etish,shuningdek o’quvchilar bilan o’tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga rahbarlik qilgan.

Sportning boshqa turlari qatorida shu yili yengil atletika bo’yicha uyushgan mashg’ulotlar tashkil etilagn. 1920 yilning oktabrida Toshkentda 1 O’rta Osiyo Olimpiadasi o’tkazilgan. Uning dasturiga futbol, yengil atletika, shahmat va sportning milliy turlari bo’yicha musobaqalar kiritilgan.

Yengil atletika bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda Farg’ona shaxri jamoasi quvonchli zafarlarni qo’lga kiritgan. Dasturga kiritilgan 12 turning 8 tasida mazkur jamoa a’zolari nafaqat bir marotaba, hatto ikki marotaba birinchi o’rinni egallashadi (G. Bernadskiy, D. Dadoshevich akauka Bo’rmakinlar). 8x100 m estafetasida esa farg’ona jamoasi boshqalardan ancha o’zgan holda g’alaba qozonadi.

Jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantrishga bo’lgan ehtiyoj 1921 yilda “Turkfront”ning umumta’lim boshqarmasi qoshida jismoniy tarbiya bo’yicha Markaziy kengash tuzishga olib keladi.

1920-30 yillarda malakali mutaxassislarga bo’lgan talab kuchli edi. SHuning uchun 1921 yildan boshlab Turkfrontning umumta’lim tizimida uch oylik ko’rsatlar ochilib, jismoniy ta’lim muallimlarini tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. 1926 yildan esa kasaba uyushmalari o’z kengashi bo’yicha sanoat korxonalarida ishlash uchun jismoniy qo’riqchilarini tayyorlashga kirishadi.

1922 yilda yengil atletika bo’tsicha Turkiston Respublikasi sportchilari qo’lga kiritgan g’alabalarining 1jadvali tuziladi. SHu davrning yetuk yengil atletikachilari: N. Ovsyannikov, P. Taranov, YA. Valishevlar ishchi va dehqon- yoshlarni yengil atletika ishqibozlari to’garaklariga jalb qilish bo’yicha faol ish olib borishadi.

1924 yilning mayida Toshkentda, o’lkada, birinchi o’yingoh (keyinchalik Pishevik deb nomlangan) ochiladi. Hozir uning o’rniga V. S. Mirofanov nomli suv sporti saroyi barpo etilgan. SHu yilning avgust oyida Umum turkiston jismoniy madaniyat bayrami o’tkazildi. Sportning to’qqiz turi bo’yicha nafar sportchi qatnashgan.

O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston davlat milliy tuzilishiga ko’ra, 1924 yilda O’zbekiston SSR tashkil topdi. SHu yildan boshlab O’zbekistonning yengil atletika, bo’yicha qo’lga kiritgan g’alabalari rasman qayd etila boshlandi.

Sobiq O’zbekiston Kompartiyasining II sezdi qarorlarini bajara borib, respublika o’z zimmasiga oldi. Yengil atletika mashg’ulotlariga qishloq yoshlari jalb qilina boshlandi.

  1. yilning 15 iyulida Toshkentning SHayxontoxo’r tumanida eski shahar (“Spartak”) stadionining tantanali ochilishi bo’ldi. 1927 yildagi 1 umum o’zbek Spartakiadasi, 1928 yildagi ikkinchi ana shunday spartakiada I Butun Ittifoq spartakiadasi oldidan o’tkazildi.

  2. yilda toshkentlik harbiy xizmatchi Nikolay ovsyannikov Yugurish bo’yicha to’siqlar osha 110 metrni 17. 0 sek yugurib o’tdi hamda balandlikka sakrash bo’yicha sobiq SSSR rekordini o’rnatdi. U vatan yengil atletikachilari orasida birinchi bo’lib “17 sekund” marrani egalladi. Bir yil o’tgach, I Umumittifoq spartakiadasida N. Ovsyanikov masofani 16. 2 sek da yugurib o’tdi. So’ngra u masofani 15. 2 sek chopib o’tadi. Biroq sportchi Yugurish chog’ida ikki to’siqni yiqitib o’tganligi uchun bu natija qayd etilmadi hamda bu marra rekord sifatida qabul qilinmadi.

Moskvada o’tgan I Butunittifoq spartakiadasida o’zbek yengil atletikachilari ishtirok etishdi. N. Ovsyannikov 110 metr Yugurishda (16. 2), YU. Dunaev baladlikka sakrashda (175) va uch hatlab sakrashda ikkinchi o’rin (12. 75), A. Tikunova lappak otishda ikkinchi o’rin (25. 33), Z. L. Rikova ayollar ichida langar cho’p bilan balandlikka sakrashda birinchi o’rinni egalladilar.

1929 yil bahoridan boshlab respublika poytaxti Toshkentda “Pravda Vostoka” gazetasini sovrini uchun shahar ko’chalari bo’ylab estafeta musobaqasi o’tkazila boshladi. Samarqand, O’rganch, Buxoro kabi respublikaning boshqa shaharlarida ham shunday estafetalar tashkil etiladi. Ushbu holat aholi o’rtasida yengil atletika sportini ommaviy ravishda targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borishning dastlabki harakati bo’lgan.

1934 yildan o’zbek yengil atletikachilari bilan uchrashuvlar o’tkaza boshlaydi. Ana shunday musobaqalardan birinchisi (bunda Qozog’iston Respublikasi qonkursdan tashqari ishtirok etdi). 1934 yilning 512 sentabrida bo’lib o’tdi. Erkaklarni musobaqa dasturning 16 turidan o’ntasida o’zbek sportchilari (E. Po’tsillo 100, 200 va 400 metrga Yugurish, V. TSexmestrenko 3000 va 1500 metrga Yugurish, V. Bezrukov: 500 va 1000 metrga Yugurish, YU. Dunaev to’siqlar ora 100 metrga Yugurish, E. Rubyashev balandlikka sakrash, N. Bespakoynov uch hatlab sakrash) g’alabani qo’lga kiritishadi.

Ayollar dasturi bo’yicha yetti tur o’tkazilib ularni barchasida o’zbek sportchilari (L. SHaternikova 100 metrga Yugurish va balandlikka sakrash, M. Toporova Yadro irg’itish va nayza otish, T. Ko’zneova lappak otish, T. Basharina uzunlikka sakrash, 800 metrga Yugo’rish) g’alabani qo’lga kiritadi.

Musobaqalarda o’zbek sportchilarining birinchi o’rinlarni egallashlarida o’sha davr sportning yetuk mutaxassislari bo’lgan N. Ovsyannikov, P.

Kravchenko, P. Klyazu, G. Kotsarev, V. Skavinskiylarning xizmatlari katta bo’lgan.

  1. yilning sentabrida IV Umumo’zbek spartakiadasi o’tkazildi. Spartakiadada yengil atletikachilar o’rtasida bo’lib o’tgan musobaqalarda L. SHaternikova, V. TSexmestrenko, M. Toporova, T. Vesednova, L. Olixova, A. Kotsarevlar o’z yengil atletikachilari tomonidan 32 rekord o’rnatilgan.

Spartakiadalar orasida musobaqalarni o’tkazish tizimi takomillashib borib, unda ishtirok etuvchi jamoalar hamda shaxslarning soni ko’payib bordi. Respublikaning kuchli sportchilari M. Toporova, L. Maksimicheva, SHaternikova, A. Borisov, P. Taranev, V. TSexmistrenko, G. Kotsarev, A. Kotsareva, L. Olixovlar, E. Po’tsillo, N. SevrYukova (Borisova), N.

Bespokoynov, F. Xasanova va boshqalar tomonidan o’rnatilagn rekordlar yana bir yangilandi.

  1. yilda Toshkent, Samarqand, Farg’ona, Buxoro va respublikaning boshqa shaharlarida yengil atletika bo’limlari mavjud bo’lib, birinchi shaharlarida yengil atletika bo’limlari mavjud bo’lib, birinchi sport maktablari ochildi. Bu hayrli ish, tezda o’z mevasini berdi. 1938 yili yengil atletika bo’yicha mamlakat birinchiligida O’zbekiston yosh yengil atletikachilari jamoasi ikkinchi o’rinni egallashdi. N. sevrYukova, E. Demchenko, N. kavtunova, K. Kapustyanskiy, YU. SHolomitskiy, V. Drobchinskiylar Yuqori natijalarni qo’lga kiritishadi. Ikkinchi jaxon urushiga qadar yoshlar o’rtasida yengil atletika bilan shug’ullanish keng tarqaldi. Bunga sabab ommaviy krosslarning o’tkazilishi, shaharlarda estafetalarning teztez tashkil etilishi, musobaqalar sonining ortishi, ko’p sonli mohir yengil atletikachilarning yuzaga kelishi bo’lgan. Bulardan L. Skasaya, F. Hasanova, Olihov, Yu. Sholomiskiy, K. Kapustyan va boshqalar, shuningdek Antonina Kosareva 1940 yilda o’zbek yengil atletikachilari orasida birinchi bo’lib nayza o'tish bo’yicha “SSSR sport masteri” unvoniga sazovor bo’ldi.

Urushning ohirgi yillarida ham respublikada jismoniy tarbiya hayoti so’nmadi. Musobaqalar, asosan, harbiy ahamiyatga ega bo’lgan kross, granata otish to’siq istehkomlaridan oshib Yugurish bo’yicha o’tkazildi. Sport tashkilotlari o’z faoliyatini front ehtiyojlariga moslab qayta to’sib chiqdilar.

Eng yaxshi sportchilar o’z Vatanini himoya qilish uchun jangga ketishdi, qolganlari esa umumharbiy ta’lim mashg’ulotlarini olib borish uchun harbiy kommissariyatlarda,

Gospitallarda qolishdi. Ular yarador-jangchilarning mehnat qobilyatini tiklash va ular bilan davolash jismoniy mashq mashg’ulotlarini olib borishdi.

Umumharbiy ta’limda respublikaning ko’zga ko’ringan mo’rabbiylari V. Bessekernih ( Samarqand ), V. Skavinskiy (Buhoro), P. Taranovlar( Toshkent ) o’z sohasi bo’yicha katta ish olib borishdi.

Aynan ular, og’ir harbiy holatga qaramay, O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston spartakiadasida qatnashuvchi sportchilarni tayyorlashgan.

O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston 11 Spartakiasi 1943yili Olma- Otada bo’lib o’tadi. Erkaklar dasturining sakkiz turidan turt turida o’zbek sportchilari birinchi o’rinni egallashdi. Ular orasida Sadunin 800 va 1500 metrga Yugo’rish, N. Bespokoynov - 100 metrga Yugo’rish hamda L. Kanaki uzunlikka sakrash bo’yicha ayollar orasida 140 sm balandlikka sakrash g’oliblikni qo’lga kiritdi. 111 Spartakiada 1944 yilda Toshkentda o’tadi. Unda asosan, erkaklar ishtirok etib, sportning 11 turi bo’yicha o’tdi.

Spartakiada Pusillo 110 va 400 metrga Yugurish, A. Borisov balandlik va o’zunlikka sakrash hamda G. Kosarev nayza otish bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdilar.

1945 yil sentyabrda O’zbekiston spartakiasi dasturi bo’yicha “Spartak” stadionida yengil atletika musobaqasi bo’lib o’tadi. 150 nafar sportchi ishtirok etgan bu musobaqalarda quvonchli marralar qo’lga kiritiladi. 1946 yilga kelib respublikada rekordlari yangi ko’rsatkichlarga ko’tarildi: N. SevrYukova ( Borisova ) besh hatlab sakrash, to’siq ora yugurish hamda yadro irg’itishda, L. Skaskaya 80 m to’siq ora yugurishda F. Hasanova - 400 va 800 metrga yugurishda g’olib chiqishdi. 1947 yili Moskovada bo’lib o’tgan jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning butunittifoq namoyishiga O’zbekitonda “SSSR sport masteri” darajasiga erishgan yengil atletikachilar A. Borisov (uch xatlab sakrashda sobiq SSSRning uch marta sovrindori) va F. Hasanova, shuningdek jismoniy tarbiya hodimlari bayram nishonlash musobaqalarida ishtirok etish uchun respublika chempionlari N. SerYukova, ishtirok etish uchun respublika chempionlari N. SerYukova, L. Skastkaya, A. Qorieva, Sultonova, T. Ismoilov, S. Popovlar Moskovaga borishdi.

1948 yilning dekabrida BkP MK mamlakatlarida jismoniy tarbiya ishlarining ahvoli haqidagi masalani ko’rib chiqib uni yanada yaxshilash haqida qaror qabul qildi.

Mazkur qaror respublikada yengil atletikaning rivojlanishiga kuchli turtki

bo’ldi.

1948 yildan boshlab O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston sportchilarining o’zaro uchrashuvlari an’ana tusini oldi.

Ana shunday birinchi uchrashuv 1948 yilning mayida Frunze (Beshkek) shahrida bo’libo’tdi. Erkaklar baxsida o’zbek yengil atletikachilari 13 tur sport musoboqasidan uch turida g’oliblikni Qo’lga kiritish. Ayollar esa to’qqiz turdan beshtasida g’olib bo’lishdi. Musoboqada, ayniqsa er-xotin Aleksey va Nadejda

Borisovalar muvaffaqiyatli qatnashdi. Aleksey Borisov uzunlikka sakrash bo’yicha, Nadejda esa 100 va to’siqlar ora 80 m Yugurishda va yadro irg’itishda g’olib bo’ldi.

1948 yilda respublikaning 40 rekordi yangilanadi. Sobiq SSSR terma jamoasiga kirgan YU. Finke, S. Popov, YU. SHolomiskiy, B. Gerasimchuk singari yosh mohir yengilatletikachilar paydo bo’ldi.

1950-1951 yillarda B. Gerasimchuk (uch hatlab) va YU. Fenke (balandlik) mamlakat musoboqalari sovrindorlari bo’lishdi. O’rish qatnashchisi N. Borisov esa 1950 yil sobiq SSSRchempianati sovrindori bo’ldi. Birinchi olimpiya o’yinlariga qatnashgan O’zbekistonlik yengil atletikachi S. Popov110 m to’siqlar ora yugurish bo’yicha 1951-1954 yillar mobaynida sobiq SSSRchempeanatining turt marta sovrindori bo’ladi. 1952 yili sobiq SSSR sport ustasi Sergey Popov 110, 200 va 400 metrga to’siqlar bilan Yugish bo’yicha respublika rekordini o’rnatish.

1949 yilda mutahasislarning soni juda ham oz bo’lgan. 1950 yilga kelib O’zbekistonda oily ma’lumotga ega bo’lgan malakali mutahasislarni tayyorlash masalasi ko’tarildi. 1952 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti qoshida, so’ng 1954-yilda Farg’ona davlat pedagogika inistituti qoshida jismoniy tarbiya inistituti qoshida jismoniy tarbiya fakultetlari ochildi. Biroz vaqt o’tgach, bunday fakultetlar bir necha viloyat pedagogika instutlari qoshida ham ishga tushdi.

Toshkentda jismoniy tarbiya va sport texnikumi negizida 1955-yili O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya insitut tashkil topdi. Dastlabki yillarda yengil atletikachi mutaxasislarni tayyorlashda Toshkentga P. F. Lesgaft nomidagi Lenin va Qizil bayroq ordenli Lelingrad jismoniy tarbiya insitut katta yordam ko’rsatadi. Yordam ishida Maskovadagi Lenin ordenli Davlat Markaziy jismoniy tarbiya insitutning ham ko’magi bo’ldi.

Langar cho’p bilan sakrashda Igor Chuvilin turtinchi o’rinni egalladi. Bu spartakiyada uning ilgargi ishtirok etgan turt sobiq SSSR xalqlari spartakiadalaridan eng muoffaqiyatlisi bo’lgan edi. I. CHuvilin O’rta Osiyo va

Qozog’iston sportchilarining yettinchi uchrashuvlari g’olibi, langar cho’p bilan sakrash bo’yicha respublikaning bir necha bor rekordchisi va g’olibi bo’lgan edi.

1960-yilda “O’zbekiston SSRda xizmat ko’rsatgan ustoz” sharafli unvoni joriy qilinadi.

Murabbiylarning mashaqqatli mehnatlari mevasi sifatida O’zbekiston terma jamoasi tarkibi E. Machula, O. Levolenko, Yu. Xmelkov, G. Nekrashevich, G. Podlazov, E. Andiriz, E. skorin, G. Ko’tyanin, G.

Skalazubova (Vikova), A. Bulanov, N. Qilimov, V. Chekmarev, V.

Nekrasovskiy, V. Kachetkov, V. Kolmokov, V. Tiyapukin, R. Vabich, (Denisheva), A. Yusupova, N. Skorikova, G. Mayboroda, A. Normurodov singari qobilyatli atletikachilar bilan boyidi.

1963-yili Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuvda respublika vakili German Kutyanin balandlikka sakrash sektorida o’zining ilgargi respublika rekordini yaxshilashga muaffaq bo’ldi. Keyingi yillarda G. Ko’tyanin O’zbekiston rekordini olti marotaba yangilab, uni 2 metr 11 smga ko’tardi. 1969 yil u rigada bo’lib o’tgan qishg quoqda 2 m 15 smda sakrab, XTSU unvaniga sazovor bo’lgan.

1967 yilgi O’zbekiston Spartakadasida yengil atlatikachilarga katta yutuqlar olib keldi.

O’zbekistonning yosh sprinterlari 1967 yili uch marta butun ittifoq rekordini o’rnatdi. Murabbiy V. A. SHapochnik tayyorlagan Dimitriy Nedostupov, Gennadiy YAkobson, Vladimir Zdabnov, Segey Petrovdan iborat kichik yoshdagilar 4x100 m masofaga estafeda tayoqchasini 43, 6 so’ng43, 3sek da olib o’tadi. Aynan shu guruh 15-16 yoshdagi yoshlar guruhi o’rtasidagi 4x200 mga yugurish bo’yicha masofani 1, 33, 1 sek da o’tib ittifoq rekordini yangilaydilar.

Sport zahiralari bilan ilashda “Eng yaxshi, yosh yengil atletikachi’’va “eng yaxshi mo’rabbiy”shiori ostida respubika tanlovlarini o’tkazilishi-eng yaxshi USM uchun ko’rash O’zbekiston yengil atletika murabbiylari faoliyatini faollashtirishga, ular faoliyati ustidan nazorat o’rnatishga imkon yaratadi. Bu vaqtda respublika jamoatchiligining ishi jonlanib, jamolarni ilmiy-uslubiy qo’lanmalar bilan ta’minlash ishi yaxshilandi.

1973 yili Moskovada bo’lib o’tgan 1 Butunittifoq yoshlar o’yinida O’zbekison yengil atletikachilari terma jamoasi sakkizinchi o’rinni olishdi. Sovrinli o’yinlarni 200 metrga yugurish bo’yicha Vladimir Zdobnov, nayza otish bo’yicha LYudmila Dolgova ikkinchi o’rinniolish sharafiga muyassar bo’lishdi. 4x100 m ga chopish estafetasida Yuriy Usikov, Yuriy Mavshev, Nikolay Noganev va Vladimir Zdanov bronza medalini olishdi. Sovrindorlardan tashqari jamoa yutug’iga to’siqlar osha yugirish bo’yicha 4-o’rinni egallagan Tatyana Perepsikna salmoqli ulush qo’shdi. SHuningdek, Yevgeniy Yakimenko (uch xatlab 5-o’rin), Aleksandr Vershteyn (100 m to’siqlar ora 6-o’rin), Genatsiy Ribkin (nayza 7-o’rin) yaxshi natijalarga erishishdi.

1985 yil avgustda Moskovada bo’lib o’tgan Evropa kubigiga O’zbekiston terma jamoa tarkibiga o’zining uch vakili -Z. Varbashina, Z. Zaytsev, S. Usovlarni berdi. Ular kubokda sovrindorlar qatorida bo’lishdi.

BMT ning bosh assambleyasida 1986 yil xalqaro tinchlik yili deb elon qilindi. Bu ham xalqaro xavsizlik kurashining kuchayganligini va xalqoro xamkorlik borasida raqiblashuv jarayoni yanada faollashganini bildirar edi. Moskovada xayrihohlik o’yinlarining o’tkazilishi tinchlik uchun kurashda yorqin aktsiyalardan bo’ldi.

Xayrihohlik o’yinlarida o’zbek sportchilaridan to’qqiz nafarining ishtirok etishi -musobaqaning “sportdagi yer kurrasidagi tinchlikka” shiorini bajarishda o’z chiqishlari bilan ulush qo’shgan edilar.

10000 metrli masofani o’tishda issiq va namlik sportchilarga katta qiyinchiliklar tug’dirdi. 53 spotchidan 38 nafarigina masofani o’tishga muvaffaq bo’ldi. Ular orasida sportcha yurush bo’yicha respublika vakillari (49. 40. 49) natijani qo’lga kiritgan. Z. Mustafaeva va (50. 21. 37) natijaga erishgan. R. Shayxutdinovalar bor edi.

Langar cho’p bilan sakrash bo’yicha musobaqalar 6, 01 metr marrani egallagan Sergey Vubkaning jahon rekordini ko’lga kiritishi bilan yakunlandi. 5 metr 80 sm sakragan Radion Gao’tulin ikkinchi o’rinni egallaydi.

Marofon masofasini o’tish startga ayollarning 47 nafari qatnashadi, finishga sakkizinchi bo’lib Yangiyerlik sportchi Shodiya Usmonova keldi, (uning ko’rsatkichi-2;37, 43, 0 sek ).

1987 yili o’tkan mamlakat rasmiy chimpionatlari va birinchilik musobaqalarda 10 ta birinchi, 8 ta ikkinchi, 7 ta uchunchi, jami 25 sovrinli o’rinlarni.

1987 yilgi mavsumda jahonning 25 eng yaxshi yengil atletlari qatorida R. Gao’tulin (langar cho’p 3-o’rin), V. Ishutin(langar cho’p 24-o’rin), Usov(110 metrli masofaga yugurish 9-o’rin) dek o’zbek yengil atletiklari bo’lgan.

Kattalar guruhi bo’yicha 1987 yil jahonning eng yaxshi 25 yengil atletiklari ro’yhatiga 17 nafar sportchi kiritilib, ularning 12 nafarini erkaklar, 5 nafarini ayollar tashkil qilgan. Yoshlar guruhini 1968 yilda tug’ulgan 6 nafar yigit va 8 nafar qizlar, jami 14 ta yoshlar tashkil qilgan. 1970 yili tug’ilgan va undan kichik yigit va 7 qiz, jami 9 nafardan iborat o’smirlar guruhi tashkil topdi.

O’zbekiston yengil atletlari 80-yillar ohiriga kelib Vatan yengil atletikasining 100 yilligini munosib ko’tish, shuningdek, 88-yilgi olimpiadaga yo’llanma olish uchu qizg’in tayyorgarlik ishlarini olib borishdi. Bunday qutlug’ sanani nishonlash uchun o’zbek yengil atletikachilarining 1923 yildan 1987 yilga qadar bo’lgan vaqt oralig’ida xalqaro.

Xulosa

Yengil atletika mashqlarining kelib chikishi tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Odamlar yugurish, sakrash va uloqtirishni, tabiiy zarur xarakat sifatida kadim zamonlardan beri mexnatda va kundalik xayotda qo'llab kelganlari ma’lum. Ammo ularning jismoniy tarbiya vositasi sifatida va sportning bir turi sifatida rasm bo'lganiga qadar ko'p yillar o'tdi. Ibtidoiy jamoa tuzimi davrida yengil atletika mashiklari odamlarning mexnat faoliyati bilan chambarchas bog'lik edi. Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga o'ta boshlashiga yaqin jismoniy tarbiyada ma’lum darajada mustaqil bo'lla boshladi.

Yugurish, sakrash va uloqtirish qadimiy Gretsiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori, ular quldorlarning xarbiy-jismoniy tayyorgarligida katta o'rin egalladi va kabilalar xamda umumgrek diniy bayramlarining muxim qismini tashkil etadigan bo'ldi. Bunday tantanalarning eng axamiyatlisi Olimpiya o'yinlari xisoblanadi.

Feodal jamiyatida, ayniqsa ilk o'rta asrlar davrida jismoniy mashqlar xalq ommasiga rasm bo'lgan edi. Rivoyatlar qissalar va boshqa madaniyat yodgorliklari o'yin kulgularida o'ziga xos jismoniy mashqlar kop bo'lganidan dalolat beradi. Kop manbalarda xalk turmushida tez yugurish, Yugurib kelib uzunlikka sakrash va tosh uloqtirishdan iborat uchkurash mavjud bo'lgani ko'rsatiladi.

SHavkatsiz ekspluatatsiya, bo sh vaqt va keraklicha moddiy sharoit bo'lmaganligi xalq jismoniy mashqlarining taraqqiyot darajasiga ta’sir ko'rsatadi. SHu sababdan feodalizim davrida xama vaqt xalq jismoniy mashqlari an’anaviy o'yin kulgilar xarakterida bulib, faqat bayram kunlarida o'tkazilar edi.

SHaxar axolisi va feodallarning xarbiy jismoniy tayyorgarligida esa yuugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari kata o'rin tutar edi.

Adabiuotlar



  1. Andris. E. Qudratov.R Yengil atletika Toshkent 1998 yil.

  2. Normuradov.A Yengil atletika Toshkent 2002 yil.

  3. Niyozov.I Yengil atletika Fargona 2005 yil.

  4. Matviv.L.P Teoriya i metodiqa fizichesqoy qultura. M 1991 yil.

  5. Abdullaev.A Xonkeldiev.SH «Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodiqasi» Toshkent 2005 yil.

  6. F.A.Qerimov sport soxasidagi ilmiy tadqiqotlar. Toshkent zarqalam 2004 yil.

Yüklə 25,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin