Referat mavzulari ro’yxati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

 
 
 
 
 
 
 
 
Rasm-4.2. To‘ldiruvchilar qo‘llanilgan holdagi beton mustahkamligini 
uning qorishmasini tashkil etuvchilari mustahkamligiga bog‘liqligi: 
1- yuqorimustaxkamlikda (granit); 2- o‘rtacha mustahkamlikda; 3- past 
mustahkamlikda (keramzitli chaqiq tosh;R

–betonnning mustahkamligi; R
r
-
qorishmaning mustahkamligi. 
Engil to‘ldiruvchining mustahkamligini avval aytilgan tajribadagi kabi 
150 mm li po‘lat silindrda bosim berish yo‘li bilan aniqlanadi. Biroq, qattik 
jinslardan olingan chaqiq toshdan farqli ravishda engil beton uchun balandligi 
100 mm bo‘lgan bir qism materialni siqish jarayonida porshenning 20 mm ga 
cho‘kishi orqali nisbiy mustahkamlik aniqlanadi. Keramzitning nisbiy 


163 
mustahkamligi 3 – 5, agroporitniki esa 20 – 30 marta tabiiy material 
mustahkamligidan kam. 
To‘ldiruvchining mustahkamligi donalar yirikligiga ham bog‘liq. Tog‘ 
jinslarini nurashi yoki maydalash jarayonida buzilish material strukturasining 
zaif joylarida yuzaga keladi va o‘lchamlarning kichiklashishi bilan donalardagi 
zaif joylar kamayadi, ayni paytda mustahkamlik orta boradi. Tabiiy qumlar 
odatda siqilish va cho‘zilishga qorishma yoki betondagi sement toshiga nisbatan 
yuqoriroq mustahkamlikka ega bo‘ladilar. SHu sababli oddiy qumlarga maxsus 
talablar qo‘yilmaydi. Engil qumning mustahkamligi esa engil yirik to‘ldiruvchi 
kabi beton markasiga va to‘ldiruvchining ko‘rinishiga mos holda tayinlanadi.
SHag‘al va chaqiq toshning sovuqqa chidamliligi uning tuzilishiga 
bog‘liq. Sovuqqa chidamlilikni davriy o‘zgaruvchan muzlatish va suvda eritish 
yo‘li bilan yoki natriy sulfat eritmada sinash bilan aniqlanadi (tezlashtirilgan 
usul). SHag‘al va chaqiq toshning sovuqqa chidamliligi ularning tashqi 
atmosfera sharoitlaridan himoyalanmagan konstruksiyalarda qo‘llash uchun 
me’yorlashtiriladi. Bu hollarda yirik to‘ldiruvchining sovuqqa chidamliligi 
betonni loyihada talab etilgan sovuqqa chidamlilik markasini ta’minlashi kerak. 
CHaqiq toshning sovuqqa chidamliligi S
ov
15 dan S
ov
300 gacha o‘zgaradi 
va jinsning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. To‘ldiruvchining g‘ovakliligi va 
suvshimuvchanligi ortishi bilan uning sovuqqa chidamlilik xususiyati kamayadi.
Betonning mustahkamligi va tejamliligiga to‘ldiruvchining tozaligi katta 
ta’sir ko‘rsatadi. CHangsimon va xususan loysimon aralashmalar donalar 
yuzasida sement toshi bilan bog‘lanishiga mone’lik qiluvchi qobiq hosil qiladi. 
Natijada betonning mustahkamligi sezilarli darajada pasayib ketadi (ba’zan 30-
40 % ga). SHu sababli to‘ldiruvchilar xususidagi me’yoriy xujjatlarda ularda 
ifloslantiruvchi qo‘shimchalarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy 
miqdorlari ko‘rsatilgan. Otqindi tog‘ jinslaridan olingan chaqiq toshdagi
aralashmalar suv bilan tozalash usulida aniqlanadi va M300 markali beton 
uchun bu miqdar 1%ni, yanada pastroq markali (mustahkamligi past) betonlar 
uchun esa 2% miqdorida bo‘lishiga ruxsat etiladi. CHo‘kindi jinslardan olingan
chaqiq toshlarda aralashmalarning umumiy miqdori 2 va 3% oshmasligi kerak. 
SHag‘alda ifloslantiruvchi aralashmalarning miqdori 1% dan ko‘p bo‘lmasligi, 
tabiiy qumda esa 3 % dan oshmasligi kerak. Qumda shuningdek organik zararli 
moddalarning miqdori ham chegaralanadi va ular maxsus sinovlar o‘tkazish 
bilan nazorat qilinadi (kolorimetrik tekshiruv). 


164 
Iflos va sifatsiz to‘ldiruvchining betonga ta’sirini sement sarfini oshirish 
bilan nazorat qilish mumkin emas. 
Beton uchun to‘ldiruvchini tanlashda odatda uning beton qorishmasi 
xususiyatlariga va betonga umumiy ta’sirini inobatga olishga to‘g‘ri keladi. 
Betonda shag‘al yoki chaqiq toshni maksimal imkoniyat darajasidagi yiriklikda 
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lib, bu holda to‘ldiruvchi eng kam solishtirma 
yuzaga ega bo‘lgani uchun konstruksiyani betonlash shartlari bajariladi. Talab 
darajasidagi beton qorishmasini quyish va zichlashtirish maqsadida 
konstruksiyaning minimal o‘lchamlaridan shag‘al yoki chaqiq tosh ¼ 
barobardan yirik bo‘lishi mumkin emas va bu o‘z navbatida temir -beton 
konstruksiyasida armatura sterjenlari orasidagi minimal o‘lchamlardan
kichikroq bo‘lishi talab etiladi. Plitalar, pollar va yopmalarni betonlashda 
shag‘al yoki chaqiq toshning maksimal yirikligi plita qalinligiga nisbatan ½
nisbatida bo‘lishi kerak.
Yirik to‘ldiruvchining bo‘shligini kamaytirish maqsadida, agarda 
chegaraviy mumkin bo‘lgan yiriklik imkoniyati mavjud hollarda bir necha 
fraksiyalardan iborat qorishmalardan foydalaniladi va bo‘shliqlikning minimal 
darajada bo‘lishi uchun ular orasidagi o‘zaro ma’qul nisbat tanlanadi.
YUqori mustahkamlikdagi betonlar uchun mustahkam chaqiq toshdan 
foydalaniladi. Bunday chaqiq tosh sement toshi bilan ishonchli bog‘lanadi. 
SHag‘al silliq yuzaga ega va shuning uchun u yanada harakatchanroq beton 
qorishmasini beradi. Biroq, u sement toshi bilan sust bog‘lanadi. SHuning 
uchun shag‘alni past markali betonlarda qo‘llaniladi. Bundan tashqari shag‘al 
loysimon va boshqa aralashmalar bilan ifloslangan bo‘ladi va natijada uni 
yuvish talab etiladi.
Beton uchun yirik donali qumdan foydalanish yaxshi natija beradi. Biroq,
qum tarkibida yirik zarralarning uchrashi bo‘shliqlikni oshishiga sabab bo‘lishi 
mumkin (40 % gacha) va bu bo‘shliqlarni sement hamiri bilan to‘ldirishga 
to‘g‘ri keladi. Buning natijasida sement sarfi va betonning tannarxi ko‘payib 
ketadi. SHuning uchun eng yaxshi natijalarni tarkibida o‘zaro optimal 
nisbatdagi yirik, o‘rtacha va mayda zarralari bo‘lgan qum beradi va bunday 
nisbatdagi qum minimal bo‘shliqni ta’minlaydi. Sifati yuqori bo‘lgan qumda
bo‘shlilik 38% dan oshmasligi kerak. Optimal donadorlik tarkibda bu 
ko‘rsatkich 30 % gacha kamayadi.


165 
Agar beton yoki qorishmada qum donalari orasidagi bo‘shliqlarni faqat 
sement hamiri bilan to‘ldirilsa, kam harakatlanuvchan, quyilishi og‘ir 
kechadigan bikir qorishma yuzaga keladi.
Qum donalarini bir biridan ajratish va ularni sement qobig‘i bilan o‘rab 
olish zarur va bu qobiq qorishma yoqi beton qorishmasining harakatchanligini 
ta’minlaydi. Qum qanchalik yirik bo‘lsa donalar solishtirma yuzasi kamayib, 
qobiq hosil qilish uchun ketadigan sement sarfi iqtisod qilinadi. Biroq, yuqorida 
ta’kidlanganidek faqat yirik donalardan iborat bo‘lgan qum katta miqdordagi 
bo‘shliqlarga ega bo‘lib uni qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Beton tayyorlash uchun tarkibida mayda va o‘rtacha yiriklikdagi zarralari 
bo‘lgan yirik qum tanlanishi tavsiya etiladi. Bunday aralash holdagi donalarda 
bo‘shliqlar kamayib, donalar yuzasi katta bo‘lmaydi. Bunday ijobiy qum tarkibi 
O‘zRST tavsiyasiga mos tushadi.
Notekis yuzaga ega bo‘lgan qumdan foydalanish maqsadga muvofiq 
bo‘lib, bunday qum sement toshi bilan yaxshi bog‘lanadi va betonning 
mustahkamligini oshishiga olib keladi. Qumni yuvish jarayoni murakkab va 
qimmat bo‘lganligi sababli olinayotgan qum imkon darajasida toza bo‘lishi 
tavsiya etiladi. Odatda daryo qumi afzal deb bilinadi. 
Qumning zichligi uning xaqiqiy zichligiga, bo‘shliqligiga va namligiga 
bog‘liq bo‘lib, quruq va sochiluvchan holatda aniqlanadi. Suvga to‘yingan 
holda muzlash ehtimoli bo‘lgan konstruksiyalardagi betonlar yoki M200 va 
undan ortiq markadagi betonlar uchun tayinlangan qum 1550 kg/m
3
zichlikka 
ega bo‘lishi kerak. Boshqa hollarda - 1400 kg/m
3
dan kam bo‘lmasligi talab 
etiladi. Siltash jarayonida qum zichlashib uning zichligi 1600-1700 kg/m

ga 
etishi mumkin. Eng katta hajmni 5-7 % namlanganlik holatidagi qum egallaydi; 
namlikning ortishi yoki kamayishi bilan qumning hajmi kamayadi (rasm-6.3). 
Bu xususiyatni qumni qabul qilish va miqdorlash jarayonida (hajm bo‘yicha), 
shuningdek beton tayyorlashda inobatga olish kerak.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin