Referat oliy ta’limdan keyingi ta’lim Reja: 1 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim



Yüklə 48,91 Kb.
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü48,91 Kb.
#178300
növüReferat
1   2   3   4   5
oliy ta\'limdan kiyingi ta\'lim

Prezident Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ariza;

  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;

  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

  • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

  • tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;

  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

  • ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;

  • fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

  • ish joyidan tavsifnoma.

Tibbiyot fanlari bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilishda talabgordan klinik ordinatura (magistraturani) yoki ilmiy darajani olganidan so‘ng ilmiy, ilmiy-pedagogik yoki amaliy ish stajiga ega bo‘lishi talab etilishi mumkin.
Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.
Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.
Kirish imtihonlari savollari OTM yoki ITMning qabul komissiyasi tomonidan mutaxassislikning mohiyatidan kelib chiqib tuziladi va kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.
Doktorantura mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar kollegial organ tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat har yili 1 — 25-noyabrь davrida o‘tkaziladi.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har yili 30 noyabrgacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi.
Bir necha talabgorlarning tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kirish imtihonlari yoki suhbat natijalari bo‘yicha ular tomonidan to‘plagan yakuniy ballari teng bo‘lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi:

Yüklə 48,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin