O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK” FAKULTETI
“BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK ISHI” KAFEDRASI
“Moliya va Moliyaviy texnalogiyalar” yo’nalishi 4-bosqich MM 81-2guruh talabasi O’ngarov Abrorjon tomonidan “Byudjet hisobi” fanidan Byudjet tashkilotlarida tovar (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hisobi mavzusida tayyorlangan
REFERAT
O’qituvchi:Achilov.U
Talaba:O’ngarov Abrorjon
Byudjet tashkilotlarida tovar (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hisobi Reja:
1. Byudjet tashkilotlarida mahsulot (ish va xizmat) lar hisobining mazmuni, baholanishi va uning vazifalari
2. Byudjet tashkilotlarida mahsulotni yuklab jo’natish va sotish jarayonini hujjatlarda rasmiylashtirish
3.Тayyor mahsulotlarni yuklab jo’natish va sotishning analitik xamda sintetik hisobi
4 Sotish bilan bog’liq xarajatlar hisobi
Kirish Ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsuli bo’lib tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Тayyor mahsulotlar – bu mazkur korxonada qaytadan ishlashni talab qilmaydigan, standartlar va texnik shartlariga to’liq javob beradigan, texnik nazorat bo’limi (ТNB) yoki maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan va korxona omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul qilingan buyum va mahsulotlardir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bozor talabini o’rgangan holda tuzilgan shartnomalarga, assortiment, son va sifat reja topshiriqlariga binoan, doimo ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ko’paytirish, ularning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishga e’tibor berib mahsulot ishlab chiqaradilar.
Bozor munosabatlari sharoitida asosiy e’tibor mol yuborish – shartnomalari bo’yicha mol sotishga qaratiladi, chunki bu korxona faoliyatining maqsadga muvofiqligini, uning samaradorligini aniqlovchi iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. Korxonaning hisob – kitob schyotiga pul tushgan va tushmaganligidan qat’i nazar barcha yuklangan va jo’natilgan mahsulotlar sotish hajmiga qo’shilishi mumkin.