Referat o’qituvchi: Achilov. U talaba: O’ngarov Abrorjon


Sotish bilan bog’liq xarajatlar hisobi



Yüklə 67,87 Kb.
səhifə6/7
tarix27.09.2023
ölçüsü67,87 Kb.
#149490
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Byudjet hisobi

5. Sotish bilan bog’liq xarajatlar hisobi

Mahsulotlarni sotish bir qancha xarajatlarni keltirib chiqaradi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlardan farqli o’laroq mahsulotlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar sotish xarajatlari deyiladi. Sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:




  • mol yuboruvchi korxona hisobidan preyskurantlarga yoki shartnoma shartiga binoan qilingan idish va joylash (qadoqlash va o’rash), (o’rash qog’ozlari, taxtachalar, kanoplar) xarajatlari;


  • ulgurji baho franko – yuklab jo’natish bekati usulida (yuklash, yetkazib berish, tushirish) belgilangan hollarda mol yuboruvchi hisobidan mahsulot sotish bo’yicha qilinadigan transport xarajatlari;


  • korxonaning moliyaviy rejasida nazarda tutilgan mahsulot sotish bo’yicha boshqa xarajatlar.


Тayyor mahsulotlar omborga qabul qilingandan keyin qadoqlangan va o’ralgan hollarda, idish xarajatlari sotish xarajatlariga kiritiladi.


Agar qadoqlash sexlarda mahsulotlarni omborga topshirishga qadar bajarilgan bo’lsa, idishlar qiymati mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi. Nizom binoan bu xarajatlar 9410 «Sotish xarajatlari» schyotida hisobga olinadi2[30][32]. Bu schyot tranzit bo’lib aktiv schyotlarga mansub, oy boshiga unda qoldiq bo’lmaydi; debet aylanmasi mahsulotni jo’natish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni ko’rsatadi, kredit aylanmasi esa hisobot oyida foydani kamaytirishga o’tkazilgan summalarni ko’rsatadi. 9410- schyoti bo’yicha ochilgan schyotlarning analitik hisobi debet va kredit oborotlari bo’yicha hisobot oyi va yil boshidan jamlanib keluvchi xarajat summalarini moddalari bo’yicha ko’rsatgan holda 15- qaydnomada yuritiladi Bu, o’z navbatida, mahsulot sotish xarajatlarini tahlil qilish va hisobot tuzishni osonlashtiradi. Bu schyotlarning debet oborot summalari 1, 2, 7, 10/1- jurnal – orderlarda aks ettiriladi, kredit oborot summalari esa – 11- jurnal – orderda. Noishlab chiqarish xarajatlar har oyda to’liq summada quyidagi yozuv bilan moliyaviy natijalarga o’tkaziladi: Dt 9910 «Yakuniy moliyaviy natija», Kt 9410- «Sotish xarajatlari» schyoti.
Quyida sotish xarajatlarini schyotlarda aks ettirish chizmasini keltiramiz.
9410 «Sotish xarajatlari» schyoti






K-t

Korrespondentlanuvchi schyotlar

Schyotlarning krediti


Schyotlarning debeti



1010 –
4200 –


6010 –
6710 –
8910 –
6520 -

Yuklab jo’natilgan mahsulotni qadoqlash va o’rash uchun sarflangan materiallar qiymati


Mahsulotni yuklab jo’natish bo’yicha hisobdor shaxslar tomonidan to’langan summa
Yuklab jo’natilgan mahsulotni tashish qiymati
Yuklash va tushirish bo’yicha ishchilarga hisoblangan ish haqi
Yuklovchilarning ish haqlariga hisoblangan ta’til haqi zaxirai
Yuklovchilarning ish haqlaridan ijtimoiy sug’urta organlariga hisoblash

Oy oxirida sotish xarajat-larini hisobdan chiqarish


-9910



Xulosa


Тayyor mahsulotlar – bu mazkur korxonada qaytadan ishlashni talab qilmaydigan, standartlar va texnik shartlariga to’liq javob beradigan, texnik nazorat bo’limi yoki maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan hamda korxona omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul qilingan mahsulotlardir.
Buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish subyektlarda mahsulotlarni bir me’yorda ishlab chiqarish, xaridorlarga mahsulot jo’natish yuzasidan shartnoma majburiyatlarini ta’minlash, mahsulotni sotish bo’yicha o’zaro hisob – kitob to’lovlarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlashga zamin yaratadi.



Yüklə 67,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin