-12-
3. Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining tarixiy taqdiri
XVIII asrning oxirida merkantilizm iqtisodiy ta'limot yo'nalishi sifatida tarix sahnasidan tushdi. Sanoat inqilobi (to'ntarishi) sharoitida bu ta'limot va unga asoslangan siyosat hayot talabiga javob bermay qo'ydi. Xo'sh, bu ta'limot nega tarix sinovidan o'ta olmadi, uning «bo'sh joylari» nimalardan iborat?
Bu ta'limotning xatolarini klassik maktab vakillari, hatto ayrim merkantilistlar ham tan olgan. A.Smitning fikricha, bu «bizning savdogar va sanoatchilar tomonidan sotqin parlamentga o'tkazilgan proteksionistik anglashilmovchilikning qorishmasidan iborat va boylik bu pulga egalik bilan bog'liq eng oddiy tushunchadan iborat. Agar o'z boyligini oshiraman desa, har bir individ kabi davlat ham olayotganidan kam sarflashi kerak. Iste'mol etilganidan tashqari qaysi moddiy shaklda bo'ladi? Oddiyroq aytganda, daromad va buromadning farqi nimada ifodalanadi? Merkantilistlar uni mustahkam pul yoki oltin, zeb-ziynatlardan iborat deb bilganlar. Pul va kapital o'rtasida tenglik qo'yilishi xato edi. Shuningdek, savdo balansining aktiv saldosi bilan yillik foydaning iste'moldan ortiqchasi ham tenglashtirilgan. A.Smit va uning izdoshlari bu ta'limotning xatolarini shunday izohlaydilar.
O'sha davrdagi (va hozirgi) olimlarning fikricha, mamlakat boyligi oltin va kumush zahiralaridangina iborat bo'lmay, er, qurilish va boshqa ko'plab iste'mol mollaridan iboratdir. Masalan, V.Petti Angliyaning XVIII asr oxiridagi pul miqdoriga baho berib, bu pullar barcha mulkning 3 foizidan kamroq ekanligini isbotlab berdi.
Aktiv savdo balansi faqat vaqtincha samara beradi. 1630 yilda T.Manni o'zi ham mamlakatga qimmatbaho metallarning oqib kelishi ichki baholar ko'tarilishiga olib kelishini va «qimmatroq sotish, arzonroq olish» doktrinasi mamlakatning o'ziga qarshi ekanligini tushundi.
Taniqli ingliz iqtisodchi
Dostları ilə paylaş: |