Jon Lokk baholarning muomaladagi pulning miqdoriga ma'lum proporsiyada o'zgarishini aniq ko'rsatib berdi. Lekin import kapital ko'proq qo'llaniladigan xom ashyo va yarim fabrikatlardan, eksport va mehnat intensiv qo'llaniladigan oxirgi mahsulotdan bo'lishi umumiy qoida sifatida qabul qilingan, chunki mehnatning sof eksporti mamlakat ichida aholini ish bilan bandligini qo'llaydi va chet el manbalaridan foydani ko'paytiradi. Merkantilistlar o'zlarining yuqoridagi yaxshi ma'lum g'oyalariga harbiy va strategik sohani hamda hali mustahkam oyoqqa turmagan sanoatni himoya qilish kerakligini ham ko'shadilar.
Shunday qilib, klassik iqtisodiy maktab vakillari (V.Petti, P.Buagilber, A.Smit va boshqalar) merkantilizmni qattiq tanqid ostiga oldilar va bu hukm asrlar davomida saqlanib keldi. Merkantilizmning g'oyalarini amalda joriy qilish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tarixiy tajribasi misolida ibratlidir. Shuning uchun bu haqda to'laroq to'xtalamiz.
«Pul savdoni rag'batlantiradi» doktrinasini eng yuqori darajaga ko'targan qog'oz pul merkantilisti
Dostları ilə paylaş: |