U bilimni buyuk, uquvni ulug’ deb ta’riflaydi. CHunki zakovatli inson ulug’ bo’ladi, bilimli kishi buyuk bo’ladi, deb ilmli kishilarni asl toifadagi kishilarga qo’shadi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishini aytadi. O’sha davrdayoq olim “Bilim hatto osmon sari yo’l ochur” deb bashorat qiladi. Alisher Navoiy ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g’ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z sanatkoridir.1 Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o’z asarlarida komil inson siymosini gavdalantiradi. Komil insonning asosiy fazilatlaridan biri uning odobi ekanligini ta’kidlaydi. “Hayrat ul-abror” asarida ta’kidlashicha insonning hayoti jamiyatda odamlar orasida kechadi. Haqiqiy inson yurt tashvishi bilan, el g’ami bilan yashaydi: “Odamiy ersang demagil odami, Oniki yo’q xalq g’amidan g’ami”. Mazkur fikrlar shaxs ma’naviyatini boyitishga, vatanparvarlik hissini yanada oshirishga xizmat qiladi. Alisher Navoiy ilm o’rganishga intilishni inson kamolotini ta’minlash uchun xizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. Ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi omil sifatida ta’riflaydi. Asarlari mazmunida ilgari surilgan g’oyalar yordamida kishilarni ilmli va ma’rifatli bo’lishga undaydi. Barkamol avlodni tarbiyalash, o’zining ma’naviy – ma’rifiy, tashkiliy – uslubiy, ijtimoiy – iqtisodiy jihatlari bilan murakkab va mas’uliyatli jarayondir. Axloqan pok va yetuk insonlarni tarbiyalash masalasini muvaffaqiyatli hal etishda xalqimizning tarixiy an’analari, ma’naviy boyliklari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ilmiy me’roslari va tarixiy – tarbiyaviy tajribalarini o’rganib chiqish, ularning yutuqlarini hayotga, ta’lim – tarbiya ishlariga tadbiq etishning ahamiyati kattadir. Adabiyotlar: 1. KarimоvI.A. Yuksak ma’naviyat — еngilmas kuch. “Ma’naviyat” nashriyoti, T., 2008 y. 2.96 mumtoz faylasuf. T.,2007 y. 3. Xoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T., 2005 y.