Chang va changchiga allergiya simptomlari quyidagicha:
Burun bitishi;
Ko’z, burunda qichishish;
Rinit;
Ko’zlarning shishishi, yoshlanishi;
Yo’tal.
Terida, masalan ekzema quyidagicha namoyon bo’ladi:
Terining qipiqlanishi, quruqlashishi;
Qichishish;
Qizg’ish toshmalar toshishi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan reaktsiyada:
Qayt qilish;
Til, lab, yuz va tomoqning shishishi;
Og’izdagi achishish;
Oshqozon spazmi;
Nafas olishning buzilishi;
Rektal qon ketish (bolalar kamdan-kam hollarda);
Diareya;
Anafilaksiya (anafilaktik shok) — juda jiddiy, ko’pincha hayot uchun xavfli bo’lgan allergik reaktsiya.
Hasharotlar chaqishiga javoban:
Ovozning xirillashi;
Chaqilgan joyining shishishi;
Qon bosimining keskin pasayishi;
Teri qichishi;
Bosh aylanishi;
Yo’tal;
Nafas olish qiyinligi;
Tashvishlanish;
Anafilaksiya.
Dori vositalarga allergiya quyidagi belgilarga ega bo’lishi mumkin:
Ovozning xirillashi;
Til, yuz, lab shishishi;
Anafilaktik shok belgilari;
Terida toshmalar toshishi;
Qichish.
Anafilaktik shok Anafilaktik shok tezda boshlanadigan jiddiy allergik reaktsiya. Bu holat hayot uchun xavfli bo’lishi mumkin va shoshilinch tibbiy yordam kerak bo’ladigan holat sifatida qaralishi kerak.
Allergik reaktsiyaning bu turi allergen ta’siridan keyin bir necha daqiqadan o’tgach paydo bo’lishi mumkin bo’lgan bir nechta turli alomatlarni aks ettiradi. Agar allergen to’gridan-to’gri qonga ta’sir qilsa, allergik reaksiya odatda 5-30 daqiqa ichida sodir bo’ladi. Oziq-ovqatlar allergeniga bo’lgan reaktsiya ko’proq vaqt talab etadi.
Anafilaksiya — shoshilinch tibbiy yordam talab etiladigan holat.