Referat Texnologiya fanida texnika-xavfsizlik qoidalari va ularga amal qilish



Yüklə 19,62 Kb.
səhifə5/8
tarix03.03.2023
ölçüsü19,62 Kb.
#86350
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Referat Texnologiya fanida texnika-xavfsizlik qoidalari va ularg

Elektrotexnika ishlari bo`limi: o`quvchilar elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilish; elektr o`tkazish simlarining turlari; elektr o`tkazgichlarni montaj qilish, izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish; bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.

Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash bo`limi: o`quvchilar pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari, kichik ta`mirlash; oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ish usullari; yurtimiz me`morchiligi tarixi, xona interyeri hamda jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlari; xona va fanlar bo`yicha o`quv kabinetlarida mebel va qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari; ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; uy va xonadonlarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.


Yüklə 19,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin