Referat titul… sinusoidal e. Y. U. K. Ni hosil qilish. Sinusoidal o’zgaruvchan tokning asosiy tavsiflari



Yüklə 280,32 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü280,32 Kb.
#180176
növüReferat
  1   2   3   4
noila


REFERAT TITUL…

SINUSOIDAL E.Y.U.K.NI HOSIL QILISH. SINUSOIDAL O’ZGARUVCHAN TOKNING ASOSIY TAVSIFLARI.
REJA:

  1. O’zgaruvchan toklarning turlari haqida tushunchalar.

2. Sinusoidal o’zgaruvchan EYuK ni hosil qilish
3. Sinusoidal o’zgaruvchan kattaliklarni xarakterlovchi parametrlar
4. Sinusoidal o’zgaruvchan funkstiyaning ta’sir etuvchi va o’rtacha qiymatlari
5. Sinusoidal o’zgaruvchan kattaliklarni aylanuvchan vektorlar yordamida
ifodalash
O’zgaruvchan tok turlari
Yo’nalishi va qiymati davriy ravishda o’zgarib turadigan har qanday tok o’zgaruvchan tok deyiladi. O’zgaruvchan tok vaqt bo’yicha ma’lum qonun asosida o’zgaradi, ya’ni tokning qiymati vaqtning funkstiyasidir. Shuningdek, elektromagnit energiyasini bir turdan boshqa turga aylantirishning barcha fizikaviy jarayonlari hozirgi zamon elektrotexnikasi barcha sohalari (elektr mashinalar, radiotexnika, aloqa, elektroavtomatika, yarim o’tkazgichlar, hisoblash texnikasi va boshqalar)ning asosini tashkil etadi. Ayrim elektr qurilmalarda esa qiymati davriy ravishda o’zgaruvchi toklar ishlatiladi. Bunday toklar pulsastiyalanuvchi toklar deyiladi (3.1-rasm, a-v).
Umuman o’zgaruvchan tokni shartli ravishda uchta turga bo’lish mumkin:

  1. qiymati o’zgaruvchan, ammo yo’nalishi o’zgarmas tok (3.1.-rasm, a-v);

2) qiymati va yo’nalishi o’zgaruvchan tok (3.1-rasm, g-e);
3) davriy o’zgaruvchan tok (3.1-rasm, v-e).

3.1-расм

Sanoatda va turmushda foydalaniladigan o’zgaruvchan tok sinusoidal qonun bo’yicha o’zgaruvchan tokdir (3.1-rasm, e). Bu tokni yuqori kuchlanish bilan uzoq masofalarga uzatish hamda o’zgaruvchan tokda ishlovchi mashina va apparatlar (transformatorlar, asinxron va sinxron dvigatellarni ishga tushirishda ishlatish mumkin. Sinusoidal qonun bo’yicha o’zgaradigan EYuK, kuchlanish va toklar sinusoidal o’zgaruvchan kattaliklar hisoblanadi.


Sinusoidal o’zgaruvchan kattaliklar bo’lmish EYuK, kuchlanish, tok va quvvatlarning ixtiyoriy vaqt lahzasidagi qiymatlari oniy qiymatlar deyilib, e, u, i, p harflari bilan belgilanadi. Shu oniy qiymatlarning davr ichidagi eng kattasi maksimal yoki amplituda qiymatlar deyilib, Em, Um, Im, Pm harflari bilan belgilanadi (3.1-rasm, e).
Sinusoidal o’zgaruvchan kattaliklarning ta’sir etuvchi (effektiv) va o’rtacha qiymatlari (batafsil keyinroq ko’rib chiqiladi) tegishlicha E, U, I, P va Eo’r, Io’r, Po’r harflari bilan belgilanadi.



Yüklə 280,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin