O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI I QTISODIYOT FAKULTETI SIRTQI TA’LIM
“IQTISODIYOT(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)”
ta’lim yo’nalishi 4-kurs (o’zbek) talabasi
Jo'rabekov Bekzodjon Moliya va soliqlar fanidan
REFERAT
Toshkent-2022
Mavzu: Naqd pulsiz mablag‘larning berilishi hisobi. Hisobdor shaxslar avans hisoboti tajribasi Kirish Reja: Naqd pulsiz mablag‘larning berilishi hisobi. Hisobdor shaxslar avans hisoboti tajribasi Xulosa Foydalanilgan adabiyodlar
KIRISH Iqtisodiyotda bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqdsiz pul aylanishi tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob kitoblarning keng ishlatilishiga ko’p tarmog’li bank tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o’rganish va uni tartibga solish nu.tai-nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining ko’payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo’ladi.
Iqtisodiyotda naqd pulsiz xisob-kitoblar ma‘lum tizim asosida olib boriladi. Naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimi o’z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish oldida qo’yilgan talablarni oladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir necha shakllarda olib boriladi va bu shakllar vaqt o’tishi bilan o’zgarib borishi mumkin. hozirgi kunda respublikada naqd pulsiz hisob-kitoblar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan va halqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda tashkil etiladi. Hisob-kitob shakllari deyilganda huquqiy me‘yorlarda ko’zda tutilgan, pul mablag’larining maqsulot etkazib beruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlarning hisobvarag’iga yozish usuli, hisob-kitob hujjatining turi va hujjatlar aylanishi tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi.