Muntazam ravishda, ba'zan kundalik, naqd pul mablag'larini sarflash jurnalidagi chiziqli yozuvlar, buxgalteriya operatsiyalarining muayyan turlarini qayd etish uchun yaratilgan yordamchi kitoblarni yangilash uchun ishlatiladi. Aksariyat naqd pul to'lovlari etkazib beruvchilar uchun kredit sotib olishlari bo'lsa, u holda yangilangan filial naqd pul hisobvarag'i hisoblanadi.
ad
Bosh kitob hisoblari oylik pul mablag'lari hisoboti jamg'armasi hisobidan yangilanadi. Agar biznes umumiy hisob kitoblarini qo'llab-quvvatlash uchun qo'shimcha nazorat hisob-kitoblarini ishlatsa, bu yozuvlar ikki tomonlama hisob-kitob tizimining bir qismidir.
Chegirmalar yuborish
Naqd pul mablag'larini sarflash jurnalida chegirma qabul qilingan ustunlar mavjud bo'lsa, unda imtiyozlarga ega bo'lgan etkazib beruvchilar uchun naqd pul to'lashlari mumkin, ehtimol, ularni muddatidan ilgari to'lash uchun. Shunday qilib, hisob-faktura summasi, olingan chegirma va naqd pul bilan birga qayd etiladi. Faqat umumiy ustunga ustunlar olingan chegirmalar beriladi.
Buxgalterlik hisobi va buxgalteriya hisobi buxgalteriya davrining oxirida ikkita protseduradan foydalanishi mumkin, chunki naqd pul mablag'larini taqsimlash jurnalida ma'lumot to'g'ri yo'naltiriladigan nashrlarga to'g'ri keltirilganligini isbotlaydi.
Barcha yordamchi hisob kitoblarning umumiy miqdori (agar ko'pincha to'lovlar etkazib beruvchilarga tegishli bo'lsa, biz hisobvaraq to'lovchisida etkazib beruvchining hisobvaraqidagi qoldiqlarini nazarda tutamiz) umumiy hisob kitobidagi yordamchi hisob qaydnomasi hisobidagi balansga teng bo'lishi kerak.
Bosh daftar balansda bo'lishi kerak, ya'ni umumiy nizomdagi jami debetlar jami kreditlarga teng bo'lishi kerak.
Naqd pulsiz pul aylanishi — banklarda pul mablag‘larini to‘lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar yordamida yoki o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir. Shunday qilib, naqd pulsiz pul aylanishi bevosita pul belgisining bo‘lmasligini nazarda tutadi va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishga, mos ravishda, naqd pulsiz aylanishni shakl- lantirishga imkon beradigan rivojlangan bank tizimi amal qilmay turib bunga erishib boimaydi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati iqtisodiyotda naqd pulsiz pul aylanishi amal qilishining zaruriy sharti hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tamoyillari: 1) ular mijozlarga mablag‘larni saqlash va o‘tkazish uchun ochiladigan bank hisobvaraqlari bo'yicha amalga oshiriladi; 2) hisobvaraqlardan to'lovlar banklar tomonidan hisobvaraqlar egalarining farmoyishi bo'yicha to‘lovlarning ular belgilagan navbatliligi tartibida va hisobvaraqdagi mablaglarning qoldig‘i doirasida amalga oshirilishi lozim; 3) banklar mijozlarning shartnomali munosabatlariga aralash- maydi; 4) toMovning shartnomalarda, Moliya vazirligi yo'riqnomalarida nazarda tutilgan muddatlar asosidagi muddatliligi; 5) toMovning ta’minlanganligi, to‘lovchida (yoki uning kafilida) pullarni oluvchi oididagi majburiyatlarni uzish uchun qoMlanilishi mumkin likvidli mablagMarning mavjudligi. Shunday qilib, naqd pulsiz aylanish toMovning ushbu tamoyillari va shartlarining bajarilishini nazarda tutadi. Iste’molchilar bilan sotuvchilar o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitobning amal qilishiga ehtiyojning oshib borayotganligini qayd qilish kerak. Bu tovar aylanishi jarayonida tobora ko'proq qoilanilayotgan naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining qulayligitii nisbatan xavfsizligi bilan bog‘liqdir. Yana shunga ham e’tiborni qaratish kerakki, naqd pulsiz aylanishning o'zida ham ayrim o'zgarishlar yuz berdi va hozirgi vaqtda u nafaqat bank mijozlarining hisobvaraqlari bo'yicha yozuvlardan, shu bilan birga bankning kompyuterdagi ma’lumotlar bazasida u yoki boshqa hisob- varaqdagi holatga tegishli yozuvlardan ham iborat. Bunday evolutsiya naqd pulsiz aylanish shakli sifatidagi elektron pul vositalarining keng qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Bunday holda pullar aynan malumotlar bazasidan iborat bolib, unga faqat texnik vositalar yordamida kirib olishi mumkin. Naqd pulsiz aylanish hozirgi vaqtda nafaqat korxonalar, shu bilan birga uy xo'jaliklari va davlatlarni ham qamrab olgan. Shunday qilib, avtish mumkinki, naqd pulsiz aylanish iqtisodiy munosabatlarning har qanday subyektining pul aylanishiga nisbatan yetakchi pozitsiyani egallaydi. Naqd pulsiz aylanishning to‘laroq faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun quyidagi shartlarga rioya etish zarur: 1) ushbu operatsiyaning legitimliligi xususidagi qonuniy kafolatlar- ning mavjudligi; 2) pul mablaglarini tez va xavfsiz o‘tkazishga zaruriyatning bolishi (ya’ni, tovar munosabatlarning yetarli rivojlanganligi); 3) rivojlangan bank tizimining mavjud bolishi (banklar filiallari, bolimlari va ular o'rtasidagi vakillik munosabatlarining mavjudligi); 4) xo'jalik subyektlarining o‘z qarorlarini erkin qabul qilishi imkoniyati.
Shunday qilib, naqd pulsiz pul aylanishi iqtisodiyotning muayyan rivojlanish darajasiga erishganligidan dalolat beradi va yanada ravnaq topish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Davlatning pul aylanishiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Pul aylanishi tuzilmasi turli belgilar bo‘yicha belgilanadi: 1) unda pullarning faoliyat yuritishi shakliga qarab. Ushbu belgiga qarab naqd pulsiz va naqd pullik pul aylanishini ajratish mumkin, chunki barcha pul belgilari u yoki boshqa shaklga ega bo'ladi; 2) ushbu pul aylanishi xizmat ko‘rsatadigan munosabatlar tusiga qarab. Bu yerda pul-hisob-kitob aylanishi, pul-kredit aylanishi, pul- moliya aylanishi ajratib ko‘rsatiladi; 3) pul mablag'larining harakati yuz beradigan subyektlarga qarab. Ushbu tasnif bo'yicha quyidagilar ajratib ko'rsatiladi: pul mablag‘larining yuridik shaxslar o‘rtasida banklararo, banklarda aylanishi, yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi aylanish va, nihoyat, pul mablag‘larining faqat jismoniy shaxslar o‘rtasidagi aylanishi. Shunga mos ravishda, iqtisodiyotda qo‘llaniladigan pul aylanishi hajmiga ta’sir qiladigan omillarning muayyan guruhini ham ajratish mumkin. Barcha omillarni siyosiy, iqtisodiy va texnik omillarga ajratish mumkin. Tabiiyki, pul aylanishi tuzilmasini shakllantirishning iqtisodiy omillari asosiy ahamiyatga va bevosita ta’sir kuchiga ega bo'ladi. Bunday omillarga iqtisodiyotda ishlatiladigan pullar turlari, pul muomalasi tezligi, tovar aylanishi miqdori va shu kabilar kiradi. Binobarin, mavjud pul aylanishi miqdorlarini vujudga keladigan ehtiyojlarga muvofiq o‘zgartirishga yoki pul aylanishining mavjud hajmlarini tovar aylanishining real ehtiyojlariga muvofiqlashtirishga faqat iqtisodiy uslublar vositasida pul aylanishi hajmiga ta’sir ko‘rsa- tadigan ushbu omillar orqali ta’sir qilish mumkin. Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag‘lari miqdoridagi o‘zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi. Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta’sir ko‘rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o'tkazish uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o‘zini amalga oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi. Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi texnik vosita- larning keng ommalashganligi aholi o‘rtasida ushbu to‘lov vosita- sining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag‘larining qo‘llanilishining oshishiga olib keladi. Naqd pulsiz pul mablag'lari qo‘llanilishi chastotasining ko‘payishi pul muomalasining umumiy tarkibida naqd pullaring kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining o'zgarishiga olib keladi.