AKKREDITIV HISOB-KİTOBNING AFZALLIKLARI: XORIJIY
TAJRIBA ASOSIDA
Hazratqulova Sevinchbeka Shodiyor qizi
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti
Xususiy huquq
fakulteti 3-guruh talabasi
khazartkulovasevinchbeka@gmail.com
Annotasiya.
Ushbu maqolada hisob-kitoblarning eng qulay va ishonchlisi
hisoblangan akkreditiv bo`yicha hisob-kitob qilishning o`ziga xos xususiylatlari,
ushbu usulda hisob-kitobning afzallik va kamchiliklari bayon etilgan. Ma`lumki,
respublikamizda faoliyat yuritayotgan banklarning rolini oshirish uchun hukumat
tomonidan bir qator
qonun hujjatlar tasdiqlanmoqda, jumladan, “O‘zbekiston
Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash
haqida” ( O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori,
13.04.2020 yilda ro`yixatdan o`tgan, ro`yixat raqmi 3229)gi qonuning o`zi bunga
yaqqol misol. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning har biri bank xizmatini chetlab
o’tib faoliyat ko’rsata olmaydi, ya’ni o’zaro hisob-kitoblarini amalga oshirishda
bank yordamisiz faoliyatini yakunlay olmaydi.
Shu sababli bankni faoliyatini,
uning erkinligini oshirish maqsadida hukumat tomonidan katta e’tibor berilmoqda.
Chunki bank tizimida o’tkazilayotgan islohotlar moliyaviy banklarning,
balki
butun iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga asos bo’ladi. Bank islohotlari
respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishiga asos bo’ladi.
Ayni davrida,
respublikamiz bank tizimi barqaror bo’lib, buni xalqaro reyting kompaniyalari
ham e’tirof etmoqda.
Kalit so‘zlar:
hisob-kitoblar, akkreditiv, shartnoma, SWIFT, to`lovga
qobilyat, nadq pul, naqdsiz pul.
Kirish.
Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida to‘lov
tizimi har bir mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim rol o'ynamoqda. Jumladan,
akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblar xalqaro doirada muhim ahamiyatga ega.
Akkreditiv to`lov shakliga to’xtalishdan oldin,
uni dastlab qayerda
foydalanganligiga to’xtalib o’tishimiz lozim. Akkreditiv to`lov shakli dastlab
Yevropada qo‘llanilgan bo’lib, Xalqaro Savdo Palatasi 1933
yilda Hujjatli
kreditlar bo'yicha birinchi yagona bojxona va amaliyotni