Referat tuzuvchi: sst yo`nalish 70/22 af gurux talabasi abduxoliqov abdujalil tekshirdi: soliyev. B



Yüklə 32,9 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü32,9 Kb.
#163659
növüReferat
  1   2
ABDUXOLIQOV ABDUJALIL STATISTIKA FANI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM VA INAVATSIYA VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INISITUTI
ANDIJON FAKULTETI

STATISTIKA FANIDAN MUSTAQIL ISH.


REFERAT

TUZUVCHI: SST YO`NALISH 70/22 AF GURUX TALABASI


ABDUXOLIQOV ABDUJALIL

TEKSHIRDI: SOLIYEV. B

STATISTIKA FANIGA KIRISH.
REJA:
1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi .
2. Statistika fan sifatida.
3. Statistik ilovalarning turlari.
4. Statistikaning asosiy unsurlari.
5. Ma’lumotlarning turlari .
6. Ma’lumotlarni yig’ish.
7. Tanqidiy fikrlash va statistikaning etikadagi ahamiyati

Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi.


Statistikaning paydo bo’lishi uzoq tarixiy ildizga ega bo’lib, barcha tarixiy formatsiyalarda namoyon bo’ladi va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan birga taraqqiy etadi va takomillashadi.
Statistik hisoblarning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar qadimgi Hindiston, Xitoy, Misr va boshqa davlatlarda yaratilgan tarixiy asarlarda o’z aksini topgan. Davlatlarning paydo bo’la boshlashi bilan, davlat yig’imlarni to’plash uchun, yer egalarida qancha yeri borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib borish uchun qancha aholi va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi. Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq qiladi, ya’ni u faqat ro’yhatga olish emas, balki statistik hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab etadi va ularni boshlanganligidan dalolat beradi.
Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U. Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo’lganlar. U. Pettini o’z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan.
Yevropada statistikaning asoschisi bo’lib belgiyalik olim A. Ketle (1796-1874) hisoblangan. O’sha davrda Germaniyada G.Ahenvall (1719-1772) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan. Angliyada esa A. Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan.
Statistikada matematik oqimni rivojlantirgan olimlar: angliyalik biolog F.Galton (1822-1911), K.Pirson (1857- 1936), V.Gosset va R.Fisherlardir.
Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686- 1750), K.I.Krilov (1689-1737), D.P.Juravskiy, Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (1835-1893), A.I.Chuprov (1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874-1926), A.A.Kaufman (1864-1919) va boshqalar.
Statistikani rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan belgiyalik olim Lamber Adolf Jak Ketle (1796-1874) va uning maktabidir. A.Ketle statistika bo’yicha 65 ta asar yozgan. Birinchi davlat statistika organi 1756 yilda Shvetsiyada tashkil qilingan. Frantsiyada 1772 yildan butun mamlakat bo’yicha aholining harakatlari to’g’risida hisobotlar tuzish boshlanadi va 1801 yilda Frantsiya ichki ishlar vazirligida statistik byuro tashkil qilinadi. Angliyada 1801 yilda aholi ro’yxati o’tkazilib, 30-yillarda sanoat vazirligi qoshida statistika departamenti barpo etiladi.
O’zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishida va uni o’zbek xalqiga o’rgatishda diqqatga sazovor ishlar qilingan. Birinchi “Statistika” kafedrasi 1932 yilda Toshkent, keyinchalik Samarqand va boshqa shaharlarda tashkil etilgan. Hozirgi paytda deyarli hamma iqtisodiy institut va fakultetlarda statistika kafedralari mavjud. Ularda o’zbek statistikasini yaratgan va yaratayotgan ajoyib olimlar faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, bu fanni O’zbekistonda rivojlantirishda professorlar N.Soatov, E.Akramov, I.Ermatov, X.Nabiyev, S.Sirojiddinov, Yo.Abdullaev, R.Alimov, M.Hamroyev, X.Shodiyev, A.Ayubjanov, B.Usmonov, A.Nabixo’jayev, X.Xujaqulov kabi olimlarning ham xizmatlari katta bo’ldi.
Statistika nima? Birinchidan, statistika bu − sonlar va o’lchovlar yordamida ko’psonli va turli-tuman hodisalarni hisobga olish, tasvirlash. Ikkinchidan statistika to’plangan ma’lumotlarni raqamlar qatori, jadvallar, grafiklar, turli hisob-kitoblar orqali ifodalash, uchinchidan, statistika to’plangan ma’lumotlarni tadqiqot usullarini shunday tartibda o’rnatadiki turli-tumanlik ichida birlikni, son-sanoqsiz alohida “tasodiflar” orasida qandaydir umumiylikni, qandaydir bog’liqlikni aniqlash uchun ya’ni xulosalar qilishdir.

Statistika fan sifatida.



Yüklə 32,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin