Referat tuzuvchi: sst yo`nalish 70/22 af gurux talabasi abduxoliqov abdujalil tekshirdi: soliyev. B


Statistika fan sifatida XVII asrda Angliyada paydo bo’lgan



Yüklə 32,9 Kb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü32,9 Kb.
#163659
növüReferat
1   2
ABDUXOLIQOV ABDUJALIL STATISTIKA FANI

Statistika fan sifatida XVII asrda Angliyada paydo bo’lgan. Siyosiy arifmetika maktabining namoyondalari Jon Graunt (1620-1674) va Uilyam Petti (1623-1687) statistika asoschilari hisoblanadilar. Chunki birinchi bo’lib ijtimoiy-iqtisodiy tekshirishlarda statistikani qo’llash fikri U.Pettida tug’ilgan edi. K.Marks U.Pettini ulug’ va original iqtisodchi-tekshiruvchilardan biri, siyosiy iqtisodning otasi va ma’lum bir darajada statistikaning ixtirochisi deb hisoblagan.
Random House College lug’ati statistikani “yig’ish, tasniflash, tahlil qilish va axborot yoki ma’lumotlarni talqin qilish bilan shug’ullanadigan fan” sifatida belgilaydi. Shunday qilib, statistik – beysbol o’yinlarida o’rtachani hisoblaydigan yoki Gallup ijtimoiy so’rovlar natijalarini yozadigan oddiy kimsa emas. Professional statistiklar statistika fanidan tahsil oladilar. Ya’ni, ular ma’lumotlar shaklida axborotni to’plash, ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan xulosa qilish bilan o’rganadi. Bundan tashqari, statistiklar tegishli masalaga qanday ma’lumot kerakligini va tadqiqot bo’yicha qilingan xulosalarga ishonish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaydi.
Statistik ilovalarning turlari.
“Statistika” ko’pchilik odamlar uchun “raqamli tasvir” degan ma’noni anglatadi. Statistika – bu ma’lumotlar to’g’risidagi fandir. U raqamli ma’lumotlarni to’plash, tasniflash, umumiylashtirish, tizimlashtirish, tahlil qilish, taqdimot va talqin qilishni o’z ichiga oladi. Ma’lumotlar ko’p hollarda ularning xususiyatlarini baholash maqsadida qaysidir ma’lumotlar majmuasidan tanlanadi. Biz bu jarayonni tanlanma deb nomlaymiz. Misol uchun, siz onlayn tarzda ma’lum bir mahsulot harid qilayotgan barcha mijozlarning o’rtacha yoshini hisoblash uchun Internetda ushbu mahsulotni harid qilayotgan mijozlarni yoshini to’plashingiz mumkin. Shunda o’z baholashlaringizni tegishli yosh guruhi uchun veb-saytida maqsadli reklama uchun foydalanishingiz mumkin.
Tasviriy statistika - ma’lumotlar to’plamida qonuniyatlarni topish va axborotlarni umumlashtirish, hamda ushbu axborotlarni qulay shaklda taqdim qilish uchun raqamli va grafik usullardan foydalanadi.
Statistikaning asosiy unsurlari.
Xulosaviy (analitik) statistika - tanlanma ma’lumotlaridan katta ma’lumotlar to’plamini baholashda, yechimlarda, prognoz qilishda yoki boshqa umumlashtirishlarda foydalanadi.
Eksperimental (yoki kuzatiladigan) birlik – bu obyekt (masalan, inson, buyum, bitim yoki hodisa) bo’lib, biz u to’g’risida ma’lumotlar yig’amiz. Bosh to’plam – bu birliklar to’plami (odatda, insonlar, ob’yektlar, operatsiyalar yoki hodisalar) bo’lib, ularni o’rganishga biz qiziqamiz.
O’lchov – bu bosh to’plamning alohida o’zgaruvchan birliklariga tartib raqamini berish uchun biz foydalanadigan jarayondir.
Tanlama – bosh to’plam birliklaridan maxsus usullar bilan tanlab olingan qismini ifodalaydi. Yuqorida zikr etilgan ta’riflar xulosaviy statistika muammollarining beshtasidan to’rttasiga aniqlik kiritadi: bosh to’plam, bir yoki bir necha qiziqtiruvchi o’zgaruvchilar, tanlanma va xulosa.
Statistik xulosa – bu tanlamani tashkil etuvchi axborotlar asosida bosh to’plam haqida prognozlashtirish va ba’zi bir boshqa umumlashtirishlarni baholashdir.
Xulosa qilishda, biz uning ishonchliligini, ya’ni bu xulosaning qanchalik yaxshiligini bilishimiz zarur. Biz uchun ishonchli yagona to’g’ri usul bo’lib, bosh to’plam to’g’risida xulosa qilishga tanlamaga barcha bosh to’plamni kiritish hisoblanadi. Ammo resurslarning cheklanganligi (ya’ni, vaqt yoki mablag’ning yetishmasligi) tufayli, odatda, biz butun bosh to’plam bo’yicha ish olib boraolmaymiz, shuning uchun biz xulosalarimizni bosh to’plamning bir qismi (tanlama) bo’yicha qurishimiz mumkin. Shunday qilib, biz o’zimizning xulosalarimizga noaniqlik unsurini kiritamiz. Binobarin, imkon qadar, doimo har bir qilingan xulosaning ishonchliligi aniqlash va xabarini yetkazish muhim ahamiyatga ega. Ishonchlilik – bu xulosaviy (analitik) statistika muammosining beshinchi unsuridir.
Ishonchlilik darajasi, xulosa bilan birga sodir bo’lib, statistika fanini fol ochish san’atidan ajratib turadi. Xiromantika, statisti sifatida, namunani (sizni qo’lingizni) o’rganishi va bosh to’plam (sizning hayotingiz) to’g’risida xulosa qila oladi. Ammo statistik xulosalardan farqli o’laroq, o’quvchining kafti bo’yicha xulosalar – ishonchlilik ko’rsatkichi emas.
Statistik metodlardan foydalanib, biz xatoning cheklanishini baholashimiz mumkin. Bu cheklashish – shunchaki son bo’lib, xatomizning bahosi (tanlanmadagi o’rtacha yosh va bosh to’plamdagi o’rtacha yosh o’rtasidagi tafovut) ma’lum ehtimoldan oshib ketmaydi. Keyingi boblarida bu baho xulosalarimiz noaniqligining o’lchovidir ekanligini ko’rasiz. Statistik xulosalarning ishonchliligi muayyan matnda muhokama qilinadi. Ayni paytda, xulosa uning ishonchliligi darajasisiz to’liq emasligini siz tushunishingizni, biz shunchaki istaymiz.
Ishonchlilik darajasi - statistik xulosa bilan bog’liq bo’lgan noaniqlik me’yorining (odatda miqdoriy) tasdig’i hisoblanadi.
Tasviriy statistika muammolarining to’rtta unsuri:
1. Bosh to’plam yoki qiziqtiruvchi tanlanma;
2. Tadqiqot qilinadigan bir yoki bir necha o’zgaruvchilar (bosh to’plam yoki tanlanma birliklarining tavsiflanishi);
3. Jadvallar, grafiklar yoki sonlarda jamlangan instrumentlar;
4. Ma’lumotlarda qonuniyatlarni aniqlash.
Xulosaviy (analitik) statistika muammolarining to’rtta unsuri:
1. Qiziqtirayotgan bosh to’plam;
2.Tadqiqot qilinadigan bir yoki bin necha o’zgaruvchilar (bosh to’plam birliklarining tavsiflanishi);
3. Bosh to’plam birliklarini tanlash;
4. Tanlanmani tashkil etadigan informatsiyalar asosida bosh to’plam to’g’risida xulosa;
5. Xulosaning ishonchlilik ko’rsatkichi.
Ma’lumotlarning turlari.
Statistika – bu ma’lumotlar to’g’risida fan hisoblanib, ushbu ma’lumotlar tanlama (yoki bosh to’plam) da bir yoki bir necha ko’p o’zgaruvchan birliklarining miqdorini o’lchash orqali olingan. Barcha ma’lumotlar (va shu sababli, biz o’lchashimiz mumkin bo’lgan o’zgaruvchilar) ikkita asosiy turlaridan biri sifatida tasniflanishi mumkin: miqdoriy ma’lumotlar va sifat ma’lumotlar.
Miqdoriy ma’lumotlar – bu tabiiy raqamli shkalada o’lchalanadigan ma’lumotlardir.
Quyida miqdoriy ma’lumotlar bo’yicha misollar keltirilgan: Aksincha, sifat ma’lumotlarni tabiiy raqamli shkalada o’lchanishi mumkin emas; ular faqat toifalarda tasniflanishi mumkin.5 (Shuning uchun ma’lumotlarning bu turi toifali ma’lumotlar deb ham yuritiladi).
Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va tahlil qilish qulayligi uchun biz tez-tez sifat ma’lumotlariga raqamli qiymatlarni tayinlaymiz. Lekin ushbu tayinlangan raqamli qiymatlar faqat oddiy kodlardir: ular to’liq hajmda qo’shilishi, ayirlishi, ko’paytirilishi yoki ajratilishi mumkin emas.
Ma’lumotlarni yig’ish.
Ma’lumotlarni yig’ishning ikkinchi usuli ishlab chiqilgan eksperimentni o’tkazishni nazarda tutadi, bunda tadqiqotchi olib boriladigan izlanishlarda birliklar (odamlar, obyektlar yoki buyumlar) ustidan qattiq nazorat o’rnatadi. Masalan, tibbiy tadqiqotlar yurak xuruji oldini olish uchun aspirin salohiyatini o’rganildi deb ko’pincha keltirmoqdalar. Ko’ngilli shifokorlar ikki guruhga bo’lingan edi: davolash guruhiga va nazorat guruhiga. Davolash guruhida har bir shifokor bir yil davomida bir kunda aspirinni, nazorat guruhida har bir shifokor aspiringa o’xshash bo’lgan aspirin platsebosini qabul qilgan. Tadqiqotchilar – tadqiqotdagi shifokorlar emas – kim aspirinni (tibbiyot) kim esa aspirin platsebosini qabul qilganligini nazorat qilib borgan. To’g’ri ishlab chiqilgan eksperiment nazoratga olinmagan tadqiqotda nisbatan ma’lumotlardan ko’proq axborotni olish uchun imkon beradi.
Nihoyat, ma’lumotlarni yig’ish uchun kuzatish tadqiqotlardan foydalanish mumkin.Kuzatish tadqiqotlarda, tadqiqotchi o’z tabiiy muhitda eksperimental birliklarni kuzatadi va uni qiziqtirayotgan o’zgaruvchilarni yozadi. Masalan, bolalar psixologi maktab hovlisida o’ynayotgan beshinchi sinf o’quvchilardan iborat tanlanmadagi tajovuzkor xatti-harakati darajasini kuzatib va yozib borishi mumkin. Xuddi shunday, zoolog asirlikdan yangi tug’ilgan fillarning og’irligini kuzatishi va o’lchashi mumkin. Ishlab chiqilgan eksperimentga nisbatan kuzatish tadqiqotida tadqiqotchisi eksperimental birliklarining har qanday jihatini nazorat qilish uchun hech qanday harakat qilmaydi.
Kuzatish tadqiqotning eng keng tarqalgan turi so’rov hisoblanib, unda tadqiqotchi odamlar guruhini tanlaydi, bir yoki bir necha savollar beradi va javoblarni yozib oladi. Ehtimol, so’rovning eng mashhur turi siyosiy saylovlari natijalarini bashorat qilishga mo’ljallangan bir qator tashkilotlaridan (masalan, Harris, Gallup, Roper va CNN) biri tomonidan o’tkaziladigan siyosiy so’rov hisoblanadi. Yana bir tanish so’rovlardan katta tarmoqlarni televideniyada eng mashhur dasturlari haqida ma’lumotlar bilan ta’minayotgan Nielsen tadqiqoti hisoblanadi. So’rovlar pochta, telefon so’rovlari yoki shaxsiy suhbatlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Biroq, shaxsiy suhbatlar pochta yoki telefon so’rovlariga ko’ra ancha qimmatroq tadqiqot hisoblansada, lekin murakkab axborot to’planishi uchun zarur bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqilgan eksperiment - ma’lumotlarni yig’ish usuli hisoblanib, bunda tadqiqotchi tanlanmaning eksperimental birliklarining xususiyatlari ustidan to’la nazorat o’rnatadi. Bu eksperimentlar odatda eksperimental birliklari, davolash guruhi va nazorat guruhi kabi, guruhlarini o’z ichiga oladi.
Kuzatish tadqiqoti ma’lumotlarni yig’ish usuli hisoblanib, bunda o’z tabiiy muhitda tanlab olingan eksperimental birliklar kuzatiladi. Tanlanma eksperimental birliklarining xususiyatlarini nazorat qilish uchun hech qanday harakatlar qilinmaydi (Misollar ijtimoiy fikr va so’rovni qamrab oladi).
Ma’lumotlarni yig’ish qaysi usuli ishlatilayotgandan qat’iy nazar, ehtimoldan yiroqki, ushbu ma’lumotlar ayrim bosh to’plam orasidan tanlab olinadi. Biz analitik statistikani qo’llashni xohlasak, biz reprezentativ tanlanmani olishimiz kerak.
Reprezentativ tanlanma bosh to’plamning maqsadli guruhi ega bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatadi. Masalan, prezidentlik saylovlari yili davomida amalga oshirilgan siyosiy so’rovnomani ko’rib chiqamiz. Faraz qilaylik, sotsiolog barcha 145 million ro’yxatdan o’tgan saylovchilardan amaldagi AQSh prezidentini qo’llabquvvatlaydiganlarning foizini baholashni istaydi. So’rov olib boruvchiga tanlanma uchun to’plangan amaldagi prezidentning o’z shtatidagi saylovchilarning so’rovi ma’lumotlari asosida baholashni asoslash be’mani hisoblanadi. Ushbu baholash deyarli albatta yuqori bo’ladi; shuning uchun, u juda ishonchli bo’lmaydi. Reprezentativ tanlanmaning talablarini qondirish uchun eng keng tarqalgan usuli tasodifiy tanlanmani tanlashdan iboratdir. Tasodifiy tanlanma bosh to’plamdagi har belgilangan hajmdagi ko’pligi tanlanmaga kiritilishga teng imkoniyatlarga ega bo’lishga kafolat beradi. Agarda sotsiolog bosh to’plamga 145 millionta saylovchilardan 1500 tasini tanlangan bo’lsa, 1500 saylovchilarning har bir ko’pligi tanlanmaga kiritilishga teng imkoniyatlarga egadir va ular tasodifiy tanlanmani ishlab chiqilgan bo’ladi. Tasodiy tanlanma n eksperimental birliklardan iborat bo’lib, u bosh to’plamni shunday tarzda namoyon qiladiki, har bir boshqa n tanlanma tanlashga teng imkoniyatlarga ega bo’lishligini.
Tanqidiy fikrlash va statistikaning etikadagi ahamiyati
Ilmiy hodisalar, iqtisodiy faoliyat va davlat faoliyati (sifat nazorati, statistik audit, prognozlash va boshqalar) bilan bog’liq ma’lumotlarni yig’ishda o’sishi so’nggi bir necha o’n yilliklarda sezilarli bo’ldi. Har kuni ommaviy axborot vositalari siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar e’lon natijalarini bizga taqdim etmoqda. Hukumatning e’tibori ortishi bilan, masalan, narkotik yoki mahsulotlar ustidan, biz miqdoriy savodxonligi (ya’ni, ma’lumotlarni savodli tahlil qilish qobiliyati) ga muhtojligimizni aniq dalilini ko’rishimiz mumkin.
Shuning uchun, har birimiz ziyrak mag’izni – ma’lumotlarni talqin va ma’nosini tushunish uchun oqilona fikrlashni foydalanish qobiliyatni – rivojlantirish kerak. Miqdoriy savodxonlik bizga oqilona qaror, xulosa va umumlashmalarni qabul qilishda yordam berishi mumkin; ya’ni, statistikadan foydalanib, tanqidiy fikrlashimizga yordam beradi.
Statistik tafakkur ma’lumotlar va xulosalarni tanqidiy baholash uchun o’z ichiga oqilona fikrlash va statistika fanini qo’llashni oladi. Ma’lumotlarning bosh to’plamida farqlar borligi fikrlash jarayoni uchun asos hisoblanadi. Tanqidiy fikrlashda statistikaning roli to’g’risida bor qadar tassavurga ega bo’lish uchun ba’zi bir yanglishliklarga yoki xatolik so’rovlarga olib keladigan ikkita misolni keltiramiz.
Xulosa:
Statistika bizga kirib kelishidan maqsad xar bir xodisa uchun tez ma`lumot olishda nazarda tutilgan fan bolib u matematika fizika faniga ham bog`liq xisoblanib odamlarni ishini yegil qilish uchun kirib kelgan. Statistika fani foyda yoki zarar ko`rishlarni oldini olib turadi. Statistika har bir inson hayotida kuzatilishi xam mumkin.
Yüklə 32,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin