Kaliy
protaplazma tarkibida bikorbanat fosfat va xlorid shaklida bo‘lib
etishmaganda ishtaxa yukoladi, sust o‘sadi, yurak ishiga ta’sir ko‘rsatadi
(aritmiya),
qon bosimi pasayadi, jigar va buyrak ishi buziladi, urg‘ochi
hayvonlarda tuhum xo‘jayrasining otalanishi buziladi.
O‘simlik ozuqalari, ayniksa yosh o‘t va ildizmevaliklar kaliyga boy bo‘ladi.
Etishmaslik xollari kam uchraydi. Erga kaliy o‘g‘itlarining ko‘p
solinishi
ozuqalarda kaliyning ko‘payishiga sabab bo‘ladi, natijada magniy kamayadi. Bu
elementlarning uzaro nisbatini buzilishi hayvonlarda og‘ir kasallik magnemiyani
vujudga keltiradi. Organizmda ortiqcha kaliy bo‘lsa tezlik
va siydik bilan chiqib
ketadi.
Natriy -
asosiy kation hisoblanib qon va limfadagi kislotani neytrallaydi.
Kavshovchi hayvonlar so‘lagidagi bikorbanat natriy tarkibining asosiy qismini
tashk0 il etib katta qorinda kislotalik darajasini normallashtiradi (RN 6,5 - 7,0), osh
tuzi osmotik bosimni boshqaradi, amilaza fermentini aktivlashtiradi.
Natriy etishmaganda ishtaxa yuqoladi, o‘sish
susayadi, issiqlik ajralishini
tezlashtiradi, to‘qimalarda oqsil va yog‘ ishlab chiqarish pasayadi. O‘simlik
dunyosidan olinadigan ozuqalar tarkibida natriy kam bo‘lganligi uchun, hayvonlar
ratsionga osh tuzi va natriy bikorbanat qo‘shilishi natriyga bo‘lgan
talabni
qondiradi.
Xlor
- ham natriy singari o‘simlik ozuqalarida kam bo‘ladi. SHo‘rlangan
erlarda o‘sgan o‘simiklarda xlor ko‘proq bo‘ladi. Hayvon organizmida xlor me’da
shirasida, qonda, limfada, terida va teri osti kletchatkasida uchraydi.
Hayvonlarning xlorga bo‘lgan talabi etarli darajada o‘rganilmagan. Ozuqalar
tarkibidagi xlorga qo‘shimcha xolda osh tuzidan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: