Referat veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti yaylov chorvachiligi va hayvonlarni



Yüklə 160,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix20.11.2023
ölçüsü160,77 Kb.
#162829
növüReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ozuqalarning toyimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash

Magniy -
hayvon organizmida modda almashinuvida magniy, kalsiy va 
fosfor bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Organizmdagi magniyning 70% skletda 
saqlanadi, qolganlari to‘qima va to‘qima suyuqlikda bo‘ladi. Suyak to‘qimalarida 
kalsiy magniyga nisbatan ko‘proq uchraydi, muskul va terida aksincha bo‘ladi.
Yosh o‘suvchi buzoqlar faqat sut bilan oziqlantirilganda, organizmlarida 
magniyning etishmasligi kuzatiladi, ayniksa bu element suyak, qon zardobida 
kamayib ketib tetoniya kasalligiga olib kelib, o‘lim bilan tugashi kuzatiladi. 
Ayniqsa bu holat 50-70 kunligida ko‘proq yuz beradi. Katta yoshdagi hayvonlarda 
ko‘proq bahor va yoz oylarida yaylovda yosh ko‘k o‘tlar bilan oziqlanganda bu 
elementning etishasligi kuzatiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Tepaniya birdaniga kutilmaganda yuz berib hayvon tuzalmaydi, qon 
zardobida me’yor bo‘yicha 4-1,7 mg/% bo‘lsa u 0,5 mg/% tushib qoladi. Aniq 
simptomlari quyidagicha bo‘ladi: yuz muskullari tortiladi, yurishda chayqashish 
paydo bo‘ladi, nerv qo‘zg‘alishi kuzatiladi. 
Magniyning asosiy manbalari: bug‘doy kepagi, quritilgan achitqi, kunjara va 
shrot, dukkaklilar o‘tlar. YOz davrida 1 bosh sog‘in sigirga 1 kunda 50 mg magniy 
oksidi berish zarur.
Oltingugurt 
- bu element organizmda birikgan xolda ko‘pincha 
aminokislotalar (sistin, metionin) tarkibida birikgan holda uchraydi va to‘qima 
oqsillari hamda jun tolasida bo‘ladi. Jundagi sistien tarkibida 4% oltingugurt 
bo‘ladi. Agarda ozuqa tarkibida protein etarlik bulsa olingugurt organizmda ham 
etarlik bo‘ladi.
 M i k r o e l e m e n t l a r 
Mikroelementlar juda kam miqdorda uchrab muhim fiziologik rolni bajaradi. 
Vitaminlarga o‘xshab ayrim mikroelementlar oqsillar birikmasida uchrab spetsefik 
fermentlar hosil qiladi. Mikroelementlar, vitaminlar bilan birgalikda biologik aktiv 
moddalar guruhini tashqil etadi.
Temir
- uning 90% hayvon organizmida xar hil oqsillar bilan birikgan 
holda bo‘ladi, uning 50 % qon gemoglabinida, 20% taloqda, jigarda, buyrakda va 
orqa miya oqsili ferritin shaklida uchraydi. Kupgina fermentlar tarkibiga kiradi. 
Organizmda siderfilin oqsili yordamida organ va to‘qimalarga tashiladi. 
Gemoglobin metobolizimida ajralgan temir yana qaytadan tarkibida temir 
saqlovchi oqsillar sintez bo‘lishida ishtirok etadi. SHuning uchun temirga bo‘lgan 
talabning 10 % ozuqa orqali ta’minlanadi. Ratsionda temir moddasining 
me’yordan ko‘p bo‘lishi ozuqadagi proteindan foydalanishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatish mumkin. 
Barcha qishloq xo‘jalik hayvonlarining ratsiondagi quruq moddaning 1 kg 
hisobiga 50 mg temir talab qilinadi.
O‘simik dunyosidan kelib chiqgan ozuqalar tarkibida temir etarlik darajada 
bo‘ladi. Sutda ayniksa cho‘chqa sutida temir elimenti kam bo‘ladi. Ona 
cho‘chkalar 
ratsioniga 
qushib 
berilgan 
temir 
sutda 
temir 
moddasini 
ko‘paytirmaydi, shuning uchun ham cho‘chkachilikda temir elimentining 
etishmovchiligi hisobiga kam qonlik kasalligi, yani anemiya ko‘p uchraydi. 
CHo‘chka bolalari sut bilan, bir sutkada 1 mg temir qabul qiladi, me’yorda esa 67 
mg dan kam bulmasligi kerak.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Mis -
bu modda gemoglobining hosil bo‘lishi uchun zarur. Mis gemoglobin 
tarkibiga kirmaydi, ammo qizil qon tonachalari tarkibida bo‘lib, qon aylanishida 
ularning aktivligini oshiradi, ko‘pgina fermentlar, soch va parlar pigmenti tarkibiga 
kiradi. Hayvon organizmining barcha to‘qimalarida uchraydi, ayniksa jigarda ko‘p 
bo‘lib unda zaxira sifatida to‘planadi. 
Oziqlantirishda mis etishmasa hayvonda anemiya, o‘sishining susayishi, ich 
ketishi, soch va junlarinig rangsizlanishi (dipigmentatsiya), orqa miya faoliyatining 
buzulishi, sigirlarda mis etishmasligi natijasida kuyga kelishini, buqalarda 
urug‘don faoliyatini buzilishiga olib keladi. Sigirlar qonida mis me’yorda bo‘lsa 
0,8-1 mkg/g tashkil etadi, bu ko‘rsatkich 0,3-0,6 mkg/g miqdorda bo‘lsa 
sigirlarning birinchi qochirishda tuhum ho‘jayrasining otalanishi 2 barobar 
kamayadi. Ratsonda kalsiy va molibdenning ko‘p bo‘lishi hayvon organizmida mis 
almashinuvini buzadi. 
Mayin jun beruvchi qo‘y zotlarida 
mis etishmaganda junining 
jingalaklanishi buziladi.
Ko‘pgina ozuqalar amalda hayvon organizmining misga bo‘lgan talabini 
kondiradi. Ozuqada uning ko‘p bo‘lishi tuproq tarkibi bilan bog‘liq. Donlarda, 
kunjara va shrotda mis nisbatan ko‘p bo‘ladi. YAylov utlarida kam (4-8 mg/kg) 
somonda va sutda juda kam bo‘ladi. 
Fiziologik talabga nisbatan uzoq muddat misning ratsionda ortiq bo‘lishi 
hayvon uchun zararli bo‘lishi mumkin; ortikcha mis jigarda to‘planib, uning 
faoliyatini buzilishiga olib kelib, ulim holatlari ham kuzatiladi. Ayniksa misning 
ortiqchaligini qo‘ylar organizmi juda sezuvchan. 

Yüklə 160,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin