U
- ratsiondagi organik moddalarning hazmlanishi, %
X
- tezak tarkibidagi azot miqdori, %
Amalda buni bajarish uchun sigirning to‘g‘ri ichagidan qo‘lqop yordamida
tezak olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
R. Xamrakulov, K..Karibaev. Qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish.
Toshkent 1999 y..
2.
S.N. Xoxrin Kormlenie s/x jivotn
ы
x. Kolos S.2007 g.
3.
V.N.Bakanov., V.K.Men’kin. Kormlenie s/x jivotn
ы
x M 1989.
4.
G.A.Bogdanov. Kormlenie s/x jivotn
ы
x M.1990.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ VA SUV XO’JALIK VAZIRLIGI
SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI
VETERINARIYA, ZOOTEXNIYA VA
QORAKO’LCHILIK FAKULTETI
“Yaylov chorvachiligi va hayvonlarni
oziqlantirish texnologiyasi” kafedrasi
Mavzu: “Ozuqalarning mineralli to‘yimliligi.”.
Guruh: 314
Bajaradi: Adhamova I.
Tekshirdi: Yorqulov H.
SAMARQAND – 2014
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Ozuqalarning mineral to‘yimliligi.
REJA:
1. Mineral moddalarning chorva mollarini oziqlantirishdagi ahamiyati.
2. Mineral moddalar turlari va ularning manbalari.
3. Mineral moddalar etishmaganda organizmda yuz beradigan o‘zgarishlar.
4.Kislotali va ishqorli elementlar nisbatini o‘rganishning ahamiyati.
Hayvon organizmidagi to‘qimalarda 40 ga yaqin mineral modda mavjudligi
aniqlangan. Ammo shulardan 15 tasi fiziologik faoliyat uchun zarurligi aniqlangan,
bundan tashqari zarur bo‘lsa kerak degan elementlar ham mavjud: bularga ftor,
brom, boriy va stransiy elementlari kiradi.
Mineral moddalar 2 guruhga bulinadi:
1. Mikroelementlar - kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, xlor, magniy va olingugurt.
2. Mikroelementlar – temir, rux, mis, marganets, kobalt, molibden va selen.
Hayvonlarni oziqlantirishda ayrim turdagi mineral moddalarning miqdorigagina
e’tibor bermasdan ularning o‘zaro nisbatiga ham e’tibor berish kerak. Ayrim
elementlarning jumladan kalsiy va molibdenning me’yordan ziyod organizmga
tushishi boshqa turdagi elementlarning hazmlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ayrim turdagi elementlarning oziqlantirishda etishmasligi organizmda
fiziologik funksiyaning buzilishiga olib keladi. Masalan: temir, kobalt
elementlaridan birontasi etishmasa gemoglabinning sintezlanishi keskin kamayib
ketadi . SHuning uchun hayvonlar ratsioniga qo‘shimcha xolda mineral moddalar
ayniqsa mikroelement tuzlarini qo‘shishda juda extiyotkorlik lozim. Mis, ftor,
selen, molibden ozuqada me’yordan ziyod tushsa organizmni zaxarlaydi ayrim
xollarda o‘ldiradi.
Ozuqalarning mineral tarkibi tuporq sharoitiga solinadigan o‘g‘it miqdori va
turiga bog‘liq bo‘ladi. Hayvonlarning mineral moddalarga bo‘lgan talabi va
talabning qondirilishi organizmda vitamin D ning sintez qilinishiga ham bog‘liq
chunki mineral moddalar almashinuvini vitamin D boshqarib boradi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
|