ozuqalarning toyimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash
Makroelementlar: Bu elementlar mikroelementlarga nisbatan ko‘p talab qilinadi.
Kalsiy barcha
elementlarga nisbatan organizmda ko‘p saklanib uning 99% suyak va tishda
bo‘ladi. Suyak kuli 38% Sa, 17% R va 1% marganets saqlaydi. Suyakning mineral
tarkibi doimiy bir xil bo‘lmasdan organizmga qabul kilinayotgan mineral
moddalarga va vitamin D ga bog‘liq. Bu moddalar etishmaganda organizm raxit
kasaliga duchor bo‘ladi, ya’ni suyaklarda o‘zgarish vujudga keladi, suyaklar
mo‘rtlashadi. Ayniqsa bunday holat yuqori mahsuldor hayvonlarda yaqqol bilinadi.
Kalsiy etishmagan xollarda oziqaviy bo‘r, maydalangan so‘ndirilgan oxak,
dikalsiyfosfat berilishi mumkin. Ularga bu qo‘shimchalar berilganda Sa va R
nisbatini hisobga olish zarur. Bu elementlar nisbati buziladigan bo‘lsa organizmga
etkazadigan zarar ularning etishmasligi hisobiga keltiradigan zararga nisbatan
ko‘prokdir. Eng kulay nisbat 1:1,5-2 hisoblanadi. Kalsiy miqdori tuhum beruvchi
tovuqlar ratsionida me’yor darajasida bo‘lishi maqsadga muvofikdir. chunki
tuhum kobig‘ining asosiy
qismini kalsiy tashkil etadi. Tuxum beruvchi
tovuqlar bir kunda tuxum qobig‘i bilan 4 g kalsiy ajratib chiqaradi.
Fosfor - organizmda mavjud fosforning 80% suyakda va tishda bo‘ladi,
qolgan 20% fosfoproteid, nuklein kislotasi va fosfolitidlar tarkibida uchraydi. Bu
element uglevod va energiya almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Organizmda
fosforning almashinuvi kalsiy almashinuvi bilan bog‘liqdir. Etishmaganda yosh
hayvonlarda raxit kassaligi, katta yoshdagilarda esa osteomalyasiya vujudga
keladi. Fosfor etishmasligining belgilari: ishtaxa yuqoladi, jun eb va devorlarni
yalab boshlaydi. Fosforning kamayishini qondagi fosfor miqdori bilan aniqlash
mumkin. Fosforning etishmasligi ko‘pincha qoramolchilikda yuz beradi, ya’ni
konsentrat ozuqa kam qabul qilgan paytda namoyon bo‘ladi.
Sut, boshoqlilar doni, baliq uni, suyak unlari fosforning asosiy manbalaridir,
pichan va somonda bu modda kam saqlanadi. Boshoqlilar donidagi fosfor fitatlar
xolida ya’ni kalsiy tuzlari, magniy fitini va fosfor kislotasi bilan birgalikda
uchraydi.
Kovshovchi hayvonlarda katta qorindagi bakteriyalardagi fitaza fermenti
yordamida donlardagi va mineral qo‘shimchalardagi fosforlarni ham o‘zlashtirish
qobiliyatiga ega.