Tepaniya birdaniga kutilmaganda yuz berib hayvon tuzalmaydi, qon
zardobida me’yor bo‘yicha 4-1,7 mg/% bo‘lsa u 0,5 mg/% tushib qoladi. Aniq
simptomlari quyidagicha bo‘ladi: yuz muskullari tortiladi,
yurishda chayqashish
paydo bo‘ladi, nerv qo‘zg‘alishi kuzatiladi.
Magniyning asosiy manbalari: bug‘doy kepagi, quritilgan achitqi, kunjara va
shrot, dukkaklilar o‘tlar. YOz davrida 1 bosh sog‘in sigirga 1 kunda 50 mg magniy
oksidi berish zarur.
Oltingugurt
- bu element organizmda birikgan xolda ko‘pincha
aminokislotalar (sistin, metionin) tarkibida birikgan holda uchraydi va to‘qima
oqsillari hamda jun tolasida bo‘ladi. Jundagi sistien tarkibida 4% oltingugurt
bo‘ladi. Agarda ozuqa tarkibida protein etarlik bulsa olingugurt organizmda ham
etarlik bo‘ladi.
M i k r o e l e m e n t l a r
Mikroelementlar juda kam miqdorda uchrab muhim fiziologik rolni bajaradi.
Vitaminlarga o‘xshab ayrim mikroelementlar oqsillar birikmasida uchrab spetsefik
fermentlar hosil qiladi. Mikroelementlar, vitaminlar bilan birgalikda biologik aktiv
moddalar guruhini tashqil etadi.
Temir
- uning 90% hayvon organizmida xar hil oqsillar bilan birikgan
holda bo‘ladi, uning 50 % qon gemoglabinida, 20% taloqda, jigarda, buyrakda va
orqa miya oqsili ferritin shaklida uchraydi. Kupgina fermentlar tarkibiga kiradi.
Organizmda siderfilin oqsili yordamida organ va to‘qimalarga tashiladi.
Gemoglobin metobolizimida ajralgan temir yana
qaytadan tarkibida temir
saqlovchi oqsillar sintez bo‘lishida ishtirok etadi. SHuning uchun temirga bo‘lgan
talabning 10 % ozuqa orqali ta’minlanadi. Ratsionda temir moddasining
me’yordan ko‘p bo‘lishi ozuqadagi proteindan foydalanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatish mumkin.
Barcha qishloq xo‘jalik hayvonlarining ratsiondagi quruq moddaning 1 kg
hisobiga 50 mg temir talab qilinadi.
O‘simik dunyosidan kelib chiqgan ozuqalar tarkibida temir etarlik darajada
bo‘ladi. Sutda ayniksa cho‘chqa sutida temir elimenti kam bo‘ladi. Ona
cho‘chkalar
ratsioniga
qushib
berilgan
temir
sutda
temir
moddasini
ko‘paytirmaydi, shuning uchun ham cho‘chkachilikda temir elimentining
etishmovchiligi
hisobiga kam qonlik kasalligi, yani anemiya ko‘p uchraydi.
CHo‘chka bolalari sut bilan, bir sutkada 1 mg temir qabul qiladi, me’yorda esa 67
mg dan kam bulmasligi kerak.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Mis -
bu modda gemoglobining hosil bo‘lishi uchun zarur. Mis gemoglobin
tarkibiga kirmaydi, ammo qizil qon tonachalari tarkibida bo‘lib, qon aylanishida
ularning aktivligini oshiradi, ko‘pgina fermentlar, soch va parlar pigmenti tarkibiga
kiradi. Hayvon organizmining barcha to‘qimalarida uchraydi, ayniksa jigarda ko‘p
bo‘lib unda zaxira sifatida to‘planadi.
Oziqlantirishda mis
etishmasa hayvonda anemiya, o‘sishining susayishi, ich
ketishi, soch va junlarinig rangsizlanishi (dipigmentatsiya), orqa miya faoliyatining
buzulishi, sigirlarda mis etishmasligi natijasida kuyga kelishini, buqalarda
urug‘don faoliyatini buzilishiga olib keladi. Sigirlar qonida mis me’yorda bo‘lsa
0,8-1 mkg/g tashkil etadi, bu ko‘rsatkich 0,3-0,6 mkg/g miqdorda bo‘lsa
sigirlarning birinchi qochirishda tuhum ho‘jayrasining otalanishi 2
barobar
kamayadi. Ratsonda kalsiy va molibdenning ko‘p bo‘lishi hayvon organizmida mis
almashinuvini buzadi.
Mayin jun beruvchi qo‘y zotlarida
mis etishmaganda junining
jingalaklanishi buziladi.
Ko‘pgina ozuqalar amalda hayvon organizmining misga bo‘lgan talabini
kondiradi. Ozuqada uning ko‘p bo‘lishi tuproq tarkibi bilan bog‘liq. Donlarda,
kunjara va shrotda mis nisbatan ko‘p bo‘ladi. YAylov utlarida kam (4-8 mg/kg)
somonda va sutda juda kam bo‘ladi.
Fiziologik talabga nisbatan uzoq muddat misning ratsionda ortiq bo‘lishi
hayvon uchun zararli bo‘lishi mumkin; ortikcha mis jigarda to‘planib,
uning
faoliyatini buzilishiga olib kelib, ulim holatlari ham kuzatiladi. Ayniksa misning
ortiqchaligini qo‘ylar organizmi juda sezuvchan.
Dostları ilə paylaş: