Referat veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti yaylov chorvachiligi va hayvonlarni



Yüklə 160,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix18.04.2023
ölçüsü160,77 Kb.
#99716
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ozuqalarning toyimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash

Xom kletchatka - bu turli organik moddalar to‘plami bo‘lib tarkibi 
sellyuloza, pentozonlar, geksazonlar, lignin, kutin, suberinlardan tashkil topgan. 
Xom kletchatka miqdori, tarkibi o‘simlikning yoshi bilan bog‘liq bo‘ladi. 
YOsh o‘simiklarda qobik to‘qimasining asosiy qismini sellyuloza tashqil qilsa, 
ulg‘ayishi bilan lignin va pentazonlar miqdori osha boradi. O‘simlikning turli 
qismida kletchatkaning shakllanishi turlicha bo‘ladi. Ko‘proq va tez o‘simlik 
poyasida hosil bo‘lsa barglarida kam va sekin hosil bo‘ladi. 
Eng ko‘p kletchatka boshoqli o‘simliklar tarkibida bo‘ladi, masalan kuzgi 
poxolda 40-45% , bahorgisida 20-35%, makka va bug‘doy donida 1%, suli va arpa 
donida 10-12% ,ildizmevaliklarda 0,4 -2,0% atrofida bo‘ladi.
Xom kletchatka qanchalik ko‘p saqlansa ozuqaning to‘yimliligi ham 
shunchalik past bo‘ladi.
Lignin moddasining oshib borishi ayniksa katta o‘simliklarda (rentgen 
kuzatishlarga asoslanib) hazmlanish jarayonining o‘ta kiyinlashishi aniqlangan.
AEM (azotsiz ekstraktiv moddalar)ning vakili kraxmal kand va pentazonlar.
Kraxmal ayrim o‘simliklar doni, urug‘ va tuganaklarida ozuqa quruq 
moddasining 60-70% ni tashqil etadi. Poya va barglarida 2% atrofida. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Polisaxaridlardan inulin topinambur va er muruti o‘simliklarida ko‘p bo‘ladi. 
Hayvon organizmida kraxmal - glikogen shaklida jigarda 1-4% miqdorida 
saqlanadi.
Kraxmal - amilaza va amilopektin shakllarida bo‘ladi. Amilaza 200-300 
glyukoza molekulalarining glyukozid bog‘lari birikishidan iborat bo‘ladi.
Amilopektin zanjiri kuchli shox tarkatgan bo‘lib xar bir shox 12 glyukoza 
molekulasidan iborat bo‘ladi. 
Qand - o‘simiklardan monosaxarid (glyukoza va fruktoza), disaxaridlar 
(mal’toza, saxaroza, laktoza, selobioza) lavlagida, savzida va jo‘xori o‘simligida 
22 % gacha qand to‘planadi. YOsh boshokli o‘tlarda 13%cha to‘planishi mumkin.
YUkori darajada azotli o‘g‘itlarni solish bilan (gektariga 200 kg) boshoklilar 
quruq moddasida qand miqdorini 5-7% kamaytirib protein miqdorini oshirish 
mumkin.
Gekzozalar - o‘simlikda kletchatkaning hosil bo‘lishi jarayonida hosil 
bo‘luvchi modda hisoblanib, qotib ketgan o‘simiklarda 25-30% cha bo‘ladi.
Ozuqalarning ximiyaviy tarkibini aniqlash bilan to‘yimlilikni baholash 
zaruriy bo‘lsada, bu ko‘rsatkichga qarab to‘lig‘icha baho berish mumkin emas.

Yüklə 160,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin