Marganets -
bu element hayvonlar suyagida, jigarda, buyrakda, me’da osti
bezida va gipofizda to‘planadi.
Marganets organizmda oqsil, yog‘ va uglevodlar
almashinuvi bilan bog‘liq bo‘lgan fermentativ
jarayonlarni boshqaradi va
aktivlashtiradi.
Oziqlantirish me’yorida bo‘lgan holatlarda marganetsning etishmovchiligi
juda kam uchraydi. Bu element etishmasa
buzoqlar usishdan qoladi, oyoqlar
deformatsiyalanadi, sigirlada bola tashlash holatlari kuzatiladi.
Jo‘jalarni oziqlantirishda perozisning oldini olishda (oyoq
suyaklarning
notug‘ri shakllanishi) muhim ahamiyati bor.
Yaylov o‘tlarining 1 kg quruq moddasida 40-200 mg, nordon tuproqlarda
o‘sgan utlarda esa 500-600 mg ga etishi mumkin. YOg‘ beruvchi o‘simliklar
urug‘ida marganets ko‘p saqlanadi. Achitkida,
makka donida va hayvonot
olamidan olinadigan ozuqalar tarkibida kam uchraydi.
Amaliyotda hayvonlarning marganets bilan zaxarlanishi holati uchramaydi.
Tuhum beruvchi tovuklar ratsionida 1000 mg /kg miqdorda berilganda ham
zaharlanish kuzatilmagan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Rux - Bu element hayvon organizmining barcha organlarida uchraydi. Rux,
suyak to‘qimalarida jigarga nisbatan ko‘proq miqdorda to‘planadi. Bundan tashqari
rux terida, junda xam ko‘p uchraydi. Hayvonlar
yaylovda boqilganda rux
etishmovchiligi kuzatilmaydi. CHo‘chqalar, ayniksa uning bolalari faqat quruq
donlar aralashmasi bilan oziqlantirilganda rux etishmaydi
va parakeratoz bilan
kasallanadi.
Rux etishmasligining klinik belgilari: o‘sish susayadi, teri qizaradi.
Barcha
turdagi hayvonlarning ruxga bo‘lgan talabini kondirish uchun ozuqaning 1 kg
quruq modasida 40-60 mg bo‘lsa kifoyadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. R.Hamrakulov, K. Karibaev. Qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish.
Toshkent 1999.
2. S.N. Xoxrin Kormlenie s/x jivotnыx. Kolos S.2007 g.
3. V.N.Bakanov, V.K.Menkin. Kormlenie s/x jivotnыx, M. 1989 y.
4. G.A.Bogdanov. Kormlenie s/x jivotnыx M.1990 y.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com