Referati fan o`qituvchisi: Fayziyeva Sh. Tayyorladi: Uzoqova G



Yüklə 44,15 Kb.
səhifə2/4
tarix02.12.2023
ölçüsü44,15 Kb.
#171229
növüReferat
1   2   3   4
U Gavhar referat

Ahamiyati


Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intizomlar tizimiga ega boʻlishi lozim.
Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izoxlab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiqi tufayli tarbiyada ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi.
Shoʻrolar davrida tarbiya orqali har qanday odamni istagan ijtimoiy qiyofaga solish mumkin degan qarash hukmron boʻlganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga mahliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida tarbiya maqsadsiz boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash qaror topdi, Bu hol tarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki tarbiyaning asosiy obyekti boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib taqaladi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bogʻliq jarayonlarga yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchikovlik bilan oʻrganilayapti. Natijada, Oʻzbekiston pedagogikasi fani va amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida tarbiyaning oʻrniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doyr hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin etish imkonini berdi.

“Oldimizga qo’ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo’ladigan milliy g’oyani rivojlantirishimiz zarur”. 1 (SH.M.Mirziyoev) Jamiyat hayoti turli-xil g‘oya va mafkuralar bilan bog‘liq holda rivojlanib, o‘zgarib kelgan. Bu holat hozirgi globallashuv davrida ham o‘ziga xos namoyon bo‘lmoqda. G‘oya va mafkuralar maydoni keng jamoatchilik xususan yoshlar ongiga, ishonch va mayillariga o‘zining turli-xil ta’sirini ko‘rsatmoqda. Uning natijasi g‘oya va mafkuralarning maqsadi, mo‘ljallariga hamda insonning ma’naviy dunyosi, ishonchiga bog‘liq. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan ozuqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin” 2 ligini alohida ta’kidlaydi. Hozirgi zamonda mafkura targ‘iboti sohasida yangi texnologiyalar tobora takomillashib bormoqda, Undan turli-xil nosog‘lom maqsadlarda foydalanishga urinishlar kuchaymoqda. Bu, O‘zbekiston jamiyatini milliy g‘oya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish uchun yangi texnologiyalarga tayanib ish ko‘rishga undaydi. Uni hisobga olish ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutadi. Hamda O‘zbekistonning mustaqil tarraqqiyot yo‘lidan rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Milliy g‘oya tarig‘boti texnologiyalari fanining maqsadi – yoshlarga milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari, uni amalga oshirish yo‘llari va sohalari bo‘yicha tushunchalar berish orqali globallashuv jarayonlarida g‘oyaviy mafkuraviy kurash va ma’naviy tahdidlarning oldini olishda milliy g‘oya negizlari va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, ishonch va e’tiqodni mustahkam bo‘lishini targ‘ibot texnologiyalariga, targ‘ibotchining faolligiga bog‘liqligini ko‘rsatishdan iborat. U milliy g‘oyani targ‘ibot qilishning yangi texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Amaliy mashg‘ulotlarni joylarda va interfaol, zamonaviy uslublarda tashkil etishga e’tiborni qaratgan holda, yoshlarning Vatanga mehr-muhabbatlarini, tarixiy-madaniy xotiralarini, milliy-madaniy meros, urf-odatlar va an’analarimizga tayanib, turli xalqlar madaniyatiga xurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirishga, o‘zlikni anglashiga alohida e’tibor berishni taqazo etadi. Mafkuraviy kurashlar davom etayotgan hozirgi sharoitda, milliy g‘oya targ‘ibotida zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish va uni takomillashtirish milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mazkur fanni o‘rganish milliy g‘oya, ma’naviyat va huquq ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgan mutaxassis kadrlarga mo‘ljallangan. Chunki, bu sohadagi mutaxassis kadrlar sifatida, ulardan milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarini bilishlarini, undan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lishlarini taqozo etadi. SHuningdek, milliy g‘oya va mafkura targ‘iboti texnologiyalari sohasidagi yangiliklar va o‘zgarishlar ta’lim-tarbiya hamda ma’naviy-ma’rifiy sohaning takomiliga xizmat qiladi. Milliy g‘oya targ‘ibot texnologiyalarini hayotga tadbiq etishda ta’lim-tarbiya sohasi muhim ahamiyatga ega. Uning o‘ziga xos jihati shundaki, mavjud ta’lim standartida, fanning namunaviy o‘quv dasturi, ishchi o‘quv dasturida aniqlab berilgan uning targ‘iboti amalga oshiriladi. Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarning mazmuni va mohiyati bo‘yicha yoshlarda bilim va ko‘nikmalar hosil qilinadi. Buning uchun turli xil uslub yoki texnologiyalardan foydalaniladi va qo‘llaniladi. U zamon, yoshlar ongi va tafakkuri, dunyoqarashi xususiyatlariga, milliy g‘oya maqsadlarini anglashga, ishonch va e’tiqodini mustahkamlashga xizmat qilishi muhim. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarini o‘qitishda, shu yo‘nalishda ta’lim olayotgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash alohida o‘rin tutadi va o‘ziga xos hususiyatlarga ega. Bu ularni mutaxassis kadrlar sifatida, milliy g‘oyaning yoshlar ,keng jamoatchilik o‘rtasida o‘zaro munosabatlarda ijtimoiy hayot sohalari orqali, undan samarali foydalangan holda, targ‘ibot vositalaridan unumli foydalanishga erishish ta’lim tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishga ko‘maklashadi. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarini bilish, o‘rganish orqali, undan ta’lim va tarbiya sohasida to‘g‘ri foydalanishning zamon talablariga javob berish uning muhim maqsadidir. Milliy g‘oya targ‘ibot texnologiyalarini o‘qitish orqali zarur kunikma va malakalarini shakllantirish muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu: - ta’lim tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga xizmat qiladi; - Milliy g‘oya targ‘ibot texnologiyalarini bilish, to‘g‘ri tadbiq etish ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi; - Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarini o‘rganish, uni amaliy hayotga tadbiq eta olish, yoshlarda milliy g‘oyaning bosh g‘oyasi, asosiy tushuncha va tamoyillarni ta’lim orqali ong va tafakkurda ijtimoiylashishiga, ishonch va e’tiqodga aylantiradi; - Milliy g‘oya yoshlarni vatanparvarlik, yon atrofga dahldorlik hissi bilan tarbiyalaydi, ma’suliyatini oshiradi. -Milliy g‘oya targ‘ibotini to‘g‘ri tashkil etish uning usul va texnologiyalaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. To‘g‘ri foydalanish kunikmasiga, malakasiga mahoratiga ega bo‘lish ta’lim orqali targ‘ibotning samaradorligini ta’minlashga ko‘maklashadi


Yüklə 44,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin