Referati fan o`qituvchisi: Fayziyeva Sh. Tayyorladi: Uzoqova G



Yüklə 44,15 Kb.
səhifə1/4
tarix02.12.2023
ölçüsü44,15 Kb.
#171229
növüReferat
  1   2   3   4
U Gavhar referat


Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Guliston Davlat Universiteti
Ijtimoiy fanlar va psixologiya kafedrasi

Pedagogika va psixalogiya yo’nalishi 62-21-guruh talabasi
Uzoqova Gavharbonuning “Oila psixologiyasi” fanidan yozgan


REFERATI
Fan o`qituvchisi: Fayziyeva Sh.
Tayyorladi: Uzoqova G.

Mavzu: Milliy g`oya va oilada shaxs tarbiyasi


Reja:
1. Milliy g`oya
2. Oila tarbiyasi
3.Tarbiya


Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.

Tarbiya atamasi


Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviy-axloqiy qiyofasi, estetik didining oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila, tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tar
rbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning nafaqat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki ahloqiy-maʼnaviy sifatlarining qaror topishi ham tezlashadi.


Yüklə 44,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin