DUDUQLANISH RIVOJLANISHI FAZALARI 1-faza. Duduqlanishning kichik epizodlari, ravon nutq davrlari qisqarishi kuzatiladi. Duduqlanishni birinchi bosqichining oxiri quyidagi belgilar bilan belgilanadi:
Talaffuzdagi qiyinchiliklar ko’pincha jumlaning dastlabki so’zlarida uchraydi;
Duduqlanish epizodlari bog’liq gaplar, ko’makchi so’zlar va nutqning boshqa qisqacha qismlarini so’zlashda paydo bo’ladi;
«Kommunikativ bosim» duduqlanishni og’irlashtiradi;
Bola so’zlashish bilan bog’liq qiyinchiliklariga munosabat bildirmaydi, u xijolat bo’lmasdan gapiradi. Hech qanday tashvish, nutqdan qo’rqish yo’q. Bir zumdagi emotsional chaqnash duduqlanishni chaqirishi mumkin.
2-faza. Aloqa qilishda muammolar, birgalikda kechiuvchi harakatlar yuzaga kela boshlaydi. So’zlashishdagi qiyin vaziyatlar soni asta-sekin oshib boradi.
Muammo surunkali tus oladi, ammo xurujlarning og’irligi farq qiladi;
Talaffuz bilan bog’liq muammolar ko’pincha qiyin so’zlardan iborat bo’lgan paglarni tez talaffuz qilishda yuzaga keladi, nutqning qisqa qismlarida esa kamroq uchraydi;
Bola nutqining buzilishidan xabardor, ammo o’zini duduq deb hisoblamaydi. Har qanday vaziyatda erkin gapiradi. 3-faza. Spazmatik sindromning mustahkamlanishi. Biroq, bemorlar nutqdan qo’rqishmaydi va noqulaylik sezishmaydi. Ular muloqot qilish uchun har bir imkoniyatdan foydalanadilar. Davolash taklifi bemor tomonidan qo’llab-quvvatlanmaydi yoki g’ayratga undamaydi. Ular o’zlarini xotirjam tutishadi.
Bemorlar duduqlanishlari tufayli ba’zi vaziyatlarda so’zlashish qiyin bo’lishini anglab yetadilar;
Muayyan tovushlar, so’zlar bilan bog’liq qiyinchiliklar paydo bo’ladi;
«Muammoli» so’zlarini boshqalar bilan almashtirishga urinishlar qayd qilinadi.
4-faza. Ushbu fazada duduqlanish — katta shaxsiy muammodir. Duduqlanishga yorqin emotsional reaktsiyalar paydo bo’ladi, natijada bemor gapirishdan qochishga harakat qiladi. Agar ilgari bemor vaqtivaqti bilan «muammoli» tovushlarni (so’zlarni) boshqasiga almashtirishga harakat qilgan bo’lsa, endi bu doimiy tus oladi. Bemor o’zining duduqlanishiga boshqalarning munosabatini diqqat bilan tinglashni boshlaydi. Duduqlanishni 4-fazasining xarakterli xususiyatlari:
Duduqlanishni kutish (antisipatsiya);
Muayyan tovushlarni (so’zlarni) talaffuz qilishdagi qiyinchiliklar surunkali xarakterga ega bo’ladi; Logofobiya (nutqdan qo’rquv);
Savollarga javob berishdan qochishga harakatlar.