Referati mavzu: Duduqlanish muomala (kommunikatsiya) vositasining buzilishi. Reja



Yüklə 33,82 Kb.
səhifə5/5
tarix18.05.2023
ölçüsü33,82 Kb.
#115849
növüReferat
1   2   3   4   5
DUDUQLANISH LOGO

.OLDINI OLISH
Duduqlanishni oldini olish usullari ikki guruhga bo’linadi. Ulardan biri bolaning sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash, ikkinchisi — bolaning nutq taraqqiyotini tashkil etishdir. To’laqonli ovqatlanish, doimo parvarish qilish, kun tartibiga va gigiena qoidalariga rioya qilish bolaning aqli va nutqi rivojlanishining, sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashning muhim tarkibiy qismidir. Asab tizimining normal ishlashi va uni ortiqcha yuklamaslikning oldini olish tetiklik va uyquning to’g’ri almashinuvi bilan ta’minlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagi anatomik-fiziologik tizimning o`ziga xos xususiyati bo`ladi: - bosh miya po`stloqi to`qimalarining tugallanmagan differensiasiyasi, shu jumladan psixomotor qismida, ajratib tashlangan harakatni statik bajarishni qiyinlashtiradi (qo`l, oyoqni bukish, rostlash), bu bilan bola tez charchab qoladi. SHu munosabat bilan ta`sirlanish va tormozlanish hamda ularning muvozanatini saqlash jarayonlarini bir tekis navbat bilan turishiga imkon beruvchi turli harakatlarni teztez almashtirib turish zarur; - 2–3 yoshdagi bolaning tez o`suvchi yumshoq suyagi har xil bukilishlarga duchor bo`ladi. SHuning uchun yelka kamarida qaddan oshgan kuchlanishda va uzoq vaqt statik holatida turish bilan bog`liq kuch harakatlarini bajarmaslik kerak; - 2-3 yoshdagi bolalarda ijobiy hissiyotlar asab-psixik doirasini funksional tashkil topishi va rivojlanishida katta o`rin egallaydi. Buning kuchida logoritmik mashg`ulotlarning mazmuni va tashkil etilishi bolalarda qoniqish uyg`otishi kerak. qo`llash va maqtash bolada hissiyot tonusini ko`taradi, motor va psixik tanglikni oldini oladi va ozod qiladi, hatto uning umumiy faolligini oshiradi, rag`batlantiradi va muloqotni yengillashtiradi. Nutq materialini tanlaganda kichik bolalar dialogidagi maxsus xislatlarni nazarda tutish kerak: sherigiga tez-tez luqma tashlash – takrorlash yordamida moslashish; gapirayotganlardan tengdoshlaridan qay biriga birinchi majburiy murojaat etish; dialogning nisbiy tashkil etilganligi: dialogga galma-galdan kirishish, muayyan insonlarga yo`naltirilish, ya`ni nutqning asosiy funksiyasini – kommunikativlikni amalga oshirish. 2–3 yoshdagi bolalar nutqni muloqot, kechinma yoki qo`shma harakatga chaqiriq vositasi sifatida qo`llaydilar. harakat bolalarda ko`pincha monologga nisbatan dialogni vujudga keltiradi, chunki bola yoki gaplashishga intiladi, yoki yordam so`raydi. Affektlarning (qattiq hayajonning) zaruratdan bevosita ifodalanishi va boshqalarga shaxsiy kechinmalarini xabar berish xohishida murojaat qilishning leksik va grammatik xususiyatlari tug`iladi: fe`llarning ko`p sonli buyruq mayli bilan bog`liqligi, o`z fikrini aytish buyruq yoki so`roq xarakterida, iltimos ko`rinishidan iborat bo`ladi. Odatda, duduqlanish paydo bo`lishi bilan ko`pchilik rivojlanayotgan bolalarda shaxsi, nutqi va xulqiga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi. SHu bilan birga ilk yoshdagi duduqlanadigan bolalarning bir qismida motor funksiyasining, nutqning, dilkashlikning, taqlidchilikning, tengdoshlari bilan o`zaro munosabatning, hamda yakka-shaxsiy xususiyatlarining disgarmonik rivojlanishi belgilanadi. G.A.Volkovaning tadqiqotlarida ko`rsatilishicha 2–3 yoshdagi duduqlanadigan va duduqlanmaydigan bolalarda quyidagi motor ko`nikmalarining rivojlanishi va avtomatlashishida kechikish kuzatiladi (sanab chiqish ontogenezda shakllanishi bilan muvofiqlikda beriladi): narsani ushlab olish va uni qo`lda uzoq tutib turish; “Ladushki”, “qakka” o`yinidagi kabi qo`l barmoqlari va panjaning harakati; qoshiqdan foydalanish; yurishni egallash; qurilish materiali bilan o`yinlarda ketma-ket harakatlar yonida. Bu bolalar betayin hulq bilan xarakterlanadilar, u atrofdagilarga affektiv munosabat ko`rsatadi. .Ko`pchiligida faoliyatda inertlik, tez toliqib qolish begilanadi. Tez-tez ta`sirlanuvchanlik, salbiy va tajovuzkorlik ta`sirlari. Ko`p bolalar yiqloqi. Ko`pchiligi uchun hatto yaxshi ko`rgan yaqinlari bilan ham muloqot qilishdan bosh tortishgacha tuturiqsizlik xos. Logopedik ritmika bo`yicha mashg`ulotlarni quyidagi shartlarni hisobga olgan holda o`tkazish kerak. Nutq, harakat va musiqali faoliyatning turli ko`rinishlarining o`zaro alqadorligi. Ilk bolalalikda ashula aytish, musiqa eshitish, musiqali-ritmik harakatlar hali maxsus vazifalar va dastur tarkibi bilan musiqali tarbiyalash bo`limlariga ajratilmaydi. Faqat bu faoliyatlar ko`rinishi paydo bo`lishi, musiqali qobiliyatning dastlabki shakllanishi, ashulali va motorli ko`rinishlar sodir bo`ladi. SHuning uchun musiqani eshitish xirgoyi qilish bilan, xirgoyi qilish harakatlar bilan kuzatiladi. Duduqlanuvchi bolalarda xarakatlar rivojlanishi 2 xil kurinishda - xarakatlar tezligi va xarakatlar sustligi kuzatiladi. Maktabgachatarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining xarakatchanligini 4 guruxga bulish mumkin: - ritm, temp, muskullar tonusi va muljalga olishning buzilishi; - chakkonlik, aniklik, tezlikning yukligi. Temp sust, dikkati tarkok, xis – tuygu kisman yuk, berilgan topshiriklarni kiynalib bajarishi kuzatiladi.Muskullar tonusi nimjon, xarakatlari ustida ish olib borish kiyinchilik tugdiradi. - mushaklarning kuchli tortishishi (tormozlanish) kuzatiladi. Tortishishlar asosan buyin va yelka kismda kuzatiladi, kul barmoklari musht xolda yoki bushashgan ochik, kullar bukilmaydi, kul va oyok xarakati bir biriga nomutanosib. Bolalar jamoa bilan uynashni xoxlamaydi, yuzda tuygular ifodasi sezilmaydi (jiddiy). Ular bilan olib boriladigan korrektsion ish uzok muddat talab etadi. - kuzgaluvchan, tez xarakatli, lekin kuchsiz bolalar, osoyishtalik ular uchun yot, ularda muskullar tonusi yukori, uyinlarga kuchli istak xoxish bilan yondashadi, xarakatli uyinlar ular kuzgaluvchanligini oshiradi. Uzgalar uyinlariga xam aralashib ketishadigan, ayrim paytlar agressiv xarakatli, uyinda asosiy bosh rolda bulishni xoxlaydigan bolalar turidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning duduqlanishini o’yin asosida bartaraf etish. Defektologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar orqali nuqsonni erta aniqlash va uni oldinroq tuzatish katta ahamiyatga ega ekanligi isbotlab beriligan. Duduqlanuvchi bolalarda duduqlanishni o’yin asosida bartaraf etish samarali kechadi. CHunki o’yin bolalarning yetakchi faoliyati bo’lib o’zining qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bolalikning daslabki kunlaridan taqlid qilish orqali yuzaga kelib, maktabga davrgacha u bola uchun atrof muhitni aktiv ijodiy aks ettirish shakli bo’lib qoladi. O’yin insonning boshqa faoliyatlari kabi, ijtimoiy xarakterga ega. Kompleks xarakterlar bilan amalga oshirilib nutqni ham o’z ichiga oladi. Duduqlanishni yuqotishda qo’llaniladigan o’yin metodikasi bolalardagi mohirlikni, faollikni, mustaqil muloqot usullarini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu metodika bolalarga birdek yondoshishga, metodik va tarbiyaviy ishlarni birgalikda olib borishga maxsus mashg’ulotlardan tashqari paytlarda bolalarda tashabbuskorlikni benuqson nutqni mustahkamlashiga sharoit yaratadi. Turli o’yinlar tizimida bolalar o’yin va o’yindan tashqari, ammo odamlarning hayotiy munosabatlarini aks ettirgan hollarda o’zini tutish qoidalarni o’zlashtiradilar. Natijada o’zlashtirilgan munosabat shakllari duduqlanuvchi bolalarning axloqi va nutqini qayta qurishga va nuqsonni yuqotishga zamin yaratadi. Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalarni duduqlanishini bartaraf etishda foydalaniladigan o’yin turlari mavjud. Bularga: .- didaktik o’yinlar; - harakatli o’yinlar; - dramatizatsiyalashtirilgan o’yinlar; - sukut saqlash rejimiga qaratilgan o’yinlar; - shivirlab gaplashishga qaratilgan o’yinlar; - ashula aytish bilan olib boriladigan o’yinlar kiradi. Bolalarda duduqlanishni bartaraf etishda yuqorida ko’rsatilgan barcha o’yinlardan foydalanish mumkin. Didaktik o’yinlar. Bunda ko’ruv, nafas, ovoz, eshitish, tovushlar tallaffuzini rivojlantirishga qaratilgan didaktik o’yinlar o’tiladi. 6-7 yoshli duduqlanuvchi bolalar uchun didaktik o’yinlardan «ovozidan bilib ol», «shaharlarga sayohat», «xat» o’yinlarini misol qilish mumkin. Stol ustida o’ynaladitan o’yinlar masalan: «loto, domino, mozayka, shashka, piramida» o’yinlari esa duduqlanuvchi bolalarning ko’ruv va eshituv idrokini, diqqatini, mayda motorikasini xotirasini rivojlantirishda xizmat qiladi. «Ovozidan bilib ol» o’yini 6-7 yoshlar uchun. Bir bola orqasini o’tirib turadi, Boshqalari navbat bilan qo’llaridagi pretmetlarni polga tushuradilar. Logoped yerga tushayottan narsalarni ko’rib turadi na shivirlab «bu tushgan narsa nima?» deb suraydi bola «Bu tushgan narsa qalam, bu esa lineyka » va hokozolarni aytadi. «SHahar bo’ylab sayohat». Logoped bolalar soniga qarab rasmlar tanlab oladi. Odamlar rasmi; ishchi, o’quvchi, sportsmen, ona va bola, savat ko’targan kampir. Transport; tramvay, avtobus, taksi va boshqalar. Bino va bezaklar; fontan haykal, xiyobon. Mashina markalari: Moskvich, Volga, CHayka, Jiguli. Gullar; lola, sirenь, atirgul, romashka. Rasmlar komplekta xonaning turli gomonlariga qo’yiladi. Bolalar shaharga topshiriq bilan boradilar va aniqlaydilar. SHaharda kimlar yashaydilar, qanday transportlarda yuradilar, shaharda qanday binolar va bezaklar, xushmanzara joylar bor, hiyobonda qanday gullar o’sadi. Topshiriqqa asosan topilgan rasmlarii olib, bolalar logoped yoniga qaytadilar va birgalikda ko’rganlarini gapirib beradilar. Harakatli o’yinlar. Duduqlanuvchi bolalar bilan sekin bajariladigan harakatli o’yinlar o’tkaziladi. CHunki bolalarda nafas va nutq tempi buzilmasligi kerak. SHuning uchun oddiy harakat bilan bajariladigan harakatli o’yinlar bajariladi. Ya’ni koptok, obruch, lenta, bayroqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar. Bunday o’yinlarning asosiy maqsadi bolalarning umumiy harakati va nutqini mustahkamlashga qaratilgan. Misol uchun «Koptok bilan bajariladigan harakatli o’yinlar». I) Bolalar davra ko’rib turadilar, ularning har birida koptok bir logoped kursatmasiga ko’ra ular koptokni bir qo’lidan ikkinchi qo’liga otib ilib oladilar, osmonga otadilar, yonidagilarga uzatadilar, yarim o’tirgan holda o’z atroflarida dumalatadilar, koptokni tushirib yubormay qo’ldan qo’lga eng ko’p o’tkazgan o’ninchi g’olib hisoblanadi. 2) Bolalar sanasi orqali "ovchini" saylaydilar, u stulga o’tiradi, qo’lida 2-3 ta koptok, signal xushtak chalingach "quyonlar" chiziqdan ichkariga kirib "ovchi" atrofida chopa boshlaydilar, shundan keyin ikkinchi signal chalingach "quyonlar" chiziqdan tashqariga yuguradilar, "ovchi" esa ularga koptok otadi koptok kimga tegsa u "ovchi" vazifasini bajaradigan bo’ladi. 3) "Kim ushlaydi?" Bolalar ikkitadan bo’lib bo’linadilar va navbatchidan yog’och qoshiqlar olib, unga sharchalar soladilar va tez qadam tashlab kabinetning ohiriga yurib boradilar. Maqsad sharchani tushirib yubormaslik. Murakkablashgan varianti: Qoshik, bilan yuruvchining ko’zini bog’lab qo’tsiladi. Bunday juftliklarga navbat berish sanash orqali bajariladi. Dramatizatsiyalashgan o’yinlar (sahnalashtirilgan). Dramali o’yinlar duduqlanuvchi bolalarda tassavvur, shaxsning shakllanishi, bolaning o’yin davomida faolligini va nutqini rivojlantirishga qaratiladi. Masalan «O’yinchoqlar uchun atelьe» o’yini. O’yinga tayyorgalik: Logoped topshirig’iga ko’ra bolalar atelьega ekskursiyaga boradilar. Mashg’ulotda esa rasmlarga qarab «atelьeda» degan savol- javobdan iborat suhbat o’tkaziladi. Agar bolalar atelьeda bo’lishgan bo’lsa. Har bir bola ko’rganlarini gapirib beradilar. Jihozlar: Qo’g’irchok, o’yinchoqlar, dazmol, qaychilar, iplar, santimetr, ignalar, gazlama bo’laklari, ilib qo’yish uchun «O’yinchoqlar uchun atelьe», «Ochiq», «Yopiq» belgilari. Rollar: Tikuvchi, buyurtmachi, atelьe mudirasi. Uyinning borishi: Atelьe mudirasi atelьeni ochilganini habar beradi. Tikuvchi uchun stul-stollar, tayyor obrazets uchun ko’ylaklarni ilib qo’yish buyuriladi va kerakli jihoz tayyorlab qo’yiladi va buyurtmachilarini qabul kila boshlaydi. O’yin qiziqarli o’tishi uchun xatoliklarga yo’l qo’yishi, boshqa kiyimni tikib qo’yishi yoki o’lchamlari katta yoki kichik bo’lib qolishi holatlarini aks ettirish mumkin. Taxminiy dialoglar: Tikuvchi: Siz nima tiktirishni xoxlaysiz? Buyurtmachi: Mana meni quyonchamga ko’ylakcha kerak (Tikuvchi oldiga quyoncha o’yinchog’ini qo’yadi). Tikuvchi: Gazlamangiz bormi? Buyurtmachi: Oling marhamat (gazlamani uzatadi) Tikuvchi: Qani kuyoncha to’g’ri turib olchi. Meni seni o’lchamlaringni olaman (santimetr bilan quyonchani o’lchab oladi). Buyurtmachi: Bizga yana kalpoqcha ham kerak. Tikuvchi: Bizning atelьemizda tayyor qalpoqchalar bor. Mana kiyib ko’ringlar. Balki sizlarga to’g’ri kelar. Buyurtmachi: (Kalpoqchani quyonchaga kiydirib ko’radi). Yo’q bu qalpoqcha to’g’ri kelmadi. Quloqlari uchun teshikchalar yo’q ekan. Tikuvchi: Unday bo’lsa qalpoqchaga ikkita teshikcha quyonchangiz uchun tayyorlab qo’yaman, faqat peshindan so’ng buyurtmangizni olishga keling, (tikuvchi boshqa buyurtmalarni qabul qiladi.) Tikuvchi: Qabulimni tugataman va buyurtmalarimni bichib-tikishim kerak - deydi. Tikuvchi: Kelinglar atelьe ochildi buyurtmalaringiz tayyor bo’ldi. (Tikuvchi hamma buyurtmachilarga kiyimlarni tarqatadi, ular kiyib ko’radilar va xursand bo’lib ketadilar). O’yin oxirida logoped ijrochining nutkini va rolini baholaydi. O’yinning hamma uchun qiziqarli bulishi uchun logopedning pedagogik mahoratiga bog’liq. Logoped o’yinni shunday tashkil etishi kerakki, bunda haddan tashqari his- hayajonga berilishga, nutqning tezlashib ketishiga yul qo’ymasligi va ravon nutqni rag’batlantirish kerak bo’ladi. Sukut saqlash rejimiga qaratilgan o’yinlar. Bolalar bilan nutqsiz (gapirmasdan) didaktik o’yinlar o’tiladi. Sukut saqlash rejimi, bolani to’g’ri gapirish malakalarini shakllantirishga qaratilgandir. Nutqsiz didaktik o’yinlarga masalan «Sukut saqlashni bilasizmi?» o’yini. Bolalar 5-7 minut mozaika bilan o’ynashlari, rasm chizishlari, kubik o’ynashlari mumkin. Lekin umuman gapirmasdan sukut saqlaydilar. «Ovozni eshitish va ko’rsatish» o’yini. Bolalar ko’zlarini yumib o’tiradilar. Logoped biror ovoz chiqaradigan o’yinchoqni chaladi, masalan surnay, pobrikushka yoki childirma so’ngra bola ko’zini ochib qaysi o’yinchoq chalinganini gapirmasdan qo’li bilan ko’rsatadi. «SHifoxonada» o’yini. Logoped bolaga aytadi: - Qani qarab chiqaylikchi seni uyinchoklaringni hammasi soglommi? Mana bu ayiqchangni qo’li osilib qolibdi, quyonchangni esa qulog’i og’riyapti ularni davolashimiz kerak. Kim buni uddasidan Kim chiqa oladi? (bir bola chiqadi) Logoped: Yaxshi demak sen doktorsan! Seni o’yincholaring kasal – endi ularga tinchlik, jimjitlik kerak. (Logoped yordamida doktor bola o’yinchoqlarini davolaydi, uxlatadi isitmasini o’lchaydi, uxlatadi tezroq tuzalishi uchun barcha choralarni ko’radi). «Lekin qo’g’irchoqlar uxlayotganda hech kim gapirmasligi kerak» deb logoped tushuntiradi. O’yinga turli jihozlar shprits, fonendoskop, dorilar, bint, paxtalar kerak bo’ladi. O’yin yakunida bola «mehribon doktor» degan nomini oladi. SHivirlab gapirishga qaratilgan o’yinlar. Bolaning o’zini erkin, bo’sh tutishiga qaratilgan o’yinlar o’tkaziladi. Masalan «Biz uxlayapmiz», «Topishmoqli xaltacha», «Dengiz to’lqinlanayapti» o’yinlari.

Adabiyotlar.
1. Volkova G.A. Logopedicheskaya ritmika. Moskva. Prosveщenie. 2003 g.
2. Logopediya (pod.red. Volkovoy L.S. i SHaxovskoy S.N.) Moskva. 2003.
3. Filicheva T.B., Volkova L.S., CHirkina G., Muminova L., Ayupova M. Logopediya. Toshkent. O’qituvchi. 1993 yil.
4. Xrestomatiya po logopedii. (pod.red. L.S.Volkovoy i V.I.Seliverstovoy) Moskva. Vlados. 1997 yil.
5. Logopedicheskaya ritmika (uchebno-metodicheskoe posobie dlya logopedov spets.det. sadov) Toshkent – 2006.E. N. Nazarova, SH. BoltaevaD. Nurkeldieva
Yüklə 33,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin