Referati mavzu: ertak va hikoya o‘tish darslarini kuzatish va didaktik materialarni tahlil qilish reja
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
BOSHLANGʻICH TAʼLIM YOʻNALISHI
52-21-GURUH TALABASI
TOHIROVA GULYORANING
ONA TILI OʻQITISH METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN
REFERATI
MAVZU:ERTAK VA HIKOYA O‘TISH DARSLARINI KUZATISH VA DIDAKTIK MATERIALARNI TAHLIL QILISH
Reja:
1. 1-, 2-, 3-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida ertak oʻtish darslarini kuzatish va tahlil qilish.
2. 4-sinf “Oʻqish” darslarida ertak matnini oʻqitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta'sirchanligi, o'tkirligi, ma'nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko'pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo'shilib ketadi.Ertakning o'tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, unda ezgulik kuchining yaxshilikning doimo g'alaba qilishi bolalarni o'ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so'z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta'sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko'pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z kishilar timsoli boiadi.Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o'quvchilar unda to'g'rilik, halollik g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya'ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va yomonlik, vovuzlik mahkumlikka uchraganidan qiivonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo'lishini istaydilar. Masalan, „Halollik" ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag'allarga yordam ko'rsatish, o'z mehnati bilan hayot kechirish bo'lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g'oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, „Hiylagarning jazosi" ertagida esa
(4-sinf) soddadilning to'g'riligi hiylagarning makri ustidan g'olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g'oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to'g'riso'zlilikning g'alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g'alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.Ertak bolalarda qahramonlarning hatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko'nikmasini o'stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g'alaba qozonishiga ishonch uyg'otadi. O'quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida „Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?)", „Nima uchun?", „... nima uchun jazolandi? (yoki rag'batlantirildi?)", „Nima uchun ertakdagi ba'zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba'zilaridan yuz o'giradi?)" kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar.
Boshlang'ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko'proq o'qitiladi. „Bo'rining tabib bo'lgani haqida ertak" (Anvar Obidjon), „Ko'zacha bilan tulki" kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o'qitiladi va tahlil qilinadi.
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o'qish, savollarga javob berish, o'quvchilarning o'zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.
Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida „Ertakning sizga juda yoqqan joyini topib o'qing", „Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting", „Hayotingizda ertakdagi voqealarga o'xshash voqealar bo'lganmi?" kabi savol-topshiriqlar yordamida o'quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, „Davlat", „Ilm afzal", „Hiylagarning jazosi"', „Hunarsiz kishi o'limga yaqin" kabi maishiy ertaklarni ham o'qiydilar. Bunday ertaklarda xalq o'z hayotini hikoya qiladi, shu sababli o'quvchilar ertakni o'qigach, o'tmishdagi xalq hayotini, o'y-fikrlari va orzu-istaklarini bilib oladilar.
Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o'qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilaming xulq-atvori, ayrim hatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo'lib o'qiydilar.
„Davlat" ertagi (4-sinf) oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o'qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofimizdagi tabiatni, borliqni qanday tasawur etishlari haqida suhbat o'tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o'zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to'g'ri tushunishga yordam beradi. „Davlat" ertagi matni ustida ishlash jarayonida o'quvchilar „Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?", „Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?" kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo'lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o'qishgagina etnas, balki uni aytib berishga o'rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og'zaki nutqni o'stiradi, bolalar nutqini yangi so'z va iboralar bilan boyitadi.
O'quvchilarni 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o'rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o'qituvchi aytib berishi mumkin.
O'quvchi ertak mazmunini o'zlashtirib olgandan so'ng, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda o'quvchilarning o'z nutqida til vositalaridan o'rinli foydalanish talab qilinadi. Til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur.
Ertak tilida shunday so'z va iboralar borki, ular bolaga o'zgacha ta'sir ko'rsatadi. Masalan, „Yo'lbars, Tulki va Bo'ri" ertagida „Tog' echkisi siz ulug'imizniki bo'lsin", „Quyon siz podshohimizning ertalabki nonushtangiz bo'lsin", „Kiyik kechqurungi taomingiz, qo'y kunduzgi xo'ragingiz bo'lsin" kabi gaplar tarkibidagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarga o'quvchilar diqqati qaratilib, ertakni so'zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g'oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo'li bilan bog'lanishli nutqni o'stirish, nutqning ta'sirchanligini oshirish lozim. Masalan, „Rostgo"y bola" (1-sinf) ertagida bola o'z rostgo'yligi bilan podshoga ma'qul bo'lganligi hikoya qilingan. Bu ertakning yangi pedagogik texnologiya asosida o‘tish namunasini quyida keltiramiz:
So'z ma'nolari ustida ishlashda boshlang'ich sinf o'quvchilariga mos bo'lgan usullardan yana biri rasmdan foydalanishdir. Masalan, 2-sinfda „Ko'ngilchan o'tinchi" ertagida qayin, eman, shumtol, zarang, zirk, tog'terak, qarag'ay, qayrag'och, chinor kabi daraxt nomlari keltirilgan. Ularni bola ko'z oldiga keltira olmaydi. Ertakni o'qishdan oldin shu daraxt rasmlarini ko'rsatib, uning o'ziga xos xususiyatlarini izohlash va nomlarini aytish lozim. Shundan so'ng didaktik o'yin o'tkaziladi. Bunda daraxt rasmlari bolalarga bo'lib beriladi. Har bir o'quvchi o'ziga berilgan rasmdagi daraxtning nomini aytishi va ertakdagi shu daraxtning so'zini o'z so'zlari bilan aytib berishi kerak bo'ladi.
Shu ertakni o'qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o'quvchilardan shaylanib, ro'parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo so'zlarining ma'nosi so'raladi. Javoblar to'ldiriladi, umumlashtiriladi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo'llangan badiiy vositalar. jonlantirish, metafora, mubolag'alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o'rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo'lishi mumkin:
Ertak bilan tanishtirish:
O'quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
O'qituvchining ertakni ifodali o'qishi, yod aytib berishi va hokazo.
Ertakni o'quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o'tkazish;
Ertakni qismlarga bo'lib o'qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma'nodosh so'zlarni topish, lug'at ishi (ayrim so'zlar ma'nosini tushuntirish);
Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o'qish);
Ertakni so'zlab berish;
Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g'oyasini ochish);
Ma'lum topshiriq asosida ertakni qayta o'qish (ijodiy va mustaqil ishlar);
Vazifani tekshirish va yakunlash;
Uyda ertakni o'qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.
Dostları ilə paylaş: |