Xulosalar Iktisodiy o`sish to`lik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish potentsial YAIM xajmining uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi. U o`sish ishlab chikarish natijalari va omillarida ro`y beradigan mikdor va sifat o`zgarishlarini xarakterlaydi.
Iktisodiy o`sish real YAIM ning, yoki axoli jon boshiga to`gri keladigan real YAIM ni o`sish sur`ati bilan o`lchanadi.
Iktisodiy o`sish taklif, talab va taksimot omillari bilan belgilanadi.
Iktisodiy o`sishni belgilovchi talab omillariga tabiiy resurslar soni va sifati, mexnat resurslari soni va sifati, kapital, texnologiya va boshkalar kiradi.
Bulardan foydalanish usuliga ko`ra iktisodiy o`sish ekstensiv va intensiv turlarga bo`linadi. Ishlab chikarish resurslar mikdorini o`zgartirmagan xolda o`ssa, intensiv omillar xisobiga amalga oshgan xisoblanadi.
Iktisodiy o`sish modellari deganda iktisodiy o`sishni taxlil kilishda foydalaniladigan, ularning manbalarini aniklash va konuniyatlarini ochib berishga xizmat kiluvchi modellar tushuniladi.
Keynschilar ( Xarrod, Domar) modellarida iktisodiy o`sishning asosiy omil investitsiyalar deb karaladi. Jamgarish normasini ko`tarish orkali investitsiyalarni ko`paytirish va ularning samaradorligini oshirish ixtisodiy o`sish shartlari deb karaladi.
Klassik modellarda iktisodiy o`sish ishlab chikarishning barcha omillariga boglik, mexnat va kapital o`zaro almashiniladi deb karaladi. SHunga ko`ra kapitalning ma`lum darajasida mexnatning kapital bilan kurollanganlik darajasi, o`z navbatida ishlab chikarish xajmi xam turlicha bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1.Agapova T.A.Seregina S.F. Makroekonomika:Uchebnik.-7-e izd.pererab. i dop.-M.:Izdatel’stvo “Delo i servis”, 2005. 240-262 s.s.
2 Axmedov D.K.,Ishmuxamedov A.E., Jumaev K.,Djumaev Z.A. «Makroiktisodiyot» T.: O`zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi nashriyoti 2004, 145-156 b.b.
3. Ivashkovkiy S.N. Makroekonomika: Uchebnik.-2-e izd., dop.- M.: Delo, 2002, 363-418 s.s.
4.. Tarasevich L.S., Grebnikov P.I., Leusskiy A.I. Makroekonomika: Uchebnik. - 5-e izd. , M.: YUrayt-Izdat, 2004., 518-540 s s..