Referati mavzu: "Mavzu:"Arrani ishga sozlash. Arra turlari Arralash. Arralash usullari. Metallarni qaychida qirqish."


Dastakli chilangarlik arrasi: 1- ramka (stanok); 2 - quyruq



Yüklə 22,83 Kb.
səhifə3/4
tarix02.10.2023
ölçüsü22,83 Kb.
#151581
növüReferat
1   2   3   4
Referati mavzu Mavzu Arrani ishga sozlash. Arra turlari Arral-fayllar.org

Dastakli chilangarlik arrasi: 1- ramka (stanok); 2 - quyruq;
3 - dasta; 4 - arra polotnosi; 5 - shtift; 6 - tortuvchi vint; 7 - quloqli gayka
Metallni arralash jarayoni sortli prokatni arra yordamida boiaklarga ajratishdan iborat chilangarlik operatsiyasidir.
Yurtimiz hududida qadimdan metallni qayta ishlash, ya’ni hunarmandchilik qurollari ishlab chiqarish uchun sharoitlar mavjud bo‘lgan. Misning tabiiy zaxiralari, kumush, qo‘rg‘oshin, aluminiy kabi materiallar juda ko‘p edi. Hunarmandlar qadimdan bir-biri bilan birikib, bir mahallada yashaganlar, shuning uchun mahallalarining nomi ko‘pchilik qaysi hunar bilan shug‘ullansa shu nom bilan yuritilgan. Yurtimizda bunday mahallalar ko‘p bo‘lgan. Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo qadimdan pichoqchilik markazlari bo‘lib, ular o‘zining ishlash texnologiyasi, shakli, katta-kichikligi va bezaklari bilan farq qilgan. Pichoqlarni badiiy bezash katta o‘rin tutgan. Shuning uchun ham Sharq madaniyatining eng yaxshi an’analarini qayta tiklash va o‘zlashtirish natijasida yurtimiz pichoqsozlari milliy pichoqni san’at darajasiga ko‘targanlar. O‘zbek xalq amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turlaridan biri kandakorlikdir. Kandakorlik deganda metalldan yasalgan badiiy buyumlarga o‘yib yoki bo‘rtiq qilib naqsh ishlash tushuniladi. O‘zbekiston hududida joylashgan shaharlarda metalldan yasalgan badiiy buyumlarni ishlab chiqarish qadimdan rivojlanib kelayotgan san’at bo‘lib, bu san’at o‘zining qadimiyligi bilan kulolchilikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Savdo-sotiqda qadimda kandakorlik buyumlariga talab katta bo‘lgan. Bu asarlar ramziy ifodalarning yangi uslublari hamda g‘oyalarini tarqatish manbayi bo‘lib xizmat qilgan. Mahalliy san’at asarlari qo‘shni mamlakatlar san’atining eng yaxshi yutuqlari bilan boyib borgan. Qadimda buyum yasash urf bo‘lib qolgan. Mahalliy ustalar oltin, kumush, jez, mis va boshqa metallardan har xil buyumlar yasaganlar. Qadimgi va ilk o‘rta asr kandakorligi, asosan, hallangan kumush buyumlarda o‘z ifodasini topdi. Suv keltirish, suv saqlash va choy damlash uchun mis choynak, mis ko‘za, choydish, kashkil o‘zbek xalqi orasida eng ko‘p tarqalgan mis idishlardan biridir. Choydishda suv tashiladi yoki choy qaynatiladi. Uning bo‘yi 25–30 sm, qorni esa balandligiga yaqin kattalikda bo‘ladi. Ular har xil ko‘rinishga ega bo‘lib, tagida chambaragi bo‘ladi. Uning dastasi quyilib, 81 idishning o‘rtasiga ikki mix bilan parchinlab mahkamlanadi. Choydishning qopqog‘i ko‘pincha shabaka, ya’ni panjarali o‘yma qilib ishlanib, dastasiga o‘rnatiladi. Dastalari yoy shaklida qayrilgan bo‘lib, pastki uchi tumorcha “madoxil” shaklida tugaydi. Ba’zi hollarda ilon boshiga o‘xshatib quyilib, ilonning og‘zi ochiq yoki yopiq holda tasvirlanadi. Qadimgi miskarlarning aytishicha, ilon boshining tasviri idishni jinlardan saqlaydi. Idishlar dastasiga idishni ishlagan ustaning nomi, ayrim hollarda buyurtma berganning nomi yozib qo‘yilgan. Choydishlarning yumaloq, yapaloq qorinli “satranj” va ingichka bo‘g‘izli “isfaxon”lari bo‘lgan. Ko‘za – ariq yoki quduq suvlarini tashishda ishlatiladigan kattaroq idish. Ko‘za ikki xil: qorni yumaloq, bo‘g‘zi yuqoriga kichrayib ketuvchi hamda konussimon qorinli bo‘ladi. Suv olib kelish uchun mis Chelak – kashkil ham ishlatilgan.
Metallni bo‘laklarga bo‘lish uchun arralash polotnosi, qaychi va boshqa kesuvchi asboblardan foydalaniladi Metallni bo‘laklarga bo‘lish uchun arralash polotnosi, qaychi va boshqa kesuvchi asboblardan foydalaniladi
Metallni qirqish uchun asbob. Qalin bo‘lgan listli, polosali kesimi doira shaklida bo‘lgan, profilli metallarni qirqish uchun qo‘l temir arrasi ishlatiladi. U paz, shlis, aylana bo‘ylab belgi qilish uchun ham ishlatiladi (47-rasm). Temir arra polotnosi tishlarini shunday o‘rnatish kerakki, uning egilgan tishlarining uchlari ushlagichga teskari bo‘lsin. Sal tortilgan polotnoning tishlari arralagan paytda sinib ketishi mumkin, aksincha, agar polotno juda qattiq tortilib o‘rnatilsa, sal qiyalikdan ham polotno sinib ketadi.
Polotno tishlarining qayrilish burchagi, odatda, 60° ni tashkil qiladi. Metallni qirqayotgan paytda ishqalanish kuchini kamaytirish uchun ikki tomonga qayriladi. Polotno to‘lqinsimon qilib ishlangani uchun uning qirqish eni 0,25 – 0,6 mm dan ko‘proq bo‘ladi. Temir arra polotnosining uzunligi, odatda, 250–350 mm, eni 12–15 mm, qalinligi 0,6–0,8 mm bo‘lib, tishlar qadami 0,6–1,2 mm ni tashkil qiladi. Metallni qirqish usullari. Ishga tushishdan oldin qirqiladigan materialni avval tiskida mahkam qotirib olish kerak. Arralanadigan joy tiskiga yaqin bo‘lishi shart. Agar u tiskidan uzoqroqda joylashsa, unda kesish paytida tebranib, polotnoni sindirib yuboradi. Qirqish paytida shunga ahamiyat berish kerakki, chizilgan chiziq o‘chib ketmasin. Ishlagan paytda temir arrani gorizontal holatda ushlash lozim
Uni keskin tortmay, asta Qo‘l temir arrasi: 1 – qirqqich; 2 – qotiruvchi gayka; 3 – arra stanogi; 4 – ushlagich; 5 – arra polotnosi. 64 sekin harakatlantirish va oldinga qarab surilganda sekin egish kerak. Temir arraning harakat tezligi taxminan ikki tomonga bir daqiqada 35–50 marta bo‘lishi tavsiya qilinadi. Polotno bilan qirqilayotganda detallning devori orasidagi ishqalanish kuchini kamaytirish uchun unga tinmay yog‘ surtish kerak. Agar polotnoning tishi sinib qolsa, unda qirqishni to‘xtatib, singan tishni olib tashlab, o‘rniga charx yordamida yoysimon shakl berib, yana qirqishni davom ettirish mumkin (48-rasm). Bir xilda uzun zagotovkani qirqayotgan paytda temir arraning dastgohi zagotovkaning tepasiga tegib qolgani uchun uni qirqish imkoni bo‘lmay qoladi. Shunda dastgohni polotnoga nisbatan 90° ga burib mahkamlab olsangiz, unda bemalol qirqishni davom ettirishingiz mumkin (49-rasm). Ingichka metall listlarni qirqish uchun uni ikkita yog‘och bruslar orasiga mahkamlab qirqish mumkin (50-rasm). Quvurlarni qirqish uchun ularni tiskida gorizontal holatda o‘rnatiladi. Devori ingichka bo‘lgan quvurlarni qirqish uchun yog‘och bruslar yoki ingichka metall listlardan foydalaniladi .
Metallarga ishlov berish asosan kesib ishlash hamda bosim bilan ishlash orqali amalga oshiriladi.
Bosim bilan ishlov berish metallni tashqi katta kuch yordamida plastik deformatsiyalash yoii bilan detal va boshqa elementlami tay- yorlash usuli bosim bilan ishlov berish usuli deb ataladi. Bosim bi­lan ishlov berishning quyidagi usullari bor: prokatka, volocheniye, berish mumkin. Cho‘yan, marganes va boshqa sinuvchan metallarga bosim bilan ishlov berib bo‘lmaydi.

23-rasm. Bosim bilan metallarga ishlov berish: a) prokatka; b) volocheniye; d) presslash; e) kovka; f) issiq hajmli shtampovka; g) sovuq listli shtampovka


Metallar har xil egiluvchanlikka ega. Eng egiluvchan metall qo‘rg‘oshindir. Sovuq holda bosim bilan qalay, aluminiy, mis, rux va temirga

Prokatka yoii bilan chiqarilayotgan mahsulotlar turli profil- ga ega: kvadrat, olti burchak, aylana shaklida, ugolok, shveller, ikki tavrli balka, rels, qurilish armaturasi, turbina parraklari va boshqa- lar. Cho‘zilgan yoki presslangan zagotovkalaming ko‘ndalang qismi- ni kichraytirish, silliqlashtirish maqsadida teshikli volokdan o‘tkazish volocheniye deb ataladi. Volokli stanlar volok va tortuvchi mosla- malardan iborat. Volocheniye sovuq va issiq holda amalga oshiriladi, bunda albatta ishqalanishni kamaytiruvchi moddalar ishlatiladi.


Presslash-metallga ishlov berish turlaridan biriga kiradi. Metallni yopiq sig‘imdan maxsus matritsa kanali orqali siqib chiqarish press­lash deb ataladi. Presslashda asosan rangli metallar issiq holatda ishla­tiladi. Presslash gidravlik presslar yordamida olib boriladi.
Shtampovka - metallga bosim bilan ishlov berish usullaridan boiib, bunda mahsulotning shakli va oichamlari asbobning konfigu- ratsiyasiga, ya’ni shtampaga bogiiq.
Listli shtampovka yoii bilan yassi va hajmli mahsulotlar tayyor- lanadi. U issiq va sovuq holda ishlatilishi mumkin. Shtampovka mah- sulotlari juda keng boiib, ular bolalar o‘yinchog‘idan boshlab idish- tovoqqacha, samolyot detallaridan, kemalargacha qoilaniladi. Bu yoi bilan avtomobillaming salkam hamma detallari yasaladi.
Quyish. Bu usul zagotovkalami va mashina detallarini tayyorlash­da keng tarqalgan. Uni bajarish uchun bir formani ichki bo‘shliq boigan tomoni maium konfiguratsiya va oichamga ega boigan bo‘shliqqa eritilgan metall quyiladi. Metall qotgandan keyin formadan mahsulot olinadi va keyingi ishlov beriladi.
Ishlab chiqarishda quyish uchun bir martali qum formalari va ko‘p martali metall formalari ishlatiladi. Oddiy detallami quyish uchun metall qoliplar ikki yoki bir nechta boiakdan iborat bo‘lishi mumkin. Bunday qoliplami maktab ustaxonasida, xavfsizlik choralarini ko‘rib, tayyorlash mumkin.



Yüklə 22,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin