Referati mavzu: "Mavzu:"Arrani ishga sozlash. Arra turlari Arralash. Arralash usullari. Metallarni qaychida qirqish."
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Urganch davlat Pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti Texnologik ta’lim
yo’nalishi 222-guruh tolibi
Ochilov Karimboying
Texnologiya ta`lim praktikumi
fanidan yozgan
REFERATI
Mavzu: “Mavzu:”Arrani ishga sozlash.Arra turlari Arralash.Arralash usullari .Metallarni qaychida qirqish.”
Topshirdi : Ochilov K.
Qabul qildi : U.Kurbanov
Urcanch 2023
Mavzu:”Arrani ishga sozlash.Arra turlari Arralash.Arralash usullari .Metallarni qaychida qirqish.
Reja:
Arrani ishga sozlash.Arra turlari
Arralash.Arralash usullari .
Metallarni qaychida qirqish.
Foydalanilgan adabiyotlar
Markaziy Osiyoda qadimdan hunarmandchilik taraqqiy etib kelgan. Hunarmandlar xalqning ehtiyojidan kelib chiqib, kerakli buyumlar yasaganlar. Shahrixon, Urgut, Qo‘qon, Marg‘ilon, Chustda hunarmandlar alohidaalohida mahalla bo‘lib yashaganlar, ya’ni hunarmandlar qaysi kasb bilan shug‘ullansalar, shu hunar nomi bilan mahalla nomi ham aytilgan. Chunonchi, zargarlik bilan shug‘ullangan mahalla bo‘lsa “zargarlik mahallasi”, pichoqchilik bilan shug‘ullansa “pichoqchilik mahallasi” deb yuritilgan. O‘sha vaqtlarda miskarlik, zargarlik, bo‘yrachilik, tandirchilik, sandiqchilik, pichoqchilik, aravasozlik, kulolchilik, toshtaroshlik, savatchilik mahallalari mavjud bo‘lgan.
Duradgorlik dastgohlarida yog‘ochga ishlov berish jarayonlari bajariladi. Ma’lumki, duradgorlik dastgohlarining tuzilishi har xildir. Shulardan biri 37-rasmda ko‘rsatilgan. Duradgorlik dastgohlari turli- cha bo‘lsa-da, ularning hammasida yog‘och yoki metall asos (dastgoh tagligi) va iskanjali yog‘och qopqoq boiadi. Asosda stol o‘matilgan boiadi. Stolning asosiy qismlari bo‘ylama va ko‘ndalang tiskilardan, ponalar o‘matish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va asbob-usku- nalar qo‘yish uchun moslangan novdan iborat. Har bir ish o‘miga individual asbob-uskunalar, yog‘och materiallar, dastgoh noviga xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda batartib o‘matiladi. Dastarra, randa, iskana, bolg‘a kabi asboblaming dastalari ishlovchiga qaratib o‘matiladi.
Dastgohdan foydalanib arralashda arralanadigan taxta materialning uzun-qisqaligiga, enlik-ensizligiga qarab tilish va qirqish turli hollarda olib boriladi.
Asboblar dastgohda foydalanish uchun qulay holatda turishi kerak (37-rasm).
Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi (3 8-rasm). Uning yordamida vint dastgohini burab siquvchi taxtacha suriladi va ishlov beriladigan detal mustahkamlanadi yoki bo‘shatiladi.
Duradgorlik dastgohining poldan balandligi unda ishlovchining bo‘yiga mos boiishi kerak. Buni quyidagicha tekshirish mumkin:
Duradgorlik dastgohi va unda asboblarning joylashtirilish
Duradgorlik dastgohining iskanjasi
Dastgoh yonida turing va qollaringizni cho‘zib, kaftlaringizni dastgoh ustiga qo‘ying. Agar shunda qaddingizni yoki qo‘llaringizni bukishga to‘g‘ri kelmasa demak, dastgohning balandligi to‘g‘ri o‘matilgan.
Dastgohning usti shikastlanmagan, vintli iskanja oson surilishi kerak. Duradgorlik dastgohidan foydalanishda uning oldingi va ke- yingi iskanjalarini haddan tashqari siqish mumkin emas. Ponalami dastgohdagi uyalarga faqat to‘qmoq yordamida o‘matish lozim. Dastgoh qopqoglni kesuvchi va zarb beruvchi asboblar shikastlashi- dan saqlash kerak.
Yog‘ochlarga qolda ishlov berish asboblari juda ko‘p bo‘lib, ularning ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Iskanjalar buyumni ishonchli tutib tura olishi, ularning siqib turuvchi qismi deformatsiyalanmagan bo‘lishi talab qilinadi.
Bolg‘a, kuvalda va boshqalar muhrasi tekis boiishi, chuqurcha yoki yorilgan joylari bolmasligi, mustahkam tutqichga ega boiishi kerak.
Bolg‘a va kuvalda tutqichlari qattiq, qayishqoq yog‘och turlaridan ishlanadi.
Yumshoq, mo‘rt yog‘ochdan ishlangan tutqichlardan foydalanish taqiqlanadi.
Bolg‘a va kuvalda silliq, oval kesimli, tutib turiladigan tomoni yo‘g‘onlashib boradigan shaklda bo‘lishi kerak. Tutqich yuzasi silliq, tekis boiishi, yoriq va payraxalari bo‘lmasligi kerak.
Egov, iskana, arra va boshqa shu kabi asboblar keyingi qismiga yorilib ketishning oldini oluvchi metallar-halqali tutqichlar o‘matiladi.
Tutqich uzunligi asbob olchamiga mos kelishi ta’minlanadi.
Asbob og‘irligi va o‘lchami unda ishlovchi o‘quvchining yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim.
Qayd etilgan asboblardan tutqichi bo‘lmagan, nosoz boigan holda foydalanish taqiqlanadi.
Metallga ishlov berishda uchqundan saqlanish uchun himoya ko‘zoynaklari taqiladi. Ishlab chiqarish ustalari himoya ko‘zoynak- laridan foydalanishni nazorat qilishlari kerak.
Arralar to‘g‘ri kerilgan va charxlangan boiishi kerak. Arra tutqichlari mustahkam o‘matilgan, silliqlab tozalangan boiishi kerak.
Randalash asboblari tekis, silliqlab tozalangan kolodkalarga ega boiishi kerak.
Kolodkaning keyingi qismi to‘mtoqlangan, tutqichi silliqlangan boiishi kerak. Randalash asbobi yo‘nish qismi to‘g‘ri charxlangan, yog‘och kolodkaga mustahkam va zich o‘matilgan boiishi, yorilgan joy lari va chuqurchalari bolmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |