Guliston shahar 1-umumta’lim maktabi 9-A sinf o’quvchisi Ergasheva Maftunaning O’zbekiston tarixi fanidan tayyorlagan
REFERATI
Qabul qildi: Do’stov Davron
Nikolay Kopernik
(1473—1543)
Nikolay Kopernik 1473 yilning 19 fevralida Polshaning Torun shahrida tavallud topdi. Uning otasi savdogar bo’lib, bu shaharga Germaniyadan ko’chib kelishgan edi. Nikolay Kopernik oilada to’rtinchi farzand bo’lgan. O’n yoshgacha Nikolay Kopernik farovon va to’qchilikda hayot kechirdi. Uning baxtiyor bolaligi, bo’lajak olim roppa rosa o’n yoshga to’lgan vaqtda to’satdan qayg’uli yillarga almashindi. Yevropaning deyarli yarim aholisini hayotdan olib ketga o’lat epidemiyasi Torunga ham yetib kelib, Nikolay Kopernikning otasini ham o’zining dastlabki qurbonlaridan biriga aylantirdi. Padaridan ayrilgan Kopernikning keying taqdiri, uning o’qishi va tarbiyasi muammolari tog’asi Lukash Vachendore zimmasida qoldi.
1491 yilning oktaybr oyi ikkinchi yarmida Nikolay Kopernik akasi Anjey bilan birgalikda Karkov shahriga keladi va mahalliy universitetning san’at fakultetiga yoziladi. Bu fakultetni tugatib, Kopernik 1496 yilda Italiya bo’ylab uzoq safarga otlandi. O’sha yilning kuzida u akasi Anjey bilan Bolonyaga yetib keldi. Bolonya bu vaqtda Rim Papasiga bo’ysinuvchi hudud bo’lib, uning mahalliy universiteti juda mashhur edi. Bu universitetning yuridik fakulteti mamlakatdagi cherkov huquqlari, muqaddas huquqlar va fuqaro huquqi bo’limlarida bilim olish uchun eng nufuzli dargohlar sanalgan. Nikolay Kopernik shu fakultetda ta’lim ola boshladi.
Aynan Boloniyada Kopernik astronomiyaga bo’lgan qiziqishlarini o’zining ilmiy faoliyatiga asos bo’ladiga darajada shakllantirdi. 1497 yil 9 mart oqshomida astronom Domeniko Mari Novara bilan birgalikda Nikolay Kopernik o’zining ebg dastlabki ilmiy astronomik kuztishlarini olib bordi. Bu kuzatishdan keyi Kopernik Oyning kvadraturada joylashgan vaqtidagi yerdan uzoqlik masofasi, yangi oy, yoki to’lin oy vaqtidagilar bilan bir xil ekan. Universitetda o’rgatilgan Ptolimey ta’limoti faktlari bilan bunday nomuofiqlik Nikolay Kopernikni chuqur ilmiy mulohazalar qilib ko’rishga undadi.
1498 yilning ilk oylarida Nikolay Kopernik sirtdan Fromborg kaputulining[1] kanonik martabasidagi ruhoniysi bo’lib qabul qilindi. Bir yil keyin akasi Adjey ham aynan shu kapitulning kanonik ruhoniysiga aylandi. Lekin, bunday martabalarga erishishning natijasi aka – ukalarning moddiy ahvoliga ijobiy ta’sir qilmadi, aksincha, 1499 yil oktyabriga kelib ular butunlay pulsiz qolishdi. Bolonyaga doimiy kelib turuvchi ko’plab boyvachcha horijliklar va mahalliy amaldorlar bilan taqqoslaganda ularning moddiy ahvoli juda achinarli edi. Ularga shu vaqtlarda Polshadan Italiyaga kelgan kanonik Bernard Skuletti oz bo’lsada moddiy yordam berib turdi.
1500 yilda Nikolay Kopernik qisqa muddatha Polshaga qaytadi. Lekin u tezlik bilab yana Italiyaga yo’l olib, Padiya universitetining tibbiyot bo’limiga o’qishga kiradi. Bir vaqtning o’zida u Ferrara universitetida ilohiyot fanlari doktori unvoniga sazovor bo’ladi.
Nikolay Kopernik har tomonlama ma’lumotli va o’qimishli kishi sifatida vataniga qaytdi. Bu qaytish 1503 yilda sodir bo’ldi. Dastlab u Lidzbark shahrida, keyinroq ea Visla daryosining etagidagi kichik baliqchilik shahrchasi – Fromborkda qo’nim topib mahalliy cherkovda ruhoniy bo’lib ishlay boshladi.
O’zining Italiyada boshlagan astronomik kuzatishlarini Lidzbarkda cheklangan miqiyosda davom ettirgan Kopernik, Fromborkda ularni jadal va keng ravishda davom ettirdi. Lekin, bu hududning shimolga xo katta kenglikda joylashganligi, Visla qo’ltig’i tez tez tufayli yuzaga keluvchi tumanlik hamda osmonning muttasil bulutli bo’lishi Kopernikning tadqiqotlariga jiddiy xalal berardi.
Kopernik kuzatuvlar olib brogan vaqtda hali teleskop kashf qilinmagan edi. Xattoki teleskopgacha bo’lgan eng ilg’or va aniq astronomik kuzatuv usullari hisoblangan Tixo Bragening uskunalari ham Kopernikda bo’lmagan. (Tixo Brage usulidagi noaniqlik ko’pi bilan ikki minut bo’lgan). Uning kuzatuvlari uchun qo’llagan asboblaridan biri «Trikvertum» nomli parallaks o’lchovchi uskuna bo’lsa, ikkinchisi ekliptikaning og'ish burchagini aniqlash uchun qo’llagan «Goroskopiy» nomli uskuna bo’lib, quyosh soatlari, hamda kvadratning bir turi bo’lgan.
Yaqqol qiyinchiliklarga qaramasdan, tahminan 1516 yilda yozilgan «Kichik izoh» risolasida, Nikolay Kopernik o’zining ta’limotini, to’g’rirog’i hali gipoteza ko’rinishida bo’lgan olamshumul g’oyalarini bayonini keltirdi. Bu asarda u, g’oyalar uchun matematik isbotlashlar keltirishga urinib o’tirmadi, chunki, Kopernikning rejasi bo’yicha, ta’limotning to’liq bayoni va uning matematik isbotlashlari kattaroq va mukammalroq asarda batafsil yozilishi kerak bo’lgan.
3 noyabr 1516 yilda Kopernikni Polshadagi Olshtin va Penenjnen hududlaridagi kapitul mulklarining boshqaruvchisi qilib saylashdi. Uning bu lavozimdagi faoliyati 1519 yil kuzigacha davom etib, o’z xizmat muddati tugagach Fromborkka qaytib ketdi.
Ammo bu safargi qaytish Kopernikka o’z ilmiy faoliyati bilan jiddiy shug’ullanishga imkon bermaydigan urush ustiga to’g’ri kelib qoldi. Salbchilar bilan jang borar edi. Urush eng tahlikali tus olgan 1520 yilning noyabr oyida Kopernik yana avvalgi lavozimi - Olshtin va Penenjnen hududlaridagi kapitul mulklarining boshqaruvchisi qilib saylashdi. Bu safar u faqat bu ikki hududgagina emas, butun Varmiya o’lkasiga ham eng katta ruhoniy – boshqaruvchi rolida ish yuritishiga to’g’ri kelardi. Chunki Varmiyaning barcha mahalliy ruhoniylari – episkop va kapitulning boshqa barcha a’zolari urushdan qochib, xavsiz yerlarga ko’chib ketishgan edi.
Kam sonly Olshtin garnizoni qo’mondonligini o’z zimmasiga olib, Kopernik o’zining ajoyib harbiy mudofaachilik iste’dodini namoyish qildi. U Olshtin qo’rg’on – qal’asi mudofaa qudratini mustaxkamlash uchun, qal’aga qurol – yarog’ va o’q – dori zaxirasini g’amlashga, oziq ovqat va suv ta’minotini mukammal qilishga qaratilga ko’plab chora tadbirlarni amalga oshirdi. Uning sa’i – harakatlari evaziga Olshtin qal’asi dushman hujumiga oxirigacha dosh berib, mudofaachilar g’olib chiqishdi.
Nikolay Kopernikning ko’rsatgan bunday shaxsiy qahramonligi va qat’iyatliligi davlat rahbarlari etiboridan chetda qolmadi. 1521 yildagi yarashuv sulhi imozlanganidan keyin, Kopernik Varmiyaning komissari etib tayinlandi. 1523 yil fevraligacha esa u Varmiyaning General – boshqaruvchisi lavozimida ishladi. Bu lavozim Kopernikning amaldorlik hayotidagi eng kattasi bo’lib, u yangi episkop tayinlanguniga qadar uning vazifalarini ham bajarib turdi. O’sha yilning kuzida, Kopernik Olshtin kapituli kansleri lavozimiga tayinlanadi.
Faqat 1530 yilga kelibgina Koperning ma’muriy boshqaruv ishlaridagi faoliyati biroz yengillaydi. Shunga qaramay aynan o’sha suronli 20-chi yillarda olim o’zining eng samarali astronomik izlanishlarini bajarishga ham ulgurgan ekan. 1523 yildagi sayyoralar qarama qarshiligi, ya’ni, sayyoraning osmon sferasida quyoshga nisbatan qarama qarshi joylashishi vaqtida Kopernik muhim kashfiyotni ochishga muvaffaq bo’ldi. Kopernik, sayyoralar orbitasining fazodagi holati qo’zg’almas ekanligi haqidagi fikrni inkor qilib, uni 1300 yildan beri kuzatilayotgan va «Almagest» asarida Ptolomey ta’kidlab ketgan ma’lumot apsidning[2] – to’g’ri chiziq bo’lib, uning fazodagi holatini aslo o’zgartirmasligi haqidagi ta’limotning aksini isbotlash orqali izohlab berdi. Kopernikning aniqlashiga ko’ra, sayyoraning apsid chizig’ining vaziyati o’zgarib turardi.
Lekin, Nikolay Kopernikning hayotidagi eng asosiy ilmiy g’oyalari baribir uning ma’muriyat tashvishlaridan birmuncha holi bo’lgan, 1530 – yillarda paydo bo’ldi. Bu paytga kelib u «Osmon sferalarining aylanishi» nomli ilmiy asarini yozish ustida edi. O’sha vaqtlarda deyarli bir yarim ming yildan buyon ilmiy jamoatchilik ongida mustaxkam o’rnashib qolgan tushuncha – olam tuzilishning Geotsentrik ta’limoti barcha o’quv yurtlarida va diniy muassasalarda asosiy va eng to’g’ri ta’limot sifatida qaralar edi.qadimgi yunon olimlari Klavdiy va Ptolomeylar asos solgan mazkur ta’limotga binoan, Olam markazida Yer sayyorasi qo’zg’almasdan turar, boshqa sayyoralar, va xattoki Quyosh ham yer atrofida aylanishar edi. Mazkur ta’limot astronomiya bo’yicha ko’plab hodisalarni tushuntirish imkonini berar edi, xususan, sayyoralarning osmon gumbazi bo’ylab egri chiziqli harakatini, oy va quyoshning kundalik chiqib, yana botishi kabi tabiat hodisalari, Ptolomey va Klavdiylarning geotsentrik nazariyasiga ko’ra izohlanar edi. Bu ta’limot shuningdek katolik cherkovi tomonidan ham ma’qullangan bo’lib, din nuqtai nazaridan ham eng to’g’ri deb qaralgan.
Kopernikka qadar ham, qadimgi yunon olimi Aristarx Yerning Quyosh atrofida aylanishini ta’kidlaganbo’lib, lekin u ilmiy jamoatchilik oldida o’z g’oyalarini isbotlashga muvaffaq bo’la olmagan edi.
Osmon jismlarining harakatini kuzatib borib, Kopernik Ptolomey nazariyasi noto’g’ri ekanligi haqida xulosa chiqardi. 30 yillik mashaqqatli mehnat va muttasil kuztuvlar, hamda murakkab matematik hisoblashlardan so’ng, Nikolay Kopernik Yer ham oddiy sayyoralardan biri ekanligini, va barcha sayyoralar, shu jumladan, Yer ham Quyosh atrofida aylanishini ilmiy isbotlab berdi. To’g’ri, u hali yulduzlar qo’zg’almas va harakatsiz ravishda osmon sferasining eng chetki sirtida va Yerdan juda uzoq masofalarda joylashgan deb hisoblashda davom etardi. Lekin u o’z zamonasi uchun olamshumul va eng shov – shuvli g’oyani o’rtaga tashlagan edi.
Yer va boshqa sayyoralar – Quyoshning yo’ldoshlari ekanligini va uning atrofida aylanishini aniqlab, Kopernik, Quyoshning osmon sferasi bo’ylab harakatini va ba’zi sayyoralarning ajablanarli va tushunarsiz harakatlanishi sabablarini, hamda, osmon holatining o’zgarishi hodisalarini ilmiy izohlab berdi. Kopernik, sayyoralar harakatini Yerdagi jismlar harakati kabi mantiqdan kelib chiqib tushuntirib bo’lmasligini ta’kidlab, o’zimiz ham yer bilan birga harakatda bo’lganimizda va sayyoralarning ham harakatda ekanligiga e’tibor berish zarurligini ta’kidlaydi. Kopernikning fikridan iqtibos:
«Masalan, biz qayiqda daryo bo’ylab suzayotganimizda, bizga qayiq va oz’imiz harakatsiz turgandek, daryo qirg’oqlari esa tesakri tomonga harakatlanayotgandek tuyuladi. Huddi shunga o’xshab, yerdagi kuzatuvchiga ham Yer harakatsidek va Quyosh uni atrofida aylanayotgandek tuyuladi. Lekin aslida Yer Quyosh atrofida aylanadi va bir yilda o’z orbitasi bo’ylab to’liq bir marta aylanib chiqadi»
Nikolay Kopernik astronomik tadqiqotlardan tashqari tibbiy bilimlarni ham puxta egallagan bo’lib, 30 yillarga kelib u mahoratli hakim sifatida ham dong taratgan edi. U Padiyada olgan tibbiy bilimlarini, keyinchalik ham mustaqil rivojlantirib borib, ko’plab zamondosh mashhur insonlarni – Prussiyaning Gertsoglik va Qirollik amaldorlarini, cherkovning ko’zga ko’ringan namoyondalarini, xususan Tideman Gize, Aleksandr Skuletti kabilarni xavfli va yuqumli kasalliklardan davolashga muvaffaq bo’ldi. Shuningdek Kopernikning oddiy fuqaroga ham ko’rsatgan doimiy tibiy yordami haqida polyak xalqida ko’plab ijobiy xotiralar saqlanib qolgan. U o’z davolash tamoyillarida, dori vositalarining ta’sir qilish mexanizmlarini aniqlashga va bemorlarning umumiy ruhiy ahvolini doimiy kuzatib borishga asoslangan, ijodiy yondoshuvga tayanar edi.
1541yilgacha u kapitulning qurilish g’aznasi boshqaruvi raisi vazifasini bajardi va shu yili u ancha qarib qolganligini sabab qilib keltirgan holda, bu lavozimdan ketdi. XVI asr kishisi uchu 60 yosh ancha ulig’ sanalar edi. Lekin olimning ilmiy va tibbiy faoliyati davom etardi. Ayniqsa uning tabobat borasidagi shuhrati doimiy ortib borayotgan edi.
Kopernikning shaxsiy hayoti haqida ma’lumot juda kam. U o’zi faoliyat yuritgan cherkov qoidalariga ko’ra, oila qurishi mumkin emas edi. Shu tufayli, uning farzandlari bo’lmagan degan tahmin bor. Lekin tarixchilar Kopernikning 1528 yilda, Frombork kapituli rahbarligida ishlayotgan vaqtida mashhur medal yasovchi va o’ymakor naqqosh usta – Mats Shilling bilan tanishganiligi va uning Anna ismli qiziga ko’ngil qo’yganligini e’tirof etadilar. Bunga isbot tariqasida esa, Kopernik o’sha vaqtda o’zining tuzgan astronomik jadvallaridan biridagi Venera sayyorasiga bag’ishlangan qismi sarlavhasiga, sayyora ramzi atrofini Anna Shilling nomini Shillinglarning oilaviy ramzi – pechak guli bilan o’ralgan holda tasviriy san’at darajasida yozib chiqqanligini keltirish mumkin.
Nikolay Kopernik cherkov qonunlariga qat’iy amal qilganligi haqidagi fikrni ilgari suruvchilar, Shillinglar honadoni Kopernikka ona tomondan qarindosh bo’lganligini va bu oddiy qarindoshlik aloqalari bo’lganligini ta’kidlashadi. Qolaversa, o’sha ramziy naqsh, Annaning otasi tayyorlagan har qanday medal yoki tangalarda, ustaning ramzi sifatida mavjud bo’lganligi ham tarixiy haqiqat…
Lekin Kopernikning Anna bilan bir uyda yashashiga hamma ham ko’nika olmadi. Gap so’z ko’payib, olim obro’siga putur yeta boshladi. Yangi saylangan episkop – Dantiskka ham bu gap yetib bordi. Dantisk kasal edi. Uni Nikolay Kopernik davolash uchun tez – tez borib turardi. Shunday tibbiy muolajalarning birida Dantisk Kopernikka «bunday yosh va chiroyli va judayam uzoq qarindoshchilikdagi qiz» bilan bir uyda yashash durust emasligini, va agar u uy yumushlarida ayol kishi yordamiga muhtoj bo’lsa, yoshi kattaroq va yanada yaqinroq qarindosh topish joizligini ta’kidlaydi. Kopernik bu gap so’zlarga chek qo’yishi kerak edi: u tez orada Annani qaytarib o’z uyiga jo’natib yuboradi. Keyinroq esa Anna Fromborkdan ham ketishga majbur bo’ladi.
So’nggi yillardagi bunday ruhiy zarbalar, Kopernikka qattiq ta’sir o’tkazdi. El orasidagi va cherkovdagi mayda chuyda gaplar olimning toqatini toq qilardi. Lekin umrining so’ngida ham bu buyuk olim ilmiy faoliyatini susaytirgani yo’q. 1542 yilda uning «Ham tekislikdagi ham fazodagi uchburchakning burchaklari va tomonlari» haqidagi asari va unga ilova tarzidagi sinuslar va kosinuslar jadvali, Vittenbergdagi nashriyotlarning birida chop etildi. Afsuski buyuk olim, o’zining eng buyuk ilmiy ishi – «Osmon sferalarining aylanishi haqida» asarining chop etilishi va tarqalishini ko’ra olmadi. Uning do’stlari mazkur asarning Nyurnberg nashriyotlarining birida chop etilgan dastlabki nusxasini keltrib ko’rsatishgainida olim bir necha daqiqa avval vafot etib bo’lgan edi. Bu voqea 1543 yilning 24 may kuni sadir bo’ldi…
Katolik cherkovi korchalonlari ularning diniy ta’limotlari uchun Kopernik asarlari qanchalik jiddiy zarba berishini anglab yetishgunicha bu buyuk risolalar Yevropa uyg’onish davri olimlari orasida erkin va juda tez tarqalib ulgurdi. Ularda ilgari surilgan olamshumul g’oyalar tez orada o’z ixlosmandlarini topdi va Kopernikning izdoshlar paydo bo’ldi. Kopernikning olam markazida Quyosh turishi va boshqa sayyoralar, shu jumladan Yer ham uning atrofida aylanishi haqidagi «Geliotsentrik» ta’limoti, fanda o’ziga xos yangi davrni boshlab berdi. Butun boshli yangi ilmiy yo’nalish shakllandi. Ammo bunday g’oyalar o’sha davr Yevropa odamlari hayotida juda katta o’rin tutgan nasroniy dini va ayniqsa katolik cherkovining kundalik uqtirishlariga, g’oyaviy – mafkuraviy tamoyillariga butunlay teskari bo’lib, diniy nuqtai nazardan Kopernik ta’limoti va uning asarlari «bid’at» deb e’lon qilindi. Kopernik kitoblari cherkov tomonidan ta’qiqlangan «Indeks»ga kiritilib, tarqatish va o’qish uchun jiddiy ravishda ma’n etildi. Faqat 1835 yilga kelibgina Rim papasi, olimning ilmiy g’oyalarini cherkov tomonidan tan olinganligidan dalolat beruvchi «Nikolay Kopernikni oqlash va uning asarlarini ma’qullanmagan kitoblar «indeksi»dan chiqarish» hukmni e’lon qildi.
Nikolay Kopernik
(1473—1543)
Dostları ilə paylaş: |