Referati teri va uning hosilalari. Nafas olish tizimi. Reja: teri tuzilishi va vazifalari



Yüklə 15,1 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü15,1 Kb.
#47714
növüReferat
  1   2
bio kimyo 14


TOSHKENT STOMOTOLOGIYA INSTITUTI

205-B GURUH TALABASI Tojimurodov Abdullaning GISTOLOGIYA FANIDAN

TAYYORLAGAN

REFERATI


TERI VA UNING HOSILALARI. NAFAS OLISH TIZIMI.

REJA:

1.TERI TUZILISHI VA VAZIFALARI.

2.NAFAS OLISH TIZIMI.

1. Teri — odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirdan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi. Katta yoshdagi odamda Teri satqi 1,5 — 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha boʻlib, 0,5 mm dan 2 mm gacha. Kaft va tovonda 4;mm ga yetadi. Teri butun badanni qoplab, ogʻiz, burun, siydik chiqarish kanali, anus sohasida shilliq qavatga aylanadi. Teri oʻziga xos rang va tusga ega, u donador va muguz kavatlarning qalinligiga, tomirlarning yuza joylashishiga, shu bilan birga melanin pigmentining koʻpozligiga qarab belgilanadi. Teri ning rangi tashqi va ichki omillar taʼsirida oʻzgarib turishi mumkin. Teri yuzasi, odatda, notekiye, unda sonsanoqsiz egatcha, burma va chuqurchalar boʻlib, ular birbiri bilan kesishgan joylarda uchburchaklar, rombiklar shaklini hosil qiladi. Panjalarning dorsal yuzalarida bular, ayniqsa, yaqqol koʻrinib turadi. Barmoqlarning kaft yuzalarida teri egatchalari konsentrik aylana shaklida joylashgan. Bu shakllar xar bir shaxsda oʻziga xos naqshni hosil qiladi. Shaxsni aniklashda (daktiloskopiya), odatda, shu naqshlar izidan foydalaniladi.

Teri tashqi (epitelial) va ichki (biriktiruvchi toʻqimali) qavatlardan iborat. Bu qavatlar turli moddalar ishlab chiqaradigan bazal membrana bilan ajralib turadi, epitelial qavatda turli bir yoki koʻp hujayrali bezlar bor. Epiteliy ajratgan qattiq moddalar mollyuskalar va baʼzi jonivorlarda skelet va ximoya elementi vazifasini bajaradi. Epiteliy hujayralari sitoplazmasining qisman oʻzgarishi boʻgʻimoyoqlilar skeleti va parazit chuvalchanglar kutikulasini, yaʼni kimyoviy va mexanik himoya organini hosil qiladi. Umurtqasizlarda Teri epiteliysi bir qavat hujayrali, umurtqalilarda koʻp qavat hujayrali. Quruqlikda yashovchi umurtqalilar tashqi qavat hujayralarining butunlay shox qatlamiga aylanishidan epidermisning uzluksiz yangilanib turadigan shox qavati vujudga keladi. Yuqori umurtqalilar Terining shox qatlami va boʻgʻimoyoqlilarning xitinli zirhi quruqlikda yashash uchun atmosferaning turli trasi va taʼsiriga chidamli boʻlishida muhim rol oʻynaydi. Baʼzi sut emizuvchilar hamda qushlarning tuk va patlari tana haroratini saklab turadi va ularga qattiq sovuqsa ham yashashga imkon beradi. Biriktiruvchi toʻqima qavati yoki derma T.ning kollagen va elastik tolalarini shakllantiradi. Bu tolalar T.ning chidamli va elastik boʻlishiga (mas., umurtqalilar, bosh oyokli mollyuskalarda), shuningdek, baliklarda suyakli va boshqa tangachalar yuzaga kelishi hamda terining suyaklanishiga (sudralib yuruvchilarda) yordam beradi.

Odam Terisi 3 qavatdan — epidermis (epitelial qavat), oʻrta qavat — xususiy teri qavati (derma) va teri osti yogʻ qavati (kletchatka)dan tarkib topgan (rayem). Epidermisning uzi bazal qavat, tikansimon qavat, donador qavat, yaltiroq va muguz (shox) qavatdan iborat. T.ning ustki muguz qavati juda chuqur joylashgan hujayralardan shakllanadi; unda koʻp nerv tolalari bor. Bu qavat issiqsovuq va tashqi muhitning barcha taʼsirotlariga ancha chidamli, u shikastlanmagan boʻlsa, kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻtkazmaydi. Uning ust qismi bilinarbilinmas qipiqlanib, koʻchib turadi, pust tashlaydi (fiziologik pust tashlash). Xususiy teri qavati, asosan, pishiq biriktiruvchi toʻqima va asosiy moddalardan tashkil topgan boʻlib, unda qon va limfa tomirlari, nerv tolalari, yogʻ va ter bezlari, shuningdek, soch va tirnoq ildizlari joylashgan. Yogʻ bezlari yuzda, bosh, koʻkrak va yelkada koʻp boʻladi; ular oʻzidan tarkibida yogʻ kislota, oqsil, xolesterin va gormonal yogʻsimon moddalar ajratib chiqaradi, bu Teri ustini moylab turadi, elastikligini oshiradi, uni terlab shilinishdan saqlaydi. Yogʻ bilan ter qoʻshilib, Teri ustida kislotali muhit hosil qiladi va Terida yiringli kasalliklarni vujudga keltiradigan mikroblarni oʻldiradi. Yogʻ bezlarining ishi maʼlum darajada endokrin sistema faoliyatiga ham bogʻliq. Teri notoʻgʻri parvarish qilinsa, u yupqalashib, quruqshab qoladi, mayda ajin tushadi, shoʻralaydi, qizil dogʻlar paydo boʻladi. Teridagi qon va limfa tomirlari bir-biri bilan chalkashib toʻr hosil qilib, terining normal oziqlanishini taʼminlaydi. Terida nerv chigali va nerv tomirlari koʻp. Shular yordamida kishi ogʻriqni, issiqsovuqni, turli kimyoviy taʼsirotlarni, shuningdek, bosimni sezadi. Ayniqsa, barmoqlar, burun uchi, kaft va orqadagi oʻrta chiziq sohasi terisi sezgir boʻladi.

Teri osti yogʻ qavati yogʻ bilan toʻla katakchalardan iborat, ular biriktiruvchi toʻqimadan vujudga keladi. Bu qavatning qalinligi badanning turli yerida turlicha, mas., koʻz qovoqlarida butunlay boʻlmaydi, lunj, qorin va dumbada qalin boʻladi. Teri osti yogʻ qavati nerv va qon tomirlariga boy. Teri rangi, asosan, melanin pigmentiga, qon tomirlarining toʻlishiga va epidermis qalinligiga bogʻliq. Turli omillar, mas., quyosh nuri taʼsirida va ayrim kasalliklarda (qarang Pes) Teri pigmentatsiyasi oʻzgarishi yoki pigment butunlay boʻlmasligi ham mumkin.

T. organizm bilan tashqi muxit oʻrtasida toʻsiq vazifasini oʻtaydi. Organizerimni tashqi muhitning noxush omillaridan (kimyoviy, fizik va biologik) himoya qiladi. Muguz qavatning zichligi, ustidagi yogʻ biriktiruvchi toʻqimalarning choʻziluvchanligi, Teri osti yogʻ qavatining qalin boʻlishi organizmni turli mexanik taʼsirotlardan, shuningdek, uncha kuchli boʻlmagan ishqrr va kislotalar taʼsiridan saklaydi. Bu kavat elektr tokini yomon oʻtkazadi. Teridagi kislotali muhit mikroblar kirishiga toʻsqinlik qiladi; mabodo shikastlangan teri orkali mikrob kirib qolgudek boʻlsa, unga karshi taʼsir koʻrsatadigan moddalar taʼsiriga uchraydi va shu joyga leykotsitlar yetib kelib, qarshilik koʻrsatadi, shu soha T.sida yalligʻlanish alomatlari paydo boʻladi. Teri suv, tuz, oqsil, yogʻ, vitaminlar va gaz almashinuvida ishtirok etadi. Gavda trasini saklashda T. juda katta ahamiyatga ega.

Chorva hayvonlari Terisi — soch qatlami (jun), epidermis (terining sirt pardasi), derma (teri toʻqimasi) va teri osti yogʻ qatlamlaridan iborat. Soch qatlami qishda tana haroratini ushlab turadi, hoʻllanishdan asraydi, issiq vaqtda tanadan koʻp suv yoʻqolishining oldini oladi. Epidermis koʻp qavatli epitelial toʻqimalardan iborat. Epidermis soch qatlami suyet rivojlangan hayvonlar terisida qalin boʻladi. Epidermisda qon tomirlari boʻlmaydi. U dermadan membrana bilan ajralib turadi. Derma terining asosiy qatalami. U bevosita epidermis tagida joylashgan boʻlib, tolasimon oqsillardan kollagen, elastik va retikulinlarning murakkab tolalar oʻralmasidan iborat. Barcha hayvonlar dermasi soʻrgʻichli va toʻrsimon ikki qatlamdan tuzilgan. Dermaning qalinligi har xil hayvonlarda gʻar xil boʻlmay, balki bir xil hayvon tanasining har xil joyida qam har xil boʻladi. Eng qalin T. qoramollarda, eng yupqasi shimol bugʻusida. T. molning yelka qismida qalin, qorin qismida yupqa. T.ning ostki qatlami yumshoq gʻovaksimon toʻqimalardan iborat boʻlib, unda yogʻ zaxiralari yigʻiladi. Terida yogʻ va ter bezlari joylashgan. Terining rangi pigment hujayralariga bogʻliq.

2. Nafasnafas olish — organizmga kislorod kirib, undan karbonat angidrid (SO2) chiqib ketishi, shuningdek, hujayra va toʻqimalarda kislorod yordamida kechadigan organik moddalarning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari natijasida organizm hayot faoli-yati uchun zarur boʻlgan energiya ajralib chiqishidan iborat jarayonlar majmui.

Nafas olish a'zolariga: burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bronxlar, o'pkalar va plevra pardalari kiradi.


Yüklə 15,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin