Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari pedagogik psixologiya rivojiga katta hissa qoʻshganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psi-xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasi d a oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakte-ri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi. Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil oʻzlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.
O'qitish jarayonlari bilan shug'ullanadigan mutafakkirlar paydo bo'ldi; va uning ba'zi g'oyalari bugungi kunda ham dolzarb bo'lib qolmoqda.
Masalan, Platon va Aristotel kabi mumtoz antik davrda faylasuflar o'rganish, jismoniy qobiliyatlar yoki psixomotor qobiliyatlarni rivojlantirish kabi sohalardagi individual farqlarni tadqiq qilishgan. Bundan tashqari, ular san'atning o'rganish qobiliyatiga ta'sirini o'rganishdi va o'qituvchilar qanday rol o'ynashi kerakligini va ularning talabalar bilan munosabatlarini tushunishga harakat qilishdi.
Yosh psixologiyasining asosiy tushunchasi «rivojlanish» tushunchasidir. Rivojlanish — bu bir holatdan boshqa murakkabrog‘iga o‘tish, eski holatdan yangi sifat bosqichiga o‘tish, oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o‘tish jarayonidir. Psixikaning rivojlanishi — psixik jarayonlarning miqdor, sifat va tuzilishi bo‘yicha qayta o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladigan vaqt bo‘yicha qonuniy o‘zgarishidir. 0 ‘sish — rivojlanish jarayonining miqdor jihati. Rivojlanishning o‘sishdan asosiy farqi quyidagicha: o‘sish miqdor o‘zgarishlariga, rivojlanish esa yangi tuzilmalar, mexanizmlar, jarayonlar, strukturalarning paydo bolishida namoyon bo‘ladigan sifat o‘zgarishlariga taalluqlidir. Rivojlanish va yetilish tushunchalarini ham bir-biridan farqlash zarur. Bir qator yosh psixologiyasidagi xorijiy nazariyalar uchun yetilish — rivojlanishning muhim omili, u yoki bu yutuqlarning sababidir. Zamonaviy rus rivojlanish psixologiyasida yetilish markaziy nerv sistemasi va boshqa organizm sistemasida ketma-ket yosh o‘zgarishlarining psixofiziologik jarayoni, psixik funksiyalarning vujudga kelishi va amalga oshishi uchun sharoitning ta’minlanishi sifatida qaraladi. Kamolot, yetuklik tushunchalari bilan yosh davrlari psixologiyasining asosiy tamoyillaridan biri — geteroxron rivojlanishga bogliq. U inson shart-sharoit, ijtimoiy muhit, individual xususiyatlar ta’sirida turli yosh davrlarida yetuklikka erishishni tavsiflaydi. Bu esa turli yosh davrlari o‘zining betakror psixofiziologik tuzilishidan 16 darak beradi va shu yosh davrini psixologik imkoniyatlari potensialini belgilaydi. Rivojlanish jarayonining psixologiya va pedagogika uchun zarur bo‘lgan xususiyatlari ajratib ko‘rsatilgan. Ular quyidagilar: — sifat jihatdan o‘zgarish va yanada mukammalroq bosqichga ko‘tarilish; — rivojlanishni qaytara olmaslik (rivojlanish ro‘y bergandan so‘ng, avval mavjud bo‘lgan narsa-hodisalarni to‘laligicha ortga qaytarishning iloji yo‘qligi); — progress va regress elementlarining umumlashmasi (bir sohadagi progressiv rivojlanish, boshqa bir sohadagi regress yuz berishi mumkinligini bildiradi); — notekis rivojlanish (sifat o‘zgarishlarining tezkor o‘zgarishi, miqdor o‘zgarishi bilan almashadi); — zigzagsimon rivojlanish (yangilanishlarning paydo bolganida, natijalar oldingi holatlarga qaraganda, sifat jihatdan yaxshi natija bermasligi. Masalan, bola emaklashdan tik turib yurishga o‘tgan davrda, sekin harakatlanadi va jarohatlar olishi mumkinligi ham kuzatiladi); — rivojlanish darajalaridan bosqichlariga o‘tish (yangilanishlar paydo bo‘lganda, avval o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar yo‘qolib ketmaydi, balki yangilanishlar uchun asos sifatida saqlab qolinadi); — barqarorlik ko‘rsatkichi. Psixologik rivojlanishning asosiy uch turi mavjud: filogenetik, ontogenetik va funksional. Filogenez psixikasi - insoniyat tarixida insonning psixik shakllanishi va biologik evolutsiyasi. Ontogenez psixikasi — individning butun umri davomida psixologik tuzilishining shakllanishi. Funksional rivojlanish psixikasi — psixologik funksiyalar, yangilanishlar, yangi intellektual, perseptiv, mnemik, aqliy funksiyalarning paydo bo‘lishi. Bu ontogenetik taraqiqiyatoing bir qismi hisoblanadi. // ' f •' 17 ... оm o / / i -i Psixik rivojlanishning yuqoridagilardan tashqari m e ’y o riy va individual rivojlanish shakllari ham mavjud. Me’yoriy rivojlanish shu yosh davridagi insonlarga xos bo‘lgan o‘zgarishlarni tavsiflaydi. Aksariyat hollarda me’yor borasida, psixologik va shaxs rivojlanishining yuqori darajasi deb qaraladi. Individual rivojlanish shaxsning alohida xususiyatlarining vujudga kelishini anglatadi. Psixologiyaning asosiy tushunchalaridan biri — psixologik yoshdir. U individning ontogenezdagi obyektiv, tarixiy va xronologik jihatlarini belgilaydi. Shunday qilib, ushbu bobda psixologiyaning tarmoqlaridan biri bo‘lgan yosh psixologiyasining predmeti, obyekti, umumiy, nazariy va amaliy vazifalari, psixik taraqqiyot determinatsiyasi hamda fanning asosiy tushunchalari bo‘lmish, rivojlanish va psixologik yosh tushunchalariga to‘xtalib o‘tdik.