Journal of Geography and Natural Resources ISSN: 2181-2713 https://topjournals.uz/index.php/jsru 25 etadi. Beshala mamlakatda qurilgan sug‘orish tizimlariga ega bo‘lgan umumiy maydon 10,0 mln.
ga ni ishg‘ol etadi yoki jahondagi sug‘oriladigan yerlarning 3,3 %ini tashkl etadi.
Markaziy Osiyoda sug‘orishda foydalaniladigan suvlarning asosiy manbaini yuza suvlari
tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligida har yili 129 km
3
suv yoki olinadigan (145 km
3
) suvning 89 %i
sarflanadi. Regionda sug‘oriladigan yerlar umumiy ekin maydonining 33 % ini qamrab olgan
bo‘lib, sug‘orish suv omborlari, nasoslar va kanallar tizimidan foydalanishga asoslangan va
jahondagi eng texnik jihatdan murakkab hisoblanadi [3].
Sug‘orish Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. 1950-1980
yillarda ko‘plab sug‘orish va drenaj tizimlari barpo etilishi natijasida sug‘oriladigan yerlar
maydoni ko‘paydi.
Markaziy Osiyoda yirik maydondagi sug‘orma dehqonchilik 1960-1990 yillarda barpo
qilingan muhandislik sug‘orish-drenaj tizimiga ega. Bu tizim 7 mln. ga dan ziyod maydonda
boshlanishida suv sarfi 700 m/sek gacha va ayrimlarining uzunligi 1400 km gacha bo‘lgan suv
o‘zi oqib keladigan yirik sug‘orish kanallariga hamda mashina kanallarining noyob kaskadlari
bo‘lgan qudratli nasoslar yordamida sug‘oriladigan 2 mln.ga dan ziyod maydonda rivojlangan
sug‘orish to‘riga ega. Masalan, umumiy quvvati 350 м
3
/с nasos stansiyalari Amudaryodan Qarshi
bosh kanaliga 180 м balandlikka suv chiqaradi [4].
Aholi sonining ko‘payishi va sug‘orishning rivojlanishi keyingi 50-60 yilda regionda suvga
bo‘lgan talabni ancha oshirdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida suv olishning amaldagi hajmi
mavjud suv resurslarining 20% dan (Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston) 80-90% gacha
(O‘zbekiston va Turkmaniston) o‘zgaradi. Sug‘orma dehqonchilik – bu qishloq xo‘jalik ekinlarini
sug‘orib yetishtirishdir. U dehqonchilikning eng intensiv turlaridan biri, ekinlardan eng yuqori va
barqaror hosil yetishtirishni ta’minlaydi, lalmikor dehqonchilikka nisbatan 8-10 marta ko‘proq
hosil beradi. Bunday sharoitlarda yerdan samarali foydalanish, takroriy va qo‘shimcha ekinlar
ekish mumkin. Mo’tadil mintaqa rayonlarida sug‘orilmaydigan yerlardagiga nisbatan
sug‘oriladigan bog‘lar 2-3 marta, uzumzorlar 3-4 marta, sabzavot-poliz va g‘alla ekinlari 2-3 marta
yuqori hosil beradi.
Sug‘orish tabiiy landshaftlarni o‘zgartirishning kuchli omilidir. Sug‘oriladigan yerlarda
landshaft komponentlarining o‘zgarishi natijasida ular orasida yangi mutanosiblik vujudga keladi
va xususiyatlariga ko‘ra tub tabiiy landshaftlardan farq qiladigan, ammo ayrim xususiyatlarini
o‘zida saqlab qolgan batamom yangi antropogen landshaftlar shakllanadi. Sug‘orish natijasida
hosil bo‘lgan, boshqariladigan tabiiy-ishlab chiqarish hududiy mujassamalar antropogen
modifikatsiyaning ma’lum tiplaridan iborat. Quruq iqlimli sharoitlarda ayniqsa sug‘oriladigan
agrolandshaftlarining ahamiyati juda katta. Sug‘oriladigan yerlarida tabiiy landshaftlarning
o‘zgarishi va antropogenlashuvi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Xo‘jalik tadbirlari sifatidagi