Oriental Journal of Geography ISSN: 2181-2772 https://www.supportscience.uz/index.php/ojg 49
Suvi chuchuk 0.5 g/l gacha zich qoldiq kattalikda bo`ladi. Suv tipi bo`yicha gidrokorbonat-
sulfat, kalsiyli-magniyli. Daryo vodiylari grunt suvlarining to`yinishi yuqori va qisman o`rta
qismidatog`lardan yer osti suvlari hisobiga, shuningdek daryo oqimi infiltratsiyasi hisobiga hosil
bo`ladi.[4. 49-b.]
To`rtlamchi davr prolyuvial qatlamlarining nam saqlaydigan kompleksi ichki tog`
botiqlarida keng tarqalgan. Sangzor daryosi vodiysining daryoning shimolga keskin burilishidan
janubi-sharqda joylashgan qismida yer osti suvlari o`rta to`rtlamchi davr shag`allari va
qumoqlariga to`g`ri keladi. [1, 226-b.]
Sangzor daryosi yuqori qismlarida buloqlar sarfi 30-50 l/sek ga yetadi. Ularning suvi
chuchuk 0.5 g/l gacha gidrokorbanatli-sulfat kalsiyli-magniyli. Karbonat qatlam yer osti suvlari
Turkiston tizmasi va Morguzar tog`larining unchalik katta bo`lmagan hududlarida tarqalgan.
Suv saqlaydigan jinslar chuqur yoriqlar oltingugurtli tarqalgan ohaktosh va marmarlar
hisoblanadi. Ular devorlarining ishqorda yuvilishi hisobiga kengaymoqda, bu suvning katta
chuqurlikka yetib borishiga imkon beradi. Qumli slanetsli qatlamlarning yer osti suvlari
rayonning tog` tizmalari doirasida deyarli barcha hududlarda tarqalgan. Suv saqlaydigan jinslar –
slanetslar, alohida vaziyatda qumoqlar hisoblanadi. Yoriqli zona odatda 40-60 m dan oshmaydi.
Yer osti suvlarining yotish chuqurligi relyefning parchalanganlik holatiga bog`liq. Yer osti
suvlarining minerallashuvi 0.5 g/l gacha. Ularning tipi gidrokorbanatli-sulfat, kalsiyli-
magniyli.[4, 42-b.]
Demak Baxmal tumani aholisinining suvga boʻlgan ehtiyojini qondiradigan asosiy manbaa
buloqlardir. Bundan tashqari tumanda Sangzor daryosining bir qancha irmoqlari (Koʻkjar,
Boyqoʻngʻirsoy, Joʻm-joʻm, Vadigan, Bogʻmazor) mavjud. Ushbu daryo irmoqlari va Sangzor
daryosi ham oʻsha hudud atrofidagi aholining suvga boʻlgan ehtiyojini qondiradi. Lekin daryo
suvining asosiy qismi tekisliklardagi tumanlarga oqib borib, oʻsha hududlarda sarf boʻladi.
Baxmal buloqlarga boy tuman hisoblanadi. Ular Turkiston togʻ tizmasining etaklarida
joylashgan. Tumanning sharqiy qismida Raybuloq, Mullabuloq, Mingbuloq (buloq nomi hozirgi
Oqqo’rg’on qishlog’ining eski nomidan olingan. Bu qishloqda buloqlar juda ko’p, deyarli har bir
xonadon hovlisida bo’lgan, shuning uchun, Mingbuloq deb nomlangan), kabi buloqlar bor. [2, 12-
b.]Ushbu buloqlar Dangʻara va Oqqoʻrgʻon qishloqlarida joylashgan bo’lib, suvi asosan aholi
iste’moli uchun sarf bo’ladi va buloqdan oqib tushayotgan jilgʻalar Sangzor daryosiga borib
quyiladi. Yuqoridagilardan tashqari tuman hududida Jarbuloq, Koʻrbuloq (buloq tik jarlikning
tubida joylashgani uchun buloq ko’zi ko’rinmaydi), Qorabuloq, Qizilsuv, Novqa ota, Oʻsmat ota,
Muzbuloq, Sutlibuloq (buloq suvi koʻpirib oq rang hosil qilgani uchun shunday nomlanadi),
Sovuqbuloq, Buqa buloq, Shoʻrbuloq, Navroʻz buloq (eski nomi Qoʻtir buloq), Sarpichoq, Mayda
buloq, Jilli buloq kabi buloqlar mavjud. Tumanning Turkiston togʻ tizmasining etaklarida