G’aznachilik faoliyatida DAMBAT davlat moliyasini boshqarish axborot tizimini qo’llash
Gurux_________
Bajardi _____________________
Tekshirdi____________________
DAMBAT
DAMBAT
Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish
Davlat moliyasini boshqarishda axborot tizimi Axborot tizimi — bu korxona, tashkilot yoki muassasalarning moliyaviy hisob-kitoblari va tijorat faoliyatlarini, ularning turli bo‘g‘inlari faoliyatini belgilaydigan hujjatlar hamda axborotlarni kiritish, qayta ishlash, qabul qilish va uzatishdagi funksiyaiarini avtomatlashtiradigan dasturiy - texnik vositalar majmuidir. Korxonaning axborot tizimi, uning asosiy maqsadlari hamda vazifalari bo‘yicha barcha turdagi faoliyatning tezkor va sifatli bajarilishini ta'minlashi shart hisoblanadi. Hozirgi kunda Respublikamizda xalqaro moliyaviy tashkilotlar yordamida mamlakatimiz uchun yangi bo‘lgan g‘aznachilik institutini shakllantirish ishlari davom etmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur moliyaviy organni barpo etish umumiy xarajatlarining qariyb 80 foizini g‘aznachilikning axborot tizimini qurish, tizim uchun zaruriy bo‘lgan zamonaviy texnika vositalari va qurollari, dasturiy mahsulotlar sotib olish hamda g‘aznachilikning talab darajasidagi ma'lumotlar yetkazuvchi tarmog‘ini yaratish ishlari tashkil etadi.
Ayni paytda Moliya vazirligining mavjud axborotlar tizimi moliyaviy hisoblar tizimi oldida turgan keng ko‘lamli vazifalarni avtomatlashtirish va faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muayyan muammolarni operativ ravishda hal qilish talablariga to‘laqonli javob bermaydi. Mana shulardan kelib chiqib, bo‘lg‘usi g‘aznachilik organining axborotlar tizimini yaratishda uni eng zamonaviy texnik vositalari va yechimlar bilan ta'minlabgina qolmay, hozirgi kundagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishga ham yo‘naltirish muhimdir.
Moliya vazirligi g‘aznachilik tizimining yuzaga kelishi Davlat budjeti ijrosi, budjet buxgalteriya hisobi va hisobotini g‘aznada jamlab, vazirlik tomonidan budjet sohasini boshqarish, nazorat qilish jarayonini zamonaviy telekommunikatsiyalar negizida takomillashtirishga imkon beradi. G‘aznachilik tizimi yaratilishi munosabati bilan Respublikada Davlat budjetini tayyorlash, ijro etish va buxgalteriya hisobi amaliyotida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. G‘aznachilik axborot tizimining yaratilishi quyidagilarni ko‘zda tutishi kerak: