3. Aktivlar qiymatini maksimallashtirish
Ko‘p hollarda shaxsiy mablag‘lardan foydalanish sohasida moliyaviy
qarorlar individual afzal ko‘rishlar yoki risk darajasi tahlilidan qat’i
nazar,
mulk
qiymati
ortishiga
olib
keluvchi
variantni
tanlashga
asoslangan bo‘lishi mumkin. Oddiy misol sifatida
A variantni tanlab
bugun 100 sh.b. olish va
B variantni tanlab bugun 95 sh.b. olish
variantlari o‘rtasida tanlov qilish zarur bo‘lgan vaziyatni ko‘rib chiqaylik.
Aytaylik, nimani afzal ko‘rishi va kutishlari qandayligi sizga
noma’lum bo‘lgan odam ushbu variantlardan qay birini tanlanishini
taxmin qilish zarur bo‘lsin. Agar boshqa har qanday jihatdan bu ikki
variant teng sanalsa,
A variant afzalroq ekanligi shubhasiz. Va bu tabiiy
hol, chunki pul qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Firmalar aktivlarning qiymat bahosini maksimallashtirish
mezonlari asosida moliyaviy qarorlar qabul qilishadi. Ochiq
aksiyadorlik
jamiyatlarining
rahbarlari
moliyalashtirish,
investitsiyalarni rejalashtirish, risklarni boshqarish masalalariga
to‘qnash kelishadi.
Ular aksiyadorlar tomonidan yollangani
Dostları ilə paylaş: