Birja savdosi ishtirokchilari qabul qilishi mumkin bo‘lgan
eng muhim qarorlar qaysi risklar maqbulligi va maqbul bo‘lmagan
yoki kutilmagan boshqa risklarni nima qilish kerakligi bilan
belgilanadi.
Har bir savdo qatnashchisi risk yoki mukofotlar bilan bog‘liq o‘z
afzalliklariga ega va o‘ziga ta’sir qiladigan risklarni identifikatsiya qilish,
qaysi risklar o‘zi uchun maqbul ekanligini hal etishi va nihoyat boshqa
kutilmagan risklardan chetlab o‘tish yo‘llari va vositalarini topishi kerak.
Shuningdek, bu qanday moliyaviy xarajatlarga olib kelishi va bunda
qandaydir ma’no borligini baholay olishi ham talab etiladi.
Birjachilar birja savdosi qatnashchilari ixtiyorida mavjud bo‘lgan
baholash usullari, uslublari va metodlarini tanlashga, shuningdek, eng
maqbul riskka yondashishga majbur sanaladi.
Birja risklarni minimallashtirish
bo‘yicha choralar
guruhiga
hedjerlash, moliyaviy zaxiralar yaratish, diversifikatsiya, boshqariluvchan
risk omillariga birjachi ta’sirining variantli tizimini joriy qilish kabilar
kiradi.
2. Defolt va soliqqa tortish riskining aktivlarga
ta’siri
Misol uchun, ba’zan bir xil daromadlilik va qaytarish
muddatiga ega bo‘lgan obligatsiyalar turli narxlarda sotiladigan
vaziyatga duch kelish mumkin. Ushbu farqlar boshqa omillarning
qimmatli qog‘ozlar qiymatiga ta’siri bilan shartlangan bo‘lib, bu
ular tashqi ko‘rinishidangina bir xil tuyulishini anglatadi.
Bir xil fiksirlangan pul tushumlari oqimini ta’minlaydigan
obligatsiyalar bir qator sabablarga ko‘ra o‘zaro farq qilishi
mumkin. Bunda defolt riski va soliqqa tortish shartlari muhim
ahamiyat kasb etadi.
Misol tariqasida bir yildan keyin 1000 sh.b. to‘lov talab
qilinadigan obligatsiyani ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik,
AQSH g‘aznachiligining yillik obligatsiyalari bo‘yicha foiz
stavkasi yiliga 6% ni tashkil etadi. Bu qimmatli qog‘ozlar
defolt riskiga duchor bo‘lmaydi va shuning uchun bunday
obligatsiyaning narxi 1000 sh.b./ 1,06 = 943,40 sh.b.ni tashkil
qiladi. Biroq qandaydir defolt riski (ya’ni, to‘lovmaslik riski)
mavjud bo‘lsa, bu risk qanchalik kichik bo‘lishidan qat’i
nazar, bunday obligatsiyalar narxi 943,40 sh.b.dan kamroq,
uning daromadliligi esa yiliga 6% dan yuqoriroq bo‘ladi.
Obligatsiyalarni soliqqa tortish darajasi emitent kim
hisoblanishi yoki bevosita obligatsiya turiga bog‘liq bo‘lishi
mumkin.
Bularning
hammasi,
albatta,
obligatsiyalarning
qiymatiga ta’sir qiladi. Masalan, AQSHda shtat hukumatlari va
mahalliy
boshqaruv
organlari
tomonidan
chiqarilgan
obligatsiyalardan
olingan
daromadlar
federal
daromad
solig‘idan ozod qilinadi. Boshqa barcha o‘xshash parametrlarda
bu xususiyat soliq to‘lovchilar uchun bunday obligatsiyalarni
yanada jozibador qiladi va boshqa o‘xshash obligatsiyalar bilan
solishtirganda,
ularning
narxi
yuqori (daromadliligi
mos
ravishda kam) bo‘ladi.
Shunga o‘xshash fiksirlangan daromadli qimmatli qog‘ozlar o‘rtasidagi
narx farqini yuzaga keltirib chiqaradigan boshqa ko‘plab omillar ham mavjud.
Obligatsiyalar qiymat va daromadliligiga ta’sir qiladigan quyidagi ikki
imkoniyatni ko‘rib chiqamiz:
Dostları ilə paylaş: |