Режа : Kapital bozori Ssuda bozori


Investitsiyalash manbalarini shakllantirishda kapital va ssuda bozorlarining roli



Yüklə 52 Kb.
səhifə3/3
tarix21.05.2023
ölçüsü52 Kb.
#118849
1   2   3
инвестиция миш

Investitsiyalash manbalarini shakllantirishda kapital va ssuda bozorlarining roli.

Har bir loyihada moliyalashtirishning turli xil shakllarining oqibatlarini tubdan baholash lozim va shunday moliyalashtirish manbasini aniqlash lozimki, unda resurslar va iqtisodiy qaytim mos kelsin, ya’ni:


- aksionerlik kapitali bilan birgalikda qarzga olingan mablag‘lar ham investitsion loyihani moliyalashtirish manbai bo‘ladi.


- moliya bozorlarining asosiy vazifasi – jamg‘armalarni ishlab chiqarish investitsiyalariga yo‘naltirishdir. Moliyaviy bozorlarsiz korxonalar o‘z mablag‘lariga tayanishga majbur bular edilar, bu esa uni rivojlanishini keskin chegaralib qo‘yadi.
-Investitsion loyihani moliyalashtirishning qarzga olingan manbai bo‘lib, bank kreditlari, ipoteka ssudalari, sug‘urta kompaniyalaridan olingan qarzlar yoki budjetdan tashqari fondlardan olingan kreditlar hisoblanadi.
Ushbu, moliyalashtirish manbalari ma’lum muddatga qaytarish va to‘lovlilik shartli asosida beriladi. Investitsion loyihalarni kredit asosida moliyalashtirishning afzalroq tomoni shundaki, faoliyat yuritayotgan korxona uchun modernizatsiya, rekonstruksiya ishlari va kerakli me’yorda ishlab chiqarish quvvatini ta’minlashda, ya’ni korxona ishlab chiqarish faoliyatni kengaytirmoqchi bo‘lsa, kreditdan foydalangani ma’qul, chunki, ishlab turgan korxona aktivlari ushbu kreditlar qaytarilishiga garov bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Yangi tashkil etilayotgan korxona, tashkilotlar uchun esa investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun, aksioner kapitalidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki yangi tashkil etilgan korxonalar uchun bank kreditidan foydanish yuqori risk bilan bog‘liq bo‘lib, kredit olishda korxona uni qaytarish uchun yetarli darajada moliyaviy resurslar bilan yoki boshqa aktivlar bilan ta’minlanmagan bo‘lishi mumkin, bunday shartlarni yangi korxona bajarmasligi sababli, aksionerlik kapitalidan foydalanadilar. Likvidlik bilan bog‘liq bunday vaziyatlarda yangi korxona qiyin vaziyatlarga tushib qoladi. Loyiha yaxshi baholanganda, ham, yaxshi texnik asoslanganda ham banklar yuqori foiz stavkasida kredit berishlari mumkin. Aksioner kapitali esa bunday muammolar keltirib chiqarmaydi, ammo uni yig‘ish ancha murakkab vazifadir, bank kreditlari esa bundan mustasnodir.
Investitsion loyihalarni kreditlash sharti, foiz stavkasi o‘zgarishi bilan loyiha iqtisodiy ko‘rsatkichlarlarining o‘zgarishi orasidagi munosabat bilan aniqlanadi. Ma’lumki, foiz stavkasi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shu sababli korxona investitsiya loyihasini moliyalashtirishda kredit olmoqchi bo‘lsa, u uzoq muddatli bo‘lsa, u holda o‘zgarmas foiz stavkasidagi kreditdan foydalanadi.
Yaxshi asoslangan loyiha uchun qarz mablag‘lari olish bir muncha osonroq bo‘ladi. Moliyalashtirish jarayonini qarzga olinadigan mablag‘larni hajmini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi, bu kredit olishni kafolatlashi mumkin. Ushbu ssuda kapitalini quyidagilarga yo‘naltirilishi mumkin: asbob-uskunalar xarid qilish, ishlab chiqarishni kengaytirishga, modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va boshqalarga. Ssuda kapitalini quyidagi turlarga ajratish mumkin: aylanma mablag‘larni tashkil qilish maqsadida tijorat, bank yoki mol-yetkazib beruvchilarning turli xil shakldagi kreditlari yoki milliy va xorijiy moliyaviy institutlarining uzoq muddatli kreditlari xisobiga amalga oshiriladi.
XULOSA

Zamonaviy ssuda kapitali bozori asosiy ikki bo`g`in kredit tizimi va qimmatli qog`ozlar bozori (birlamchi va ikkilamchi bozorlar) bo`lishini taqozo qiladi. Qimmatli qog`ozlarning birlamchi bozorida yangi muomalaga chiqarilgan qimmatli qog`ozlar sotiladi va sotib olinadi. Ikkilamchi bozorda (fond birjasida) oldindan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog`ozlar sotiladi va sotib olinadi. Birjadan tashqarida qimmatli qog`ozlarning sotilishi va sotib olinishi, odatda, birjadan tashqari savdo deb yuritiladi. Qimmatli qog`ozlar bozori va kredit tizimining mavjudligi hamda rivojlanish darajasiga qarab ssuda kapitali bozorining rivojlanishi to`g`risida xulosa qilish mumkin. Jahon amaliyotida kapital bozori AQSH, G`arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada yuksak taraqqiy qilgan.


Tavsiya etilayotgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. – T.: 1998 y. 24 dekabr.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari tugrisida”gi qonuni. 1998 yil 30 aprel (O‘zbekistonning yangi qonunlari. 1998.19 son-b.152-159)
3. O‘zbekiston Respublikasining “Chet ellik investorlar xukuklarining kafolatlari va ularni ximoya qilish choralari tugrisida”gi qonuni. 1998 yil 30 aprel (O‘zbekistonning yangi qonunlari. 1998.19 son. 152-159 b).
4. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I A Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”. Toshkent –« O‘zbekiston» - 2011.
5. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I A Karimovning “Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” .Toshkent -
«O‘zbekiston» - 2011.
6. Postanovleniye Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan
04.01.200 g. №1 “O gosudarstvennom monitoringe xoda realizatsii proyektov, vklyuchennqx v investitsionnuyu programmu Respubliki Uzbekistan” (V nastoyasheye Postanovleniye vneseni izmeniya v sootvetstvii s Postanovleniyem KM RUz ot 19.04.2002. № 153, 28.02.2003 g. № 112, 22.02.2005 g. № 73, 15.11.2005 g. № 251).
7. Uzoqov A., Nosirov E, Saidov R., Sultonov M. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va ularning monitoringi. O‘quv qo‘llanma. T.: «Iqtisod – moliya”, 2006 y. 380 bet. 7. G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.: “Moliya” nashriyoti, 2003 y. 332 bet.
8. Blank I.A. Investitsionniy menedjment. Uchebniy kurs. Kiyev, 2001.
9. Chernov V.A. Investitsionnaya strategiya: – M.: Ucheb. Posobiye dlya vuzov. – M.: “YUNITI – DANA”, 2003. 158 str.
10. Knish M.I., Perekatov B.A., Tyutikov Yu.P. Strategicheskoye planirovaniye investitsionnoy deyatelnosti. Ucheb. Posobiye. – SPb.: izd.dom «Biznes - Pressa», 1998 – 315 str.
11. Rozenberg D.M. Investitsii. Terminologicheskiy slovar.
«INFRA-M», 1997,
12. Karimov N.G‘. Iqtisodiy integratsiyalashuv sharoitida investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini joriy etish masalalari. Monografiya.- TMI. : Toshkent- 2007 y.
Yüklə 52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin